Ўзбекистон банклари ассоциацияси


Aktsiz osti tovarlari sonining yillardagi o‟zgarishi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/35
tarix19.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132347
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
yuridik shaxslarni soliqqa tortish jarayonining oziga xos xususiyatlari

Aktsiz osti tovarlari sonining yillardagi o‟zgarishi
23
 
Yillar 
Aktsiz osti tovarlari soni 
1992

1993
17 
1994
19 
1995
17 
1996 -1998 
18 
1999
25 
2000
27 
2001
28 
2002
27 
2003
26 
2004
25 
2005
22 
2006 -2007 
19 
2008 
13 
2009-2015 
14 
2016 
15 
2017 
14 
23
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
qarorlariga ilovalar. 


47 
Soliq kodeksining 229-moddasiga muvofiq, aktsiz solig‘i to‘lovchilari bo‘lib 
quyidagi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi: 
 O‘zbekiston Respublikasi hududida aktsiz solig‘i solinadigan tovarlarni 
(aktsiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar; 
 O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz to‘lanadigan 
tovarlarni import qiluvchilar;
 Oddiy shirkat aktsiz to‘lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy 
shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan 
sherigi (ishtirokchisi). 
Aktsiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha aktsiz to‘lanadigan 
tovarlar ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qaroriga binoan aktsiz solig‘ini to‘lovchi etib belgilanishi mumkin.
Soliq kodeksining 230-moddasiga muvofiq, quyidagi operatsiyalar aktsiz 
solig‘i solinadigan ob‘ekt hisoblanadi: 
1) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan: 
 tovarni sotish (jo‘natish); 
 garov bilan ta‘minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga 
qo‘yilgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan topshirish; 
 aktsiz to‘lanadigan tovarlarni bepul topshirish; 
 aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga 
yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki 
hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) 
topshirish; 
 aktsiz to‘lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda 
boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish;
2) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav 
kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi 
bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish;


48 
3) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga 
(muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki 
yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan 
topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan 
aktsiz to‘lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning 
shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan 
yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish;
4) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ulush qo‘shish asosida qayta ishlashga 
topshirish, shuningdek ulush qo‘shish asosida xom ashyo va materiallarni, shu 
jumladan aktsiz to‘lanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli 
bo‘lgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta 
ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish; 
5) ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni 
o‘z ehtiyojlari uchun topshirish; 
6) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona 
hududiga import qilish. 
Soliq kodeksining 231-moddasiga muvofiq, aktsiz to‘lanadigan tovarlar 
oluvchiga jo‘natilgan (topshirilgan) kun aktsiz to‘lanadigan tovarlarga doir soliq 
solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sanadir. 
Garovga qo‘yilgan aktsiz to‘lanadigan tovarlar garovga qo‘yuvchi 
tomonidan topshirilgan taqdirda, garov narsasiga bo‘lgan mulk huquqi o‘tgan sana 
garovga qo‘yuvchi uchun realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Import qilinayotgan aktsiz to‘lanadigan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan 
o‘tkazilgan sana ularga doir operatsiya amalga oshirilgan sanadir. 
Aktsiz solig‘ini bazasi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
Aktsiz solig‘ining stavkalari mutlaq summada (qat‘iy) belgilangan aktsiz 
to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aktsiz to‘lanadigan 
tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida quyidagi formula bilan aniqlanadi: 


49 
S x A, 
bunda: 
S - tegishli o‘lchov birliklarida sotilgan mahsulotning fizik hajmi; 
A - aktsiz solig‘ining qat‘iy stavkasi, o‘lchov birligiga so‘mlarda. 
Aktsiz solig‘ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab 
chiqarilayotgan aktsiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha realizatsiya qilingan aktsiz 
to‘lanadigan tovarlarning aktsiz solig‘i hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i 
kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir. 
Stavkalari foizlarda belgilangan aktsizlanadigan mahsulot bo‘yicha aktsiz 
solig‘ining hisob-kitobini shartli misol tariqasida tahlil etamiz. 
Aktsiz solig‘i summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 
O x A / 100 
bu yerda: 
O – QQS va aktsiz solig‘i kiritilmagan narx; 
A - aktsiz solig‘i stavkasi. 
Yuqoridagi formuladan foydalanib quyidagi jadval ma‘lumotlarini tahlil 
etamiz (12-jadvalga qarang): 
12-jadval 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin