Ўзбекистон банклари ассоциацияси


 yilda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‟ining jami byudjetga



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/35
tarix19.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132347
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
yuridik shaxslarni soliqqa tortish jarayonining oziga xos xususiyatlari

2017 yilda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‟ining jami byudjetga 
to‟langan to‟lovlardagi salmog‟i
17
 
 
Ko‟rsatkichlar
“XALQOBOD” 
MCHJ 
“DELKOR” 
MCHJ 
Summa 
ming so‟m
 
foiz 
Summa 
ming so‟m
 
foiz 
Jami byudjetga to‟langan to‟lovlar 
1071421,0 100 4745177,0 100 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda 
solig‟i 
42604,2 
3,9 
50702,85 
1,1 
Jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ―XALQOBOD‖ MCHJining jami 
byudjetga to‘langan to‘lovlarida foyda solig‘ining salmog‘i 3,9 foizni, ―DELKOR‖ 
MCHJida esa 1,1 foizni tashkil etmoqda. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi davlat soliq 
xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot 
choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa, 
yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga 
oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari doimiy muassasa joylashgan 
joydagi davlat soliq xizmati organiga O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatining 
17
Yangiyo'l shahar DSI ma‘lumotlari asosida tayyorlandi. 


34 
xususiyati haqidagi hisobotni (erkin shaklda), shuningdek yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobini chet el investitsiyalari ishtirokidagi 
korxonalar uchun yillik moliyaviy hisobotni topshirish uchun belgilangan 
muddatlarda taqdim etadi. Bunda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining 
hisob-kitobida byudjetga to‘lanadigan sof foydadan olinadigan soliq summasi 
alohida satrda ko‘rsatiladi. Faoliyat kalendar yil tugashidan avval tugatilgan 
taqdirda, bu hujjatlar faoliyat tugatilganidan keyin bir oydan kechiktirmasdan 
taqdim etilishi shart. 
Soliq kodeksining 164-moddasiga muvofiq hisobot davri mobaynida soliq 
to‘lovchilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini joriy to‘lovlarni kiritish 
orqali to‘laydilar.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarning 
summasini aniqlash uchun soliq to‘lovchilar joriy hisobot davri birinchi oyining 
15-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy hisobot davri uchun taxmin 
qilinayotgan soliq solinadigan foydadan va yuridik shaxslardan olinadigan foyda 
solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘ining summasi haqida ma‘lumotnoma taqdim etadilar. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar har 
oyning 10-kuniga qadar hisoblab chiqarilgan yil choragi bo‘yicha yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasining uchdan bir qismi miqdorida 
to‘lanadi. Hisobot davrida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foyda eng kam 
ish haqining ikki yuz baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan soliq to‘lovchilar 
joriy to‘lovlarni to‘lamaydi. Taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib 
chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i 
summasi hisobot davri uchun byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq 
kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya 
hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli. 


35 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash hisob-kitoblarni 
topshirish 
muddatlaridan 
kechiktirmay 
amalga 
oshiriladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi yuridik shaxslardan olinadigan 
foyda solig‘ini, shuningdek sof foydadan olinadigan soliqni joriy to‘lovlarni 
to‘lamasdan yiliga bir marta, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan keyin bir oy 
ichida to‘laydi. Yuridik shaxslardan to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘i 
belgilangan stavkalarni chegirmalarni amalga oshirmasdan to‘lanadigan daromad 
summasiga nisbatan qo‘llash orqali hisoblab chiqariladi. 
Yuridik shaxslardan to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘ini yuridik 
shaxslar quyidagilarni to‘lash paytida ushlab qolishlari shart: 
 dividendlar va foizlarni; 
 O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga daromadlarni. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini ushlab qolish va byudjetga 
o‘tkazish uchun javobgarlik daromadni to‘lash manbai, shuningdek O‘zbekiston 
Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi, O‘zbekiston 
Respublikasining boshqa norezidentlariga daromad to‘lovchi O‘zbekiston 
Respublikasi norezidentlari zimmasida bo‘ladi. 
Yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan daromad qilingan xarajatlar 
hamda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘i chegirib tashlanguniga qadar to‘liq miqdorda soliq 
to‘lovchining jami daromadiga qo‘shiladi. Soliq solinadigan bazani aniqlashda 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida foyda olish munosabati bilan qilingan 
hamda hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar belgilangan tartibda va miqdorlarda 
chegiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘ining summasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘ini to‘lash paytida hisobga olinadi.


36 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘ining summasini hisobga olish uchun chet davlat vakolatli 
organining 
to‘lov 
xabarnomasi, 
ma‘lumotnomasi 
yoki 
O‘zbekiston 
Respublikasidan tashqarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i 
to‘langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat asos bo‘ladi. 
Respublikamiz soliq tizimiga e‘tibor beradigan bo‘lsa, foyda solig‘i 
stavkalarini tabaqalashtirishning quyidagi mezonlari ko‘rishimiz mumkin. 
7-jadval 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin