Kirish: asosiy qism: Aktsiz solig’i to’lovchilari va soliq solish oby'ekti



Yüklə 28,16 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü28,16 Kb.
#200415
  1   2   3
Soliq must.ish-1




Mavzu: Aksiz solig’ini hisoblash va byudjetga o’tkazish tartibi.
Reja:

  1. KIRISH:

  2. ASOSIY QISM:

1. Aktsiz solig’i to’lovchilari va soliq solish oby'ekti.
2. Soliq solinadigan baza unga tuzatish kiritish.
3. Aktsiz solig’ini hisoblash tartibi.

  1. XULOSA.

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


Aksiz solig’i to’lovchilar va soliq solish oby'ekti
Aktsiz solig’i to’lovchiyuridik va jismoniy shaxslar quyidagilardir:
- O’zbekiston Respublikasi hududida aktsiz solig’i solinadigan tovarlarni (aktsiz to’lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
- O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz to’lanadigan tovarlarni import qiluvchilar;
- oddiy shirkat aktsiz to’lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi (ishtirokchisi).
Aktsiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo’yicha aktsiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi bo’lmagan shaxs O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan aktsiz solig’ini to’lovchi etib belgilanishi mumkin.
Quyidagi operatsiyalar aktsiz solig’i solinadigan ob‘ektdir:
1) aktsiz to’lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan:
- tovarni sotish (jo’natish);
- garov bilan ta‘minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo’yilgan aktsiz to’lanadigan tovarlarni garovga qo’yuvchi tomonidan topshirish;
- aktsiz to’lanadigan tovarlarni bepul topshirish;
- aktsiz to’lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish;
- aktsiz to’lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish;
2) aktsiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish;
3) aktsiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aktsiz to’lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish;
4) aktsiz to’lanadigan tovarlarni ulush qo’shish asosida qayta ishlashga topshirish, shuningdek ulush qo’shish asosida xom ashyo va materiallarni, shu jumladan aktsiz to’lanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo’lgan aktsiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish;
5) ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aktsiz to’lanadigan tovarlarni o’z ehtiyojlari uchun topshirish;
6)aktsiz to’lanadigan tovarlarni O’zbekiston Respublikasiningbojxona hududiga import qilish.

Yüklə 28,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin