37
*) Rentabellik foyda solig‘i to‘lanishiga qadar foydaning realizatsiya
qilingan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxi
summasiga nisbati sifatida aniqlanadi. Mobil aloqa xizmatini ko‘rsatadigan yuridik
shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish
va to‘lash tartibini O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi va Davlat soliq
qo‘mitasi belgilaydi.
**) Eksport ulushiga bog‘liq holda stavkaga tuzatishlar kiritish amalga
oshirilmaydi.
Jadvalga e‘tibor beradigan bo‘lsak, yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig‘i stavkalari faoliyat turlariga qarab tabaqalashtirilgan holda belgilangan.
Masalan, soliq stavkalarini tabaqalashtirish asosan eksporter korxonalar uchun o‘zi
ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining hissasiga ko‘ra
belgilangan.
Soliq stavkasining pasayishi o‘z-o‘zidan kamayishiga olib kelmaydi. Chunki
soliq stavkasining pasayishi ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishda
rag‘batlantiruvchi rol uynab, korxonaning boshqa iqtisodiy ko‘rsatgichlari bilan bir
qatorda soliqqa tortuvchi asosning ham o‘sishiga olib keladi. O‘z navbatida
byudjet manfaatlariga mos kelib, uning barqaror daromadlarga ega bo‘lishini
ta‘minlaydi. Ammo soliq stavkasining pasayishi o‘z-o‘zidan
ishlab chiqarish
ko‘rsatgichlarining yaxshilanishiga olib kelmaydi. Buning uchun korxona raxbari
va jamoasi jarayon mohiyatini to‘g‘ri tushunib, undan samarali foydalanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: