Ўзбекистон банклари ассоциацияси


JARAYONINIG TAHLILI (YANGIYO'L SHAHAR DSI MA‟LUMOTLARI



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/35
tarix19.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132347
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
yuridik shaxslarni soliqqa tortish jarayonining oziga xos xususiyatlari

JARAYONINIG TAHLILI (YANGIYO'L SHAHAR DSI MA‟LUMOTLARI 
ASOSIDA) 
2.1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‟ini undirish tartibining 
tahlili
 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 126-moddasiga muvofiq 
yuridik shaxslardan olinadigan soliqning to‘lovchilar bo‘lib quyidagi yuridik 
shaxslar hisoblanadi: 
 O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari; 
 O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga 
oshirayotgan yoki hosil bo‘lish manbai O‘zbekiston Respublikasi hududida 
joylashgan daromadlarni oladigan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari. 
Quyida keltirilayotgan jadvalda Yangiyo'l shahrida ro‘yxatdan o‘tgan 
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lovchilari to‘g‘risida ma‘lumot 
berilgan. 
3-jadval 
Yangiyo'l shahar bo‟yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‟ini 
to‟lovchilar soni
14
 
 
Soliq to‟lovchilar 
01.01.2016 yil 
holatiga 
ko‟ra 
01.01.2017 
yil holatiga 
ko‟ra 
01.01.2018 yil 
holatiga 
ko‟ra 
foizda 
foizda 
foizda 
Ro‟yxatdan o‟tgan yuridik 
shaxslar, jami 
100 
100 
100 
Shundan, foyda solig‟ini 
to‟lovchilar 
12,0 
11,2 
10,4 
14
Yangiyo'l shahar DSI ma‘lumotlari asosida tayyorlandi. 


30 
Yuqorida keltirilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘ini to‘lovchilar soni yildan yilga ko‘payish tendentsiyasiga 
ega. 2015 yilda jami ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslardan foyda solig‘ini 
to‘lovchilar 12,0 foiz, 2016 yilda jami ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslardan foyda 
solig‘ini to‘lovchilar 11,2 foiz, 2017 yilda esa, jami ro‘yxatdan o‘tgan yuridik 
shaxslarga nisbatan foyda solig‘ini to‘lovchilar 10,4 foizni tashkil qilgan.
Buning asosiy sababi yillar davomida yangi korxonalarning ochilishi va 
soddalashtirilgan soliq tizimida bo‘lgan korxonalarning foyda solig‘ini to‘lashga 
o‘tishi bilan izohlanadi. 
Quyidagilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lovchilar 
bo‘lmaydi: 
 notijorat tashkilotlar. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganda 
notijorat tashkilotlar o‘zi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan 
foydadan soliq to‘lovchi bo‘ladi; 
 soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining ob‘ekti quyidagilar 
hisoblanadi: 
 O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining, shuningdek O‘zbekiston 
Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston 
Respublikasi norezidentlarining foydasi; 
 O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining va O‘zbekiston Respublikasi 
norezidentlarining ushbu bo‘limga muvofiq chegirmalar qilinmagan holda to‘lov 
manbaida soliq solinadigan daromadlari. 
Soliq solinadigan baza jami daromad bilan chegirib tashlanadigan xarajatlar 
o‘rtasidagi farq sifatida, soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi hisobga olingan 
holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi. 
Jami daromadga quyidagilar kiradi: 
 tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan 
daromadlar; 
 boshqa daromadlar. 


31 
Soliq to‘lovchining qiymati chet el valyutasida ifodalangan daromadlari 
milliy valyutada olingan daromadlar bilan jamlangan holda, buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi. 
O‘zbekiston Respublikasidagi to‘lov manbaida soliq solinadigan dividendlar 
va foizlar jami daromaddan chegirib tashlanadi. 
Quyida keltirilayotgan jadvalda Yangiyo'l shahrida faoliyat yuritayotgan 
―XALQOBOD‖ MCHJining 2017 yil uchun foyda solig‘i hisob-kitobi keltirilgan. 
(4-jadvalga qarang) 
4-jadval 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin