1.3. Yuridik shaxslarni soliqqa tortishda xorijiy davlatlar tajribasi Iqtisodiy faollikning soliqlar vositasida tartibga solishni ochib berishda
rivojlangan mamlakatlarda mavjud turli bozor kontseptsiyalarini hisobga olish
alohida o‘rin tutadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyasida ikkita asosiy konseptsiya
qo‘llaniladi: ―liberal‖ (AQSH, Yaponiya) va ―ijtimoiy bozor iqtisodi‖ (Germaniya,
Shvetsiya, Fransiya). Bunday ajratish shartli bo‘lsa-da, ularning har biri uchun
soliq tizimi o‘zining xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Modellarning har biri o‘zining soliqqa tortish samaradorligining o‘sishi
omillarini
ko‘zda
tutadi.
Liberal
kontseptsiyaga
ko‘ra,
imtiyozlardan,
chegirmalardan asta-sekin voz kechish umumiy soliqqa tortish stavkasini
kamaytirishga olib keladi. ―Ijtimoiy bozor iqtisodi‖ uchun yuqori soliq stavkalarda
soliqqa tortiladigan daromaddan ko‘plab imtiyozlarni bergan holda, soliqlarni
tabaqalashtirilishi muhim.
Birinchi yo‘nalishda erkin tadbirkorlik faoliyati uchun yanada teng sharoitlar
vujudga keladi. Ikkinchisi ishlab chiqarish jarayoniga maqsadli yo‘naltirilgan
ta‘sirdan kelib chiqadi. Zamonaviy bozor iqtisodining har ikkala modeli uchun
zarur bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni ko‘rib chiqish tadqiq etilayotgan
muammoga yanada chuqurroq kirib borish va shu bilan birga, respublikamiz soliq
siyosatini erkinlashtirish sharoitlarida optimal model va o‘zaro munosabatlarni
belgilash uchun ikkala yo‘nalishning ham xarakterli chizgilarini yanada aniqroq
o‘rganish imkonini beradi.
Ushbu fikrni davom ettirgan holda quyida korxonalar daromadini soliqqa
tortishning rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini tahlilini keltiramiz (2-jadvala
qarang).
19
2-jadval
Xorijiy davlatlarda korporatsiyalar foyda solig‟ining stavkalari 6