Mavzu: Ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish samaradorligi Reja: Kirish


-rasm. Modernizatsiyaning tamoyillari



Yüklə 312 Kb.
səhifə5/11
tarix28.04.2023
ölçüsü312 Kb.
#104358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy eti

2-rasm. Modernizatsiyaning tamoyillari.

Ba’zi manbalarda modernizatsiyaning alohida jihatlariga e’tibor qaratiladi. Masalan, an’anaviy jamiyatdan yoki industrial jamiyatga murakkab o’tish jarayonining tarkibiy qismi bo’lgan siyosiy modernizatsiya ajratilib, uning mazmunini umumiy tizimiy o’tishning ajralmas tarkibiy qismi sifatidagi siyosiy tizimning o’zgarishi tashkil etishi ta’kidlanadi.
Umuman olganda, modernizatsiya juda jeng tushuncha bo’lib, bugungi kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o’zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi ilg’or andozalar tomon yo’naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui sifatida ifodalash mumkin. Zero, bu holat mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2005-yil 28-yanvardagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida ko’rsatib o’tilgan mamlakatni modernizatsiyalash va isloh etishning ustuvor yo’nalishlari, xususan iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan quyidagi dolzarb vazifalar orqali yaqqol namoyon bo’ladi:

  • mamlakatda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish;

  • iqtisodiyotning turli sohalarini erkinlashtirish;

  • bozor iqtisodiyoti sharoitida hozirgacha o’tmishdan meros sifatida saqlanib qolayotgan ma’muriy-taqsimot tizimi mezonlarinidan voz kechish;

  • xususiy sektorning yanada jadal rivojlantirilishini yanada ta’minlash;

  • davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada ko’proq cheklash;

  • kichik biznes va fermerlikni rivojlantirishga e’tiborni qaratish;

  • xususiy tadbirkorlik va kichik biznes bilan shug’ullanuvchilar faoliyat ko’rsatishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ularni rag’batlantirib borishni tashkil etish;

  • soliq tizimini yanada takomillashtirish;

  • soliqqa tortish borasida qo’shimcha imtiyozlar va pereferensiyalar berilishini ta’minlash va boshqalar6.

Umuman olganda, modernizatsiyalash jarayonlari ijtimoiy hayotning deyarli barcha jabhalarini qamrab olib, ayniqsa, mazkur yo’nalishlar orasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash muhim o’rin tutadi. Zero, milliy iqtisodiyotning barqaror va samarali amal qilishini ta’minlash, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari taraqqiyoti darajasiga olib chiqish, turli siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar, jahon bozori kon’yunkturasidagi tebranishlar, inqiroz holatlariga nisbatan “chidamliligi”, mustaqil rivojlana olish imkoniyat va salohiyatlari aynan iqtisodiyotdagi tub islohotlar va ularning natijalariga bog’liqdir. Biroq, shu bilan birga iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlarining amalga oshirilishida izchillik va mantiqiy muvozanatni ta’minlashga harakat qilishi lozim.
Iqtisodiy fanda modernizatsiyalash jarayonlarini turkumlash katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, texnologik (K.Levi-Stross), funksional (N.Smelser) va global (P.Viner) modernizatsiyalar farqlanadi. Alohida mamlakatlarda modernizatsiya bosqichlarining turlicha talqini farqlanadi7.
Modernizatsiyalash jarayonlarining bosqichlari to’g’risida so’z ketganda, fikrimizcha, nazariy jihatdan, mazkur jarayonlarini qo’llashning turli darajalarini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir (3-rasm).



Birinchi (eng quyi) daraja – alohida texnika, texnologiyani modernizatsiyalash bo’lib, ko’proq tor ma’nodagi modernizatsiyalash tushuncha-siga to’g’ri keladi.





Yüklə 312 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin