Mavzu: Ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish samaradorligi Reja: Kirish



Yüklə 312 Kb.
səhifə1/11
tarix28.04.2023
ölçüsü312 Kb.
#104358
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy eti



Mavzu: Ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish samaradorligi
Reja:
Kirish

  1. Ishlab chiqarish korxonalarini innovatsion texnologiyalar jarayonini tashkil etishning nazariy asoslari

  2. Korxonalarni modernizatsiyalash sharoitida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishning ustuvor yo’nalishlari

  3. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash va mahsulot raqobatbardoshligini oshirishning xorij tajribasi

  4. O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Yurtimizda iqtisodiy islohotlar borgan sari chuqurlashib, bozor munosabatlariga asoslangan yangi mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish jarayonlari tezlashmoqda. Bu jarayonlarni tezlashtirishda ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini boshqarish o‘rni katta ahamiyatga ega. Qisqa muddat oralig'ida respublikani jahon bozoriga olib chiqish uchun umumiy ishlab chiqarish samaradorligini ko'tarish, boshqaruv apparatining yakuniy natijalariga qaratilganligi, bozor ehtiyojini to'laqonli qondirish kabi ishlarni bajarish lozim. Yangi jarayonlar va mahsulotlar, to'g'ri ishlab chiqarishga va uning rivojlanish taraqqiyotiga bog'liq bo'lgan yangiliklar hamohangligini aniq- laydi. Yangi bozorlar mahsulot realizatsiyasi jarayonini aniqlaydi, ba'zi hollarda esa yangi bozorlarni ochish harakatida bo'lgan texnologiyalar hayotini o'zgartirishga imkon beradi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko'ra, yangi tashkiliy firmalar
(innovatsiya firmalari, texnoparklar, innovatsion inkubatorlar, investitsion fondler va b.) iqtisodiyotning odatiy tashkil etish sharoitiga nisbatan katta foyda olishga imkon beradi. Undan tashqari, aniq texnologik yangilik realizatsiyasi uchun mazkur tashkiliy innovatsiyalar ham zarurdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion salohiyat va samarali innovatsion siyosat bilan bir qatorda innovatsiyalar motivatsiyasi muhim o'ringa ega. Motivatsiya bu belgilangan yo'nalishda faol harakatni yuzaga keltiruvchi ehtiyojlar va ularning motivlari to'plamidir. Innovatsiyalar motivatsiyasi produtsent va menejerni innovatsion faoliyat, fan-texnika taraqqiyoti va innovatsiyalar sotuvi yoki ularning xaridi va xo'jalik faoliyatida foydalanish yo'nalishida faol harakatiga undovchi ehtiyojlar va motivlar to'plami hisoblanadi.
Mamlakatimizda o’z vaqtida tanlab olingan iqtisodiy taraqqiyot modelining asosiy tamoyillari asosida ishlab chiqilgan, chuqur va har tomonlama o’ylangan iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish va modernizatsiyalash bo’yicha ishlar amalga oshirilishi natijasida 2019-yil yakunlariga ko’ra, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti – 8,0 foizga, qishloq xo’jaligi – 6,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi – 8,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi1.

Yüklə 312 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin