4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda qabul qilingan o‘ziga xos islohot
va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga
uzoq va davomli milliy
manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, eng avvalo, ―shok
terapiyasi‖ deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan
urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga soladi.
O‘tkazilayotgan soliq islohotlarining amaliy natijasi asosan harakatdagi
soliqlarni soddalashtirish va unifikatsiya qilish, xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlarning
davlat byudjeti bilan hisob-kitoblari
mexanizmini takomillashtirish, soliq
hisobotlarini taqdim etish holatlarini kamaytirishga qaratilgan.
Respublikamiz hukumati tomonidan olib borilayotgan soliq siyosatining
asosiy yo‘nalishlari yuridik va jismoniy shaxslar zimmasidagi soliq yukini
kamaytirishga, soliqqa tortish
tizimini soddalashtirishga, soliqqa tortiladigan
ob‘yektlarni maqbul darajada kamaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli
hisoblanadi.
Bu borada davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev 2017 yil 14 yanvar kuni
Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016
yildagi ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda Respublika
Hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim
yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan
majlisida quyidagilarni ta‘kidlab o‘tdilar. 2016 yil yakunlari bo‘yicha
yalpi ichki
mahsulot 7,8 foiz o‘sganligi qayd etib o‘tildi. Sanoat mahsuloti hajmlari – 6,6 foiz,
qurilish-pudrat ishlari 12,5 foiz, chakana savdo aylanmasi – 14,4 foiz, xizmatlar –
12,5 foiz o‘sdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida
profitsit bilan ijro etildi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi ta‘minlandi.
Inflyatsiya darajasi prognoz parametrlaridan oshmadi va 5,7 foizni tashkil etdi
1
.
1
Sh.M.Mirziyoyev. ―Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar
faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak‖. //Xalq so‗zi. 2017 yil 16 yanvar.
5
Shulardan
kelib
chiqqan
holda
mamlakatimizda
iqtisodiyotni
modernizatsiyalash va raqobatbardoshliligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya
aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda
ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag‘batlantirish yo‘nalishida
quyidagilarni amalga oshirishga alohida e‘tibor qaratildi:
1. Soliq yukini yengillashtirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va
unifikatsiya qilish bo‘yicha xo‘jalik tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
tegishli choralar ko‘rish.
2. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
maqsadida ayrim toifadagi
korxonalarning soliq qarzdorliklarini to‘lov muddatlarini uzaytirish hamda
restrukturizatsiya qilish.
3. Tadbirkorlik sub‘yektlari faoliyatini tashkil etish hamda faoliyatini
amalga oshirish bilan bog‘liq protseduralarni soddalashtirish va xarajatlarni
kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Shuningdek, mamlakatimizni
iqtisodiy rivojlantirish, uzoq muddatli
strategik maqsadlarni amalga oshirishda O‘zbekistonning jahon bozoridagi
raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo‘naltirilgan tarkibiy
o‘zgarishlar, zamonaviy yuksak texnologiyalarga
asoslangan eksportbop
mahsulotlar ishlab chiqarishni ta‘minlaydigan ishlab chiqarishlarni jadal
rivojlantirish asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligiga alohida e‘tibor
qaratildi. Shulardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda iqtisodiyotni
modernizatsiyalash va raqobatbardoshliligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Soliq tizimida bugungi kunda yuridik shaxslardan undiriluvchi soliqlar
davlat byudjeti daromadlarini shakllantiruvchi asosiy manba bo‘lib hisoblanadi.
Yuridik shaxslarni soliqqa tortish mexanizmi muammolarini
nazariy jihatdan
o‘rganish va amaliyotda ulardan samarali foydalanish jarayonida ijobiy siljishlar
6
ro‘y bermoqda, lekin bunga qaramasdan bu sohada hal qilinishi zarur bo‘lgan
muammolar mavjud.
Dostları ilə paylaş: