International Conference on Developments in Education Hosted from Amsterdam, Netherlands https: econferencezone.org 22 nd July 2022 48 Inson shaxsining tarkib topishini o’rganish davomida yuzaga kelgan yana bir ta`limot
- sotsiogenetik kontseptsiya qobiliyaglarning taraqqiyotini, faqat, tevarak-atrofdagi muhitning
ta`siri bilan tushuntiradi. Bu yo’nalish o’z zamonasi uchun ilg’or hisoblangan XVIII asr
fransuz olimi K.Gelvetsiy ta`limotidan boshlangan. K.Gelvetsiyning ta`limotiga ko’ra, barcha
odamlar aqliy va axloqiy rivojlanishi uchun tug’ilishdanoq mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga
ega bo’ladilar, Shuning uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq, faqatgina muhit va
tarbiyaning turlicha ta`sir qilishi bilan vujudga keladi, deb tushuntiriladi. Bu nazariya
odamlarning psixik, ruhiy, oqibatda ijtimoiy tengsizlikni ularning tug’ma xususiyatlari degan
ta`limotga qarshi qaratilgan edi. Bu nazariyaning xorijiy mamlakatlardagi hozirgi turli
namoyandalari psixikaning rivojlanishida ijtimoiy muhitning g’oyat darajada muhim roli
borligini e`tirof etadilar.
Sotsiogenetik kontseptsiya namoyandalari insonning butun taraqqiyoti, shu jumladan,
shaxsiy xususiyatlarning tarkib topishi, asosan, tajribaga bog’liqdir. Bu nazariyada shaxsda
ro’y beradigan o’zgarishlarni jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish usullari, atrofidagi odamlar
bilan o’zaro munosabat vositalari asosida tushuntiriladi. Bu ta`limotga ko’ra inson biologik
tur sifatida tug’ilib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta`siri ostida shaxsga
aylanadi.
Chunonchi, angliyalik olim Djon Lokk dunyoga kelgan yangi chaqaloq bolaning
ruhini «top-toza taxtaga» o’xshatadi. Uning fikricha, bolaning «top-toza taxta» tarzidagi
ruhiga nimalarni yozish mutlaqo katta odamlar ixtiyorlaridadir. Shuning uchun bolaning
qanday odam bo’lib etishishi, ya`ni unda qanday shaxsiy fazilatlarning tarkib topishi bola
hayotdan oladigan tajribaga, o’zgalar bilan muloqot jarayonida oladigan hayotiy tushuncha va
tasavvurlariga bog’liqdir, deb ta`kidlaydi.
Har ikkala yo’nalishning namoyandalari, o’z manfaatlarining tashqi jihatdan bir-biriga
qarama-qarshi bo’lishiga qaramay, insonning psixik xususiyatlarini yo nasliy, biologik omillar
ta`siri ostida, yoki o’zgarmas muhit ta`sirida avvaldan belgilangan va o’zgarmas narsa, deb
e`tirof etadilar.
Ma`lumki, odam shaxs sifatida muntazam, qandaydir faoliyatda tarkib topib boradi,
rivojlanadi, uning faolligi namoyon bo’ladi. Agarda hayvonlar tevarak-atrofdagi
tashqi
muhitga passiv moslashib
, hayot faoliyatlarida tabiatdagi, ya`ni tashqi muhitdagi tayyor
narsalardan foydalansalar, odam esa tevarak-atrofidagi tashqi muhitga faol ta`sir ko’rsatib, uni
o’z irodasiga bo’ysundiradi hamda o’zgartirib, o’z ehtiyojlarini qondirishga xizmat qildiradi.