Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillar


International Conference on Developments in Education



Yüklə 405,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix18.06.2023
ölçüsü405,4 Kb.
#132244
1   2   3   4
12 (1)

International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
httpseconferencezone.org 22
nd
 July 2022 
47 
Bola psixik xususiyatlarining tug’ma tabiati haqidagi ta`limot shu vaqtga qadar aksariyat 
psixologiya maktablarining asosini tashkil etib kelmoqda. Mazkur ta`limot inson psixikasining 
barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, uning biologik 
tuzilishiga tenglashtirilgandir, psixik rivojlanish esa, irsiy yo’l bilan azaldan belgilanib, inson 
organizmiga joylashtirilgan shu xususiyatlarning maromiga etilish jarayonidan iborat deb 
ta`kidlaydi, Ma`lumki, nasliy xususiyatlar tug’ma yo’l bilan nasldan naslga tayyor holda 
beriladi, biroq shunday bo’lishiga qaramay, bu oqim namoyandalari inson shaxsi va uning 
barcha xususiyatlari ichki qonunlar asosida, ya`ni nasliy xususiyatlar negizida maydonga 
keladigan narsa, biologik omillarga bog’liqdir, deb ta`kidlaydilar. 
Biogenetik 
ta`limot 
inson 
qobiliyatlarining 
rivojlanish 
darajasi 
(chunonchi, 
imkoniyatlarning chegarasi, uning eng yuksak nuqtasi) taqdir tomonidan belgilanib 
qo’yilganligini, o’quvchi imkoniyatlari va qobiliyatlarini maxsus testlar yordamida aniqlab, 
undan so’ng ta`lim jarayonini uning irsiyat tomonidan belgilangan taraqqiyot darajasiga 
moslashtirish, ularning aqliy istet’dod darajalariga qarab turli mavqedagi maktablarda tahsil 
olishi zarur deb ta`kidlashadi. 
Chunonchi, bu yo’nalish tarafdorlaridan, amerikalik psixolog E.Torndayk o’quvchilarning 
«tabiiy kuchlari» va «tug’ma mayllar»ini psixik rivojlanishning yetakchi omili qilib 
ko’rsatib, 
muhitning
, ta`lim-tarbiyaning ta`siri - ikkinchi darajalidir, deb aytadi. 
Avstraliyalik psixolog K.Byuler bolalarning faqat aqliy taraqqiyotigina emas, balki axloqiy 
rivojlanishi ham nasliy tomondan belgilangandir, deb ta`kidlaydi. 
Amerikalik pedagog va psixolog Dj Dyui - inson tabiatini o’zgartirib bo’lmaydi, odam 
irsiyat vositasida hosil qilgan ehtiyojlari va psixik xususiyatlari bilan tug’iladi. Bu ehtiyojlar 
va psixik xususiyatlar tarbiya jarayonida namoyon bo’lib, ba`zida o’zgarishi, tarbiyaning esa 
miqdorini belgilab beruvchi mezondir, deb hisoblaydi. 
Venalik vrach-psixolog Z.Freyd mazkur oqim namoyandasi sifatida shaxsning faolligini, uni 
harakatga keltiruvchi kuchlarni quyidagi tarzda tushuntirishga intiladi. Odam o’zining 
qadimiy hayvon tariqasidagi avlod-ajdodlaridan nasliy yo’l bilan o’tgan instinktiv mayllarning 
namoyon bo’lishi tufayli faoldir. Z.Freydning fikriga ko’ra, instinktiv mayllar asosan jinsiy 
instinktlar shaklida namoyon bo’ladi. Z.Freyd, shaxsning faolligini dastavval jinsiy mayllar 
bilan bog’laydi. Biroq instinktiv mayllar jamiyatda xuddi hayvonot olamidagidek erkin 
namoyon bo’lavermaydi, jamiyatdagi jamoa hayoti odamni, undagi mavjud instinktiv 
mayllarni (ya`ni, jinsiy mayllarni) juda ko’p jihatdan cheklab qo’yadi. Oqibatda odam o’zining 
ko’p instinktlari va mayllarini bosishga, tormozlashga majbur bo’ladi. Uning ta`limotiga 
ko’ra, tormozlangan instinkt va mayllar yo’qolib ketmaydi, balki bizga noma`lum bo’lgan 
ongsizlik darajasiga o’tkazilib yuboriladi.
Bunday ta`limotlardan, xususan din homiylari keng foydalanib, insonning taqdiri ana shu 
ilmlar bilan chambarchas bog’liqdir, deb ta`kidlashadi. 



Yüklə 405,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin