Bitiruv malakaviy ishi mavzusining nazariy-amaliy ahamiyati. Bitiruv
malakaviy ishining nazariy ahamiyati shundaki, ish natijalaridan yuridik shaxslarni
soliqqa tortishni tadqiq etishga qaratilgan ilmiy ishlarda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, ishning xulosalari
va amaliy takliflaridan yuridik shaxslarni soliqqa tortishni takomillashtirish, o‘quv-
uslubiy majmualarni yangilashda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi.Bitiruv malakaviy ishi
kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iboratdir.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida yuridik shaxslardan undiriladigan
soliqlarning mazmuni, huquqiy asoslari va byudjet daromadlaridagi o‘rni, yuridik
shaxslar undiriladigan soliqlarning makroiqtisodiy ahamiyati, yuridik shaxslar
iqtisodiy faolligini soliqlar orqali tartibga solishda xorij tajribalaridan foydalanish
yo‘nalishlari o‘rganib chiqilgan.
Ishning ikkinchi bobida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining
amaldagi holati, yuridik shaxslardan olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘ining
amaldagi holati va yuridik shaxslardan undiriladigan aktsiz solig‘ining amaldagi
holati tahlili keltirib berilgan.
Uchinchi bobda yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarni hisoblash
uslubiyatini takomillashtirish, yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlarning
byudjetga muddatida tushishini ta‘minlash yo‘llari yoritilgan. Bitiruv malakaviy
ishi yakunida mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda xulosalar umumlashtirilgan
hamda ular takliflar taqdim etilgan.
Mazkur bitiruv malakaviy ishining hajmi 73 betdan iborat bo‘lib, unda 1 ta
rasm va 13 ta jadval keltirilgan.
8
1-BOB. YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI VA HUQUQIY ASOSLARI