O‟zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqlarni tutgan o‟rni 5 Ko‟rsatkichlar 2014 yil 2015 yil 2016 yil 2017 yil mld.so‘m jami
nis-n,
%da
mld.so‘m jami
nis-n,
%da
mld.so‘m jami
nis-n,
%da
mld.so‘m jami nis-n, %da Davlat maqsadli jamg‟armalar daromadlarisiz - jami 30160,8 100 36184,9 100 40505,8 100 44469,6 100 To‟g‟ri soliqlar 7790,4 25,8 8554,3 23,6 9338,5 23,0 10674,2 24,0 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‟i 1302,3
4,3
1284,8
3,6
1266
3,1
1291,1
2,9 Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan olinadigan yagona soliq to‟lovidan davlat byudjetiga ajratmalar 989,8
3,3
1193,1
3,3
1383,2
3,4
1613,2
3,6 Yagona soliq to‟lovidan davlat byudjetiga ajratmalar 911,6
3,0
1067,1
2,9
1237,9
3,1
1622,8
3,6 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‟i 3313,9
11,0
3648,8
10,1 4040,4
10,0
4476,1
10,1 Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‟ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qat‟iy soliq 505
1,7
617
1,7
742,5
1,8
831,7
1,9 Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‟i 767,8
2,5
743,5
2,0
668,5
1,7
839,3
1,9 Egri soliqlar 15618,2 51,8 19115,8 52,9 22298,1 55,1 24285,4 54,6 Qo‟shilgan qiymat solig‟i 9123,1
30,2 10721,7
29,7
12505
30,8 13422,1 30,2 Aktsiz solig‟i 4506
15,0
5528,8
15,3
6480
16,0
6870,8
15,5 Bojxona boji 1142
3,8
1583,6
4,4
1717,4
4,2
1632,2
3,7 Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‟isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq 847,1
2,8
1281,7
3,5
1595,7
4,0
1940,3
4,3 Abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‟lov -
-
-
-
-
-
420,0
0,9 Mol-mulk solig‟i va resurs to‟lovlari 4521,4 15,0 5741,8 15,9 5806,5 14,3 6049,5 13,7 Mol-mulk solig‟i 1135
3,8
1716,7
4,7
1874
4,6
1988,8
4,5 Yer solig‟i 665,2
2,2
929,6
2,6
873,5
2,1
1102,5
2,5 Yer qa‟ridan foydalanganlik uchun soliq 2595,8
8,6
2931,8
8,1
2874,6
7,1
2746,3
6,2 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 125,4
0,4
163,7
0,5
184,4
0,5
211,9
0,5 Ustama foyda solig‟i 388,4 1,3 548,2 1,5 390,2 1,0 723,2 1,6 Boshqa daromadlar 1842,4 6,1 2224,8 6,1 2672,5 6,6 2737,3 6,1 5
Byudjet parametrlari to'g'risidagi Prezident Qarorlari asosida tayyorlandi.
12
1995 yildan boshlab Respublikamizda yuridik shaxslarning foydasiga soliq
solishda soliq stavkalarini pasaytirish tendensiyasi ketmoqda. Bu amaliyot
rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, kolaversa respublikamizda bozor
iqtisodiyotini chuqurlashtirish sharoitida, milliy ishlab chiqarishni shakllantirish va
rivojlantirish, xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar erkinligini ta‘minlash va tadbirkorlik
tizilmalarini rivojlanishigi keng yo‘l ochishdan iborat islohotlarni amalga oshirish
vazifalaridan kelib chiqadi. Bunday murakkab vazifalarni bajarishga faqat
iqtisodiyotga
moliya
mexanizmining
tarkibiy
qismi
hisoblangan
soliq
mexanizmining qayta taqsimlash funksiyasidan odilona foydalanish orqali erishish
mumkin.
Yuqoridagi
jadval
ma‘lumotlaridan
ko‘rinadiki,
davlat
byudjeti
daromadlarini shakllantirishda egri soliqlarning salmog‘i 2014 yilda 51,8 foizni,
2015 yilda 52,9 foizni, 2016 yilda 55,1 foizni, 2017 yilda esa 54,6 foizni tashkil
etgan. To‘g‘ri soliqlarning davlat byudjetidagi salmog‘i esa 2014 yilda 25,8 foizni,
2015 yilda 23,6 foizni, 2016 yilda 23 foizni, 2017 yilda esa, 24 foizni tashkil etgan.
Mol-mulk solig‘i va resurs to‘lovlari davlat byudjetidagi salmog‘i 2014 yilda 15
foizni, 2015 yilda 15,9 foizni, 2016 yilda 14,3 foizni, 2017 yilda esa, 13,7 foizni
tashkil etgan. Byudjet daromadlarida ustama foyda solig‘i 2014 yilda 1,3 foizni,
2015 yilda 1,5 foizni, 2016 yilda 1,0 foizni, 2017 yilda 1,6 foizni tashkil etgan.
Byudjet daromadlarida boshqa daromadlar 2014 yilda 6,1 foizni, 2015 yilda 6,1
foizni, 2016 yilda 6,6 foizni, 2017 yilda 6,1 foizni tashkil etgan.
Keyingi yillarda soliq tizimini rag‘batlantiruvchilik rolini oshib borishi ayni
soliq tushumlari dinamikasida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biz buni yuridik
shaxslardan olinadigan foyda misolida ko‘rishimiz mumkin. 2014 yilda 4,3 foizni,
2015 yilda 3,6 foizni, 2016 yilda 3,1 foizni, 2017 yilda 2,9 foizni tashkil etgan.
Shuning uchun korxonalarning foydasidan olinadigan soliq bo‘yicha amaldagi
stavkalarning pasaytirilishi, soliq imtiyozlarining berilishi korxonalarning pul
oqimiga va moliyaviy barqarorligiga bevosita ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Yuridik shaxslar to‘laydigan soliqlarga ta‘rif berish uchun ularni muayyan
xarakterli belgilari bo‘yicha guruhlash lozim bo‘ladi. Soliqlarni guruhlash
13
bizningcha, ularning iqtisodiyotga ijobiy yoki salbiy ta‘sir ko‘rsatishini
o‘rganishning ilmiy va amaliy uslubi bo‘lib hisoblanadi.
Soliqlar iqtisodiy adabiyotlarda keltirilishicha soliqqa tortish ob‘ektiga qarab
3 guruhga bo‘linadi:
- Oborotdan olinadigan soliqlar;
- Daromaddan olinadigan soliqlar;
- Mol-mulkdan olinadigan soliqlar.
Iqtisodiy mohiyatiga qarab esa 2 guruhga bo‘linadi:
- To‘g‘ri soliqlar;
- Egri soliqlar.
Kelib tushadigan byudjetlar darajasiga qarab:
- Umumdavlat soliqlari;
- Mahalliy soliqlarga bo‘linadi.
Yuqoridagi tarzda soliqlarning guruhlanishi soliqqa tortish nazariyasida
katta ahamiyat kasb etadi. Yuridik shaxslar soliqlarining iqtisodiy mazmun-
mohiyatida alohida o‘ringa ega bo‘lgan tugri soliqlar deganda bevosita daromad va
mol-mulkdan olinadigan soliqlar tushunilib, ularning uzil-kesil to‘lovchisi bo‘lib,
daromad oluvchi (mol-mulkka egalik kiluvchi) yuridik shaxs hisoblanadi. Bunda
soliq to‘lovchining daromadi va mol-mulki qiymati bevosita soliqlar ob‘ekti bo‘lib
hisoblanadi. To‘g‘ri soliqlar o‘z navbatida real va shaxsiy bevosita soliqlarga
bo‘linadi. Bevosita real soliqlar deganda shunday soliqlar tushuniladiki, bunda ular
mol-mulk yoki turli xildagi daromaddan undirilib, ob‘ektning haqiqatda
keltiradigan daromadi hisobga olinmasdan, uni hisoblashda taxminiy baholash
usuli qo‘llaniladi. Ammo hozirgi vaktda soliqqa tortish tizimida bevosita real
soliqlarning roli aytarlik darajada katta bo‘lmay, mol-mulk va yer solig‘i
kabilardan tashkil topadi. Bevosita real soliqlar o‘rnini borgan sari bevosita
shaxsiy soliqlar egallab bormoqda. Bevosita shaxsiy soliqlar yuridik va jismoniy
shaxslarning hisobga olingan daromadiga solinadi. Bevosita shaxsiy soliqlar,
odatda deklaratsiyalash yordamida undiriladi. Asosan, ular uchun progressiv
stavkalar qo‘llanilib, bular tarkibini yuridik shaxslar foyda solig‘i va jismoniy
14
shaxslar daromad solig‘i tashkil etadi. Bevosita soliqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri
daromaddan to‘langani bois soliq stavkasining pasaytirilishi korxona daromadining
ko‘prok qismini o‘zida koldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkoniyatini
yaratadi. Bu soliqlar stavkalarining ko‘tarilishi esa, yuridik shaxslarning
tadbirkorlik imkoniyatlarini kamaytirib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi.
Egri soliqlar narx yoki tarifga ustama ko‘rinishda belgilanadigan hamda
tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar hisoblanib, tovarni sotish narxida
to‘lanadi yoki tarifga kiritiladi. Egri soliqlarning pirovard to‘lovchisi bo‘lib, tovar
iste‘molchisi maydonga chiqadi, uning zimmasiga soliq yuki narxda ko‘zda
tutilgan ustamalar orqali yuklanadi. Mazkur holda yuridik shaxslar o‘zlari ishlab
chiqargan tovar va xizmatlarni sotib, hisobga olingan soliq summalarini
undiradilar, so‘ngra esa olingan barcha soliq summalarini tegishli byudjetlarga
o‘tkazish majburiyatini bajaradilar. Bilvosita soliqqa tortishda davlat amalda yangi
qiymatni taksimlash ishtirokchisiga aylanib, tovarlarni sotish paytida ushbu
qiymatning bir qismiga bo‘lgan o‘z huquqini e‘lon qiladi. Egri soliq stavkalari
qat‘iy va foizli bo‘lib, foizli stavkalar davlatga foydalirok hisoblanadi. Chunki narx
oshirilganda unga mutanosib ravishda soliq tushumlari ham ko‘payadi.
Yuqoridagi mulohazalarimizdan ko‘rinib turibdiki, yuridik shaxslardan
olinadigan soliqlar mamlakatimiz soliq tizimida byudjet manfaatlari nuqtai-
nazaridan olib qaralganda markaziy o‘rinlardan birini egallayotir. Bundan soliq
davlatning soliq siyosatini amalga oshirishda muhim qurol ekanligi yaqqol ko‘rinib
turibdi, lekin bu soliqlarning soliq tizimida tutgan o‘rni va axamiyati to‘grisida fikr
bildirilaetgan paytda faqat ularni byudjet manfaatlari nuqtai nazaridan qarashning
o‘zi etarli emasdir. Buning boisi shundaki, bu soliqlarning iqtisodiyotda tutgan urni
va axamiyatini to‘lik ko‘rsatish uchun uni xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan
byudjet o‘rtasidagi munosabatlardagi rolini ham aks ettirish lozimdir.