1.2.
Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlarning iqtisodiyotni
tartiblashdagi o'rni
Mamlakat taraqqiyoti uchun mablag‘lar shakllanishida yuridik shaxslar
tomonidan to‘lanadigan soliqlar ahamiyati yuqoridir. Jumladan, byudjetlar soliqli
daromadlari shakllanishida daromadlarning qariyb turtdan uch qismi yuridik
shaxslar ulushiga tug‘ri keladi. 2008 yil 1 yanvardan kuchga kirgan yangi
tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi korxona, birlashma,
tashkilotlarni soliqqa tortishning huquqiy-me‘yoriy asosi hisoblanadi. Mazkur
me‘yoriy hujjatda O‘zbekiston Respublikasida amalda bulgan soliq turlari va
soliqqa tortish tartibi kabi qator me‘yoriy munosabatlar asoslab berilgan.
Soliqlarni turkumlashda esa, turli xil mezonlardan kelib chiqiladi. Masalan:
umumdavlat va mahalliy soliqlar, to‘g‘ri va egri soliqlar (soliqlarning iqtisodiy
mohiyatiga ko‘ra), yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va
boshqalar.
Korxonaning qanday soliqlar tarkibi buyicha daromadlarning qayta
taqsimlanishini tashkil etishda, soliqlarning tadbirkorlik faoliyatiga ijobiy yoki
salbiy ta‘siri, aniqrog‘i faoliyatni rag‘batlantirishi yoki tusqinlik qilishini aniqlash
muhim hisoblanadi.
Soliqlarning iqtisodiy ahamiyati deganda quyidagi jihatlarga e‘tiborni
chuqurroq qaratish talab etiladi. Soliqlardan faqat byudjetni tuldiruvchi asosiy
manba sifatidagina foydalanib, uning fiskal xususiyatlarini xaddan ziyod oshirish
ijobiy natijalarga olib kelmasligi mumkin. Shuning uchun soliqlarning
rag‘batlantiruvchilik funktsiyasidan ham kengroq foydalanish, korxonalar
zimmasidagi soliq yukini maqbul darajada kamaytirish barqaror soliq-byudjet
munosabatlarini qaror topishiga asos buladi.
Soliq tizimining quyilgan rag‘batlantirish vazifasi uch qismda bayon etilgan:
- ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag‘batlantiruvchi ta‘sir o‘tkazish;
- moddiy xom-ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali
foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘ursatish;
16
- to‘plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta‘sir
ko‘rsatish.
Rag‘batlantiruvchanlikning bunday tarkibiy tuzilishi izchil soliq siyosatiga
asoslanishni talab etadi.
Bugungi kunda, korxonalarni soliqqa tortishda soliq stavkasi hamda soliqqa
tortiladigan baza tushunchalari asosiy hisoblanadi. Ushbu kursatkichlar orqali
korxonalar faoliyati tartibga solinadi. Aniqrog‘i, soliq yukining ijobiy yoki salbiy
ta‘siri namoyon buladi. Soliq stavkasi va soliqqa tortiladigan bazaning uzaro
kupaytmasi asosida soliq tushumlari hisoblanadi.
Soliq tushumlarining soliq stavkalari va soliq bazasiga bog‘liqligi xorijiy va
respublikamiz olimlari tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Bunday tahlillardan biri
XX asrning 70-80 yillarida Amerika iqtisodchisi A.Lafferning ―Byudjet
kontseptsiyasi‖ hisoblanadi. Yuqorida ta‘kidlanganidek ushbu kontseptsiyada soliq
bazasining soliq stavkasi oshishiga hamda byudjet daromadlarining soliq yukiga
bog‘liqligi tadqiq etiladi. Kuzatuvlarga ko‘ra, ―soliq yuki‖ ning og‘irlashuvi faqat
ma‘lum bir chegaragacha byudjet daromadlarining ko‘payishiga olib kelishi
mumkin. O‘z navbatida soliq stavkasining oshishi ishlab chiqarish hajmining
qisqarishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Ma‘lum bir chegaraga etgandan sung soliq
stavkasining oshirilishidan qat‘iy nazar soliq tushumlarining usishi emas, balki
aksincha qisqarishiga olib keladi. (Shuning uchun korxonalarga soliq yukini
maqbul bir holatga keltirish kerakki, bunda korxonalar faoliyatining rivoji va
byudjet daromadlarining me‘griy chegarasi buzilmasin). Ushbu funktsional
bog‘lanish Laffer egri chizig‘ini hosil qiladi. ―Laffer egri chizig‘i‖ Laffer
funktsiyasining grafik ifodasi bulib, bu soliq stavkalari va soliq tushumlarining
hajmi urtasidagi funktsional bog‘liqlikni ifodalaydi.
Respublikamizda ham soliq tizimi tahlilining matematik asoslari A.Nazarov,
M.Ibragimov va X.Muxitdinov tadqiqotlarida amalga oshirilgan. Mazkur
olimlarimizning oziq-ovqat mollari bozori statistik ma‘lumotlari asosidagi
tadqiqotlarida Laffer funktsiyasi tadbig‘i o‘rganilgan. Tadqiqotlarda alkogolli
ichimliklar va tamaki mahsulotlari ijtimoiy nomaqbul tovarlar sifatida qabul
17
qilingan. Chunki ushbu mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan hisobga
olinmagan tashqi xarajatlarni – ya‘ni jamiyat xarajatlarini keltirib chiqaradi.
Jamiyat xarajatlari – sog‘liqni saqlash, jamoat tartibini saqlash hamda ish vaqtining
yuqotilishi, mehnat unumdorligini pasayishi kabi holatlar bilan bog‘liq
xarajatlardir. Soliq tushumlarining eng yuqori chegarasini topishda talab va taklif
funktsiyalarining o‘zaro muvozanat nuqtasidan ham foydalaniladi.
Iqtisodiy matematik usullar ekonometrikaning zamonaviy hisoblash
texnikalari yordamida soliq tushumlari maksimal nuqtalarini topishda tadbiq
etilishi, hozirgi davrning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Ayni chog‘da esa,
korxonalar
faoliyatini
rag‘batlantirishga
qaratilgan
soliq
stavkalarining
belgilanishini ta‘minlaydi.
Korxonalar faoliyatida muvozanatli rivojlanishni ta‘minlash maqsadida
bozor mexanizmi talab va taklif qonunlari asosida tahlil etiladi. Holbuki, ijtimoiy
yunaltirilgan bozor sharoitida davlat aralashuvi namoyon bo‘ladi. Davlat
aralashuvining kompensatsiya, dotatsiya turlari bilan bir qator soliq tizimi asosida
bozorni tartibga solish shakli mavjud.
Davlatning raqobatlashgan bozor mexanizmi sharoitida iqtisodiyotga
aralashuvi jamiyatda tuliq yuqotishga olib kelishi ma‘lum buldi. Ya‘ni ishlab
chiqarishning qisqarishi hisobiga soliq yukining ortiqchaligi – ―ulik yuk‖ vujudga
keladi. Ayni paytda xaridor xarid quvvatiga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Umuman
olganda, raqobatlashgan bozor sharoitida mahsulotning bir birligiga quyilgan soliq,
mahsulot bozor narxini soliq miqdoriga nisbatan kichikroq miqdorga oshiradi.
Ayni paytda soliq yuki ham ishlab chiqaruvchi korxonaga, ham xaridorga
taqsimlanadi.
Umuman olganda, mahsulotga soliq belgilanishi va undirilishining ilmiy
asoslanganligi yuridik shaxslar faoliyatini rag‘batlantiradi va jamiyat turmush
darajasini yuksalishiga xizmat qiladi.
|