Ўзбекистон банклари ассоциацияси


O‟zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/35
tarix19.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
yuridik shaxslarni soliqqa tortish jarayonining oziga xos xususiyatlari

O‟zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda 
soliqlarni tutgan o‟rni
5
 
Ko‟rsatkichlar 
2014 yil 
2015 yil 
2016 yil
2017 yil 
mld.so‘m jami 
nis-n, 
%da 
mld.so‘m jami 
nis-n, 
%da 
mld.so‘m jami 
nis-n, 
%da 
mld.so‘m jami 
nis-n, 
%da 
Davlat maqsadli jamg‟armalar 
daromadlarisiz - jami 
30160,8 
100 
36184,9 
100 
40505,8 
100 
44469,6 
100 
To‟g‟ri soliqlar 
7790,4 
25,8 
8554,3 
23,6 
9338,5 
23,0 10674,2 24,0 
Yuridik shaxslardan olinadigan 
foyda solig‟i 
1302,3 
4,3 
1284,8 
3,6 
1266 
3,1 
1291,1 
2,9 
Savdo va umumiy ovqatlanish 
korxonalaridan 
olinadigan
yagona soliq to‟lovidan davlat 
byudjetiga ajratmalar 
989,8 
3,3 
1193,1 
3,3 
1383,2 
3,4 
1613,2 
3,6 
Yagona soliq to‟lovidan davlat 
byudjetiga ajratmalar 
911,6 
3,0 
1067,1 
2,9 
1237,9 
3,1 
1622,8 
3,6 
Jismoniy 
shaxslardan 
olinadigan daromad solig‟i 
3313,9 
11,0 
3648,8 
10,1 
4040,4 
10,0 
4476,1 
10,1 
Tadbirkorlik 
faoliyati 
bilan 
shug‟ullanuvchi 
yuridik 
va 
jismoniy 
shaxslardan 
olinadigan qat‟iy soliq 
505 
1,7 
617 
1,7 
742,5 
1,8 
831,7 
1,9 
Obodonlashtirish va ijtimoiy 
infratuzilmani 
rivojlantirish 
solig‟i 
767,8 
2,5 
743,5 
2,0 
668,5 
1,7 
839,3 
1,9 
Egri soliqlar 
15618,2 
51,8 19115,8 
52,9 22298,1 55,1 24285,4 54,6 
Qo‟shilgan qiymat solig‟i 
9123,1 
30,2 10721,7 
29,7 
12505 
30,8 13422,1 30,2 
Aktsiz solig‟i 
4506 
15,0 
5528,8 
15,3 
6480 
16,0 
6870,8 
15,5 
Bojxona boji
1142 
3,8 
1583,6 
4,4 
1717,4 
4,2 
1632,2 
3,7 
Transport vositalariga benzin, 
dizel 
yoqilg‟isi 
va 
gaz 
ishlatganlik uchun olinadigan 
soliq 
847,1 
2,8 
1281,7 
3,5 
1595,7 
4,0 
1940,3 
4,3 
Abonent 
raqamidan 
foydalanganlik uchun to‟lov 






420,0 
0,9 
Mol-mulk solig‟i va resurs 
to‟lovlari 
4521,4 
15,0 
5741,8 
15,9 
5806,5 
14,3 
6049,5 
13,7 
Mol-mulk solig‟i 
1135 
3,8 
1716,7 
4,7 
1874 
4,6 
1988,8 
4,5 
Yer solig‟i 
665,2 
2,2 
929,6 
2,6 
873,5 
2,1 
1102,5 
2,5 
Yer qa‟ridan foydalanganlik 
uchun soliq 
2595,8 
8,6 
2931,8 
8,1 
2874,6 
7,1 
2746,3 
6,2 
Suv 
resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq 
125,4 
0,4 
163,7 
0,5 
184,4 
0,5 
211,9 
0,5 
Ustama foyda solig‟i 
388,4 
1,3 
548,2 
1,5 
390,2 
1,0 
723,2 
1,6 
Boshqa daromadlar 
1842,4 
6,1 
2224,8 
6,1 
2672,5 
6,6 
2737,3 
6,1 
5
Byudjet parametrlari to'g'risidagi Prezident Qarorlari asosida tayyorlandi. 


12 
1995 yildan boshlab Respublikamizda yuridik shaxslarning foydasiga soliq 
solishda soliq stavkalarini pasaytirish tendensiyasi ketmoqda. Bu amaliyot 
rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, kolaversa respublikamizda bozor 
iqtisodiyotini chuqurlashtirish sharoitida, milliy ishlab chiqarishni shakllantirish va 
rivojlantirish, xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar erkinligini ta‘minlash va tadbirkorlik 
tizilmalarini rivojlanishigi keng yo‘l ochishdan iborat islohotlarni amalga oshirish 
vazifalaridan kelib chiqadi. Bunday murakkab vazifalarni bajarishga faqat 
iqtisodiyotga 
moliya 
mexanizmining 
tarkibiy 
qismi 
hisoblangan 
soliq 
mexanizmining qayta taqsimlash funksiyasidan odilona foydalanish orqali erishish 
mumkin.
Yuqoridagi 
jadval 
ma‘lumotlaridan 
ko‘rinadiki, 
davlat 
byudjeti 
daromadlarini shakllantirishda egri soliqlarning salmog‘i 2014 yilda 51,8 foizni, 
2015 yilda 52,9 foizni, 2016 yilda 55,1 foizni, 2017 yilda esa 54,6 foizni tashkil 
etgan. To‘g‘ri soliqlarning davlat byudjetidagi salmog‘i esa 2014 yilda 25,8 foizni, 
2015 yilda 23,6 foizni, 2016 yilda 23 foizni, 2017 yilda esa, 24 foizni tashkil etgan. 
Mol-mulk solig‘i va resurs to‘lovlari davlat byudjetidagi salmog‘i 2014 yilda 15 
foizni, 2015 yilda 15,9 foizni, 2016 yilda 14,3 foizni, 2017 yilda esa, 13,7 foizni 
tashkil etgan. Byudjet daromadlarida ustama foyda solig‘i 2014 yilda 1,3 foizni, 
2015 yilda 1,5 foizni, 2016 yilda 1,0 foizni, 2017 yilda 1,6 foizni tashkil etgan. 
Byudjet daromadlarida boshqa daromadlar 2014 yilda 6,1 foizni, 2015 yilda 6,1 
foizni, 2016 yilda 6,6 foizni, 2017 yilda 6,1 foizni tashkil etgan.
Keyingi yillarda soliq tizimini rag‘batlantiruvchilik rolini oshib borishi ayni 
soliq tushumlari dinamikasida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biz buni yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda misolida ko‘rishimiz mumkin. 2014 yilda 4,3 foizni, 
2015 yilda 3,6 foizni, 2016 yilda 3,1 foizni, 2017 yilda 2,9 foizni tashkil etgan. 
Shuning uchun korxonalarning foydasidan olinadigan soliq bo‘yicha amaldagi 
stavkalarning pasaytirilishi, soliq imtiyozlarining berilishi korxonalarning pul 
oqimiga va moliyaviy barqarorligiga bevosita ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. 
Yuridik shaxslar to‘laydigan soliqlarga ta‘rif berish uchun ularni muayyan 
xarakterli belgilari bo‘yicha guruhlash lozim bo‘ladi. Soliqlarni guruhlash 


13 
bizningcha, ularning iqtisodiyotga ijobiy yoki salbiy ta‘sir ko‘rsatishini 
o‘rganishning ilmiy va amaliy uslubi bo‘lib hisoblanadi.
Soliqlar iqtisodiy adabiyotlarda keltirilishicha soliqqa tortish ob‘ektiga qarab 
3 guruhga bo‘linadi: 
- Oborotdan olinadigan soliqlar; 
- Daromaddan olinadigan soliqlar; 
- Mol-mulkdan olinadigan soliqlar.
Iqtisodiy mohiyatiga qarab esa 2 guruhga bo‘linadi: 
- To‘g‘ri soliqlar; 
- Egri soliqlar. 
Kelib tushadigan byudjetlar darajasiga qarab: 
- Umumdavlat soliqlari; 
- Mahalliy soliqlarga bo‘linadi. 
Yuqoridagi tarzda soliqlarning guruhlanishi soliqqa tortish nazariyasida 
katta ahamiyat kasb etadi. Yuridik shaxslar soliqlarining iqtisodiy mazmun-
mohiyatida alohida o‘ringa ega bo‘lgan tugri soliqlar deganda bevosita daromad va 
mol-mulkdan olinadigan soliqlar tushunilib, ularning uzil-kesil to‘lovchisi bo‘lib, 
daromad oluvchi (mol-mulkka egalik kiluvchi) yuridik shaxs hisoblanadi. Bunda 
soliq to‘lovchining daromadi va mol-mulki qiymati bevosita soliqlar ob‘ekti bo‘lib 
hisoblanadi. To‘g‘ri soliqlar o‘z navbatida real va shaxsiy bevosita soliqlarga 
bo‘linadi. Bevosita real soliqlar deganda shunday soliqlar tushuniladiki, bunda ular 
mol-mulk yoki turli xildagi daromaddan undirilib, ob‘ektning haqiqatda 
keltiradigan daromadi hisobga olinmasdan, uni hisoblashda taxminiy baholash 
usuli qo‘llaniladi. Ammo hozirgi vaktda soliqqa tortish tizimida bevosita real 
soliqlarning roli aytarlik darajada katta bo‘lmay, mol-mulk va yer solig‘i 
kabilardan tashkil topadi. Bevosita real soliqlar o‘rnini borgan sari bevosita 
shaxsiy soliqlar egallab bormoqda. Bevosita shaxsiy soliqlar yuridik va jismoniy 
shaxslarning hisobga olingan daromadiga solinadi. Bevosita shaxsiy soliqlar, 
odatda deklaratsiyalash yordamida undiriladi. Asosan, ular uchun progressiv 
stavkalar qo‘llanilib, bular tarkibini yuridik shaxslar foyda solig‘i va jismoniy 


14 
shaxslar daromad solig‘i tashkil etadi. Bevosita soliqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
daromaddan to‘langani bois soliq stavkasining pasaytirilishi korxona daromadining 
ko‘prok qismini o‘zida koldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkoniyatini 
yaratadi. Bu soliqlar stavkalarining ko‘tarilishi esa, yuridik shaxslarning 
tadbirkorlik imkoniyatlarini kamaytirib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi.
Egri soliqlar narx yoki tarifga ustama ko‘rinishda belgilanadigan hamda 
tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar hisoblanib, tovarni sotish narxida 
to‘lanadi yoki tarifga kiritiladi. Egri soliqlarning pirovard to‘lovchisi bo‘lib, tovar 
iste‘molchisi maydonga chiqadi, uning zimmasiga soliq yuki narxda ko‘zda 
tutilgan ustamalar orqali yuklanadi. Mazkur holda yuridik shaxslar o‘zlari ishlab 
chiqargan tovar va xizmatlarni sotib, hisobga olingan soliq summalarini 
undiradilar, so‘ngra esa olingan barcha soliq summalarini tegishli byudjetlarga 
o‘tkazish majburiyatini bajaradilar. Bilvosita soliqqa tortishda davlat amalda yangi 
qiymatni taksimlash ishtirokchisiga aylanib, tovarlarni sotish paytida ushbu 
qiymatning bir qismiga bo‘lgan o‘z huquqini e‘lon qiladi. Egri soliq stavkalari 
qat‘iy va foizli bo‘lib, foizli stavkalar davlatga foydalirok hisoblanadi. Chunki narx 
oshirilganda unga mutanosib ravishda soliq tushumlari ham ko‘payadi.
Yuqoridagi mulohazalarimizdan ko‘rinib turibdiki, yuridik shaxslardan 
olinadigan soliqlar mamlakatimiz soliq tizimida byudjet manfaatlari nuqtai-
nazaridan olib qaralganda markaziy o‘rinlardan birini egallayotir. Bundan soliq 
davlatning soliq siyosatini amalga oshirishda muhim qurol ekanligi yaqqol ko‘rinib 
turibdi, lekin bu soliqlarning soliq tizimida tutgan o‘rni va axamiyati to‘grisida fikr 
bildirilaetgan paytda faqat ularni byudjet manfaatlari nuqtai nazaridan qarashning 
o‘zi etarli emasdir. Buning boisi shundaki, bu soliqlarning iqtisodiyotda tutgan urni 
va axamiyatini to‘lik ko‘rsatish uchun uni xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan 
byudjet o‘rtasidagi munosabatlardagi rolini ham aks ettirish lozimdir. 


15 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin