1.1. Yuridik shaxslar to‟laydigan soliqlarning huquqiy asoslari va
byudjet daromadlaridagi ahamiyati
Bozor tizimining afzalliklari jumlasiga ishlab chiqarish resurslarining
oqilona taqsimlanishi, ishlab chiqarishni o‘zgartira olish, mahsulot sifatini
oshirishga intilish, fan-texnika taraqqiyotini ishlab chiqarishga joriy etish va
boshqalar kiradi. Biroq, bunday afzalliklar qator eng muhim ijtimoiy muammolarni
hal etish imkonini bermaydi, biz ularni bozorning ijtimoiy muammolarni hal
etishdagi zaifliklari deb hisoblaymiz.
Bunday ijtimoiy zaifliklar jumlasida quyidagilarni ta‘kidlash lozim
2
:
1. Bozor ijtimoiy zaruriy mahsulotni ishlab chiqarishni emas, puli borlarning
talabini qondirishga xizmat qiladi. Bu holda xorijiy iqtisodchilar quyidagicha
ta‘kidlaydilar: ―Bozor xo‘jalik faoliyatida qatnashuvchilarga keng erkinlik berishi
bilan bir qatorda iqtisodiy jihatdan himoyasiz kishilarning ochlikdan erkin
o‘lishiga imkon yaratadi‖.
2. Bozor tizimi – Nobel mukofoti laureati Samuelsonning ta‘kidlashicha
tengsizlikni qayta ishlab chiqaradi. Bu tengsizlik barcha fuqarolar uchun mehnat
qilish va daromad olishga teng imkoniyat yaratmagani bilan, teng kafolatni ham
bermaydi;
3. Jamiyat foydalanishi uchun zarur bo‘lgan inshootlar (yo‘llar, ko‘priklar va
boshqalar)ni, tadbirlar (ta‘lim, sog‘liqni saqlash va boshqalar) ni rivojlanishiga
imkon bermaydi;
4. Bozor tizimida atrof muhitni himoya qilish mexanizmi ishlamaydi;
5. Iqtisodiy notekislik rivojlanishiga olib keladi va boshqalar.
Ushbu zaifliklar, bozorning o‘zini-o‘zi tartibga sola olmasligini, XX asrning
boshlariga kelib kuchli namoyon etdi. Bozorning barqarorligi bu paytda kuchaydi.
Ushbu zaifliklar boshqa muammolarning kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi-ki,
2
Maxmadiyev U.M. ―Mikroiqtisodiyot‖ /ma‘ruza matnlari/-T.: TDIU, 2012. 6-bet.
9
natijada davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi zaruriy shartga aylanadi. Xazinani
to‘ldirishning asosiy manbalaridan biri esa, yuridik shaxslar tulaydigan to‘lovlar
hisoblanadi. Yuridik shaxslar soliqlari, avvalo, davlat muassasalari faoliyatining
moliyaviy manbai hisoblanadi. Shuningdek, soliqlar va boshqa to‘lovlardan
shakllangan xazinadan ijtimoiy muhim tarmoqlar va ularni himoyasi uchun
foydalaniladi.
Progressiv soliqqa tortish yuqori daromadlilardan kam daromadlilarga
qaraganda ko‘proq soliq to‘lovini joriy etishni anglatadi. Fuqarolardan olinadigan
daromad solig‘i bunga misol bo‘ladi. Mutanosib soliqqa tortish esa, ular katta
kichikligidan qat‘iy nazar bir xil foiz ko‘rinishida undiriladi. Bunga foyda solig‘i,
qo‘shilgan qiymat solig‘i va boshqalar misol bo‘ladi. Regressiv soliqqa tortishda
daromadlar oshgan sari soliq stavkasining kamayib borishi (asosan rag‘batlantirish
maqsadida qo‘llaniladi). Ushbu tabaqalashuvga munosabat turli iqtisodchilar va
soliq to‘lovchilar nuqtai nazaridan turlicha hisoblanadi.
Qolaversa, yuridik shaxslar soliqlari byudjet kirimining manbaigina bo‘lib
qolmay, ijtimoiy himoyalashning vositasi ham bo‘lmoqda. Iqtisodiyotni
rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga
oshirish, soliq siyosatini yanada erkinlashtirish, soliq ma'muriyatchiligini
shaffofligini ta'minlash, soliq yukini kamaytirish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish va ularga qulay ishbilarmonlik
muhitini yaratish dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
3
Darhaqiqat, soliqlar yordamida tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish yoki
aksincha cheklab qo‘yish va jumladan, tadbirkorlik faoliyatining u yoki bu
tarmog‘i rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatiladi. Soliqlar korxonalarda ishlab chiqarish va
muomala harajatlarini qisqartirish, jahon bozorida milliy korxonalarimiz uchun
raqobatbardoshlikni oshirishda shart-sharoit yaratib beradi. Soliqlar orqali
protektsion iqtisodiy siyosatini yuritish yoki tovarlar bozorining erkinligini
ta‘minlash mumkin.
3
Mirziyoyev Sh.M. ― Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta'minlashning muhim omilidir‖ –
Toshkent.: Xalq so'zi gazetasi, 2017, 8 yanvar.
10
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish,
davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar
yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini
liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida aholi
va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish,
amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil
qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan―
2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi‖ qabul qilindi
4
. Unga muvofiq
iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan,
makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish
sur‘atlarini saqlab qolish maqsadida soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish
tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma‘muriyatchiligini
takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish choralari
belgilandi.
Yuridik shaxslarni soliqqa tortish mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar, qonun
oldida tenglik asosida amalga oshiriladi. Belgilanayotgan soliqlar tovarlar (ish,
xizmatlar) yoki pul mablag‘larining mamlakatimiz hududi doirasida erkin
muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yishi yoki korxonalarning
iqtisodiy faoliyatini boshqacha tarzda cheklab qo‘yishi yoki unga g‘ov bo‘lishi yo‘l
qo‘yilmaydi. Yuridik shaxslar daromadlari olingan manbalaridan qat‘iy nazar
soliqqa tortiladi. Yuridik shaxslar uchun soliq imtiyozlari belgilashda ijtimoiy
adolat tamoyillariga amal qilinadi. Amaliyotda soliq va imtiyoz dialektikasi eng
murakkab masalalardan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda, ikki yo‘ldan biri
qo‘llaniladi. Ya‘ni birinchisi, soliqqa tortiladigan ob‘ekt summasidan ma‘lum
qismi soliqqa tortilmaydigan qismga o‘tkaziladi, ikkinchisi esa, soliq stavkasi bir
muncha kamaytiriladi.
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi ―O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi PF-4947-sonli Farmoni.
11
1-jadval
Dostları ilə paylaş: |