Ўзбекистон банклари ассоциацияси


Yuridik shaxslar to‟laydigan soliqlarning huquqiy asoslari va



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/35
tarix19.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
yuridik shaxslarni soliqqa tortish jarayonining oziga xos xususiyatlari

1.1. Yuridik shaxslar to‟laydigan soliqlarning huquqiy asoslari va 
byudjet daromadlaridagi ahamiyati 
 
Bozor tizimining afzalliklari jumlasiga ishlab chiqarish resurslarining 
oqilona taqsimlanishi, ishlab chiqarishni o‘zgartira olish, mahsulot sifatini 
oshirishga intilish, fan-texnika taraqqiyotini ishlab chiqarishga joriy etish va 
boshqalar kiradi. Biroq, bunday afzalliklar qator eng muhim ijtimoiy muammolarni 
hal etish imkonini bermaydi, biz ularni bozorning ijtimoiy muammolarni hal 
etishdagi zaifliklari deb hisoblaymiz. 
Bunday ijtimoiy zaifliklar jumlasida quyidagilarni ta‘kidlash lozim
2

1. Bozor ijtimoiy zaruriy mahsulotni ishlab chiqarishni emas, puli borlarning 
talabini qondirishga xizmat qiladi. Bu holda xorijiy iqtisodchilar quyidagicha 
ta‘kidlaydilar: ―Bozor xo‘jalik faoliyatida qatnashuvchilarga keng erkinlik berishi 
bilan bir qatorda iqtisodiy jihatdan himoyasiz kishilarning ochlikdan erkin 
o‘lishiga imkon yaratadi‖. 
2. Bozor tizimi – Nobel mukofoti laureati Samuelsonning ta‘kidlashicha 
tengsizlikni qayta ishlab chiqaradi. Bu tengsizlik barcha fuqarolar uchun mehnat 
qilish va daromad olishga teng imkoniyat yaratmagani bilan, teng kafolatni ham 
bermaydi; 
3. Jamiyat foydalanishi uchun zarur bo‘lgan inshootlar (yo‘llar, ko‘priklar va 
boshqalar)ni, tadbirlar (ta‘lim, sog‘liqni saqlash va boshqalar) ni rivojlanishiga 
imkon bermaydi; 
4. Bozor tizimida atrof muhitni himoya qilish mexanizmi ishlamaydi; 
5. Iqtisodiy notekislik rivojlanishiga olib keladi va boshqalar. 
Ushbu zaifliklar, bozorning o‘zini-o‘zi tartibga sola olmasligini, XX asrning 
boshlariga kelib kuchli namoyon etdi. Bozorning barqarorligi bu paytda kuchaydi. 
Ushbu zaifliklar boshqa muammolarning kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi-ki, 
2
Maxmadiyev U.M. ―Mikroiqtisodiyot‖ /ma‘ruza matnlari/-T.: TDIU, 2012. 6-bet. 



natijada davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi zaruriy shartga aylanadi. Xazinani 
to‘ldirishning asosiy manbalaridan biri esa, yuridik shaxslar tulaydigan to‘lovlar 
hisoblanadi. Yuridik shaxslar soliqlari, avvalo, davlat muassasalari faoliyatining 
moliyaviy manbai hisoblanadi. Shuningdek, soliqlar va boshqa to‘lovlardan 
shakllangan xazinadan ijtimoiy muhim tarmoqlar va ularni himoyasi uchun 
foydalaniladi.
Progressiv soliqqa tortish yuqori daromadlilardan kam daromadlilarga 
qaraganda ko‘proq soliq to‘lovini joriy etishni anglatadi. Fuqarolardan olinadigan 
daromad solig‘i bunga misol bo‘ladi. Mutanosib soliqqa tortish esa, ular katta 
kichikligidan qat‘iy nazar bir xil foiz ko‘rinishida undiriladi. Bunga foyda solig‘i, 
qo‘shilgan qiymat solig‘i va boshqalar misol bo‘ladi. Regressiv soliqqa tortishda 
daromadlar oshgan sari soliq stavkasining kamayib borishi (asosan rag‘batlantirish 
maqsadida qo‘llaniladi). Ushbu tabaqalashuvga munosabat turli iqtisodchilar va 
soliq to‘lovchilar nuqtai nazaridan turlicha hisoblanadi. 
Qolaversa, yuridik shaxslar soliqlari byudjet kirimining manbaigina bo‘lib 
qolmay, ijtimoiy himoyalashning vositasi ham bo‘lmoqda. Iqtisodiyotni 
rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga 
oshirish, soliq siyosatini yanada erkinlashtirish, soliq ma'muriyatchiligini 
shaffofligini ta'minlash, soliq yukini kamaytirish, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish va ularga qulay ishbilarmonlik 
muhitini yaratish dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
3
Darhaqiqat, soliqlar yordamida tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish yoki 
aksincha cheklab qo‘yish va jumladan, tadbirkorlik faoliyatining u yoki bu 
tarmog‘i rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatiladi. Soliqlar korxonalarda ishlab chiqarish va 
muomala harajatlarini qisqartirish, jahon bozorida milliy korxonalarimiz uchun 
raqobatbardoshlikni oshirishda shart-sharoit yaratib beradi. Soliqlar orqali 
protektsion iqtisodiy siyosatini yuritish yoki tovarlar bozorining erkinligini 
ta‘minlash mumkin. 
3
Mirziyoyev Sh.M. ― Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta'minlashning muhim omilidir‖ – 
Toshkent.: Xalq so'zi gazetasi, 2017, 8 yanvar.


10 
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, 
davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar 
yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini 
liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida aholi 
va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, 
amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil 
qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan― 
2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi‖ qabul qilindi
4
. Unga muvofiq 
iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, 
makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish 
sur‘atlarini saqlab qolish maqsadida soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish 
tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma‘muriyatchiligini 
takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish choralari 
belgilandi. 
Yuridik shaxslarni soliqqa tortish mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar, qonun 
oldida tenglik asosida amalga oshiriladi. Belgilanayotgan soliqlar tovarlar (ish, 
xizmatlar) yoki pul mablag‘larining mamlakatimiz hududi doirasida erkin 
muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yishi yoki korxonalarning 
iqtisodiy faoliyatini boshqacha tarzda cheklab qo‘yishi yoki unga g‘ov bo‘lishi yo‘l 
qo‘yilmaydi. Yuridik shaxslar daromadlari olingan manbalaridan qat‘iy nazar 
soliqqa tortiladi. Yuridik shaxslar uchun soliq imtiyozlari belgilashda ijtimoiy 
adolat tamoyillariga amal qilinadi. Amaliyotda soliq va imtiyoz dialektikasi eng 
murakkab masalalardan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda, ikki yo‘ldan biri 
qo‘llaniladi. Ya‘ni birinchisi, soliqqa tortiladigan ob‘ekt summasidan ma‘lum 
qismi soliqqa tortilmaydigan qismga o‘tkaziladi, ikkinchisi esa, soliq stavkasi bir 
muncha kamaytiriladi.
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi ―O‘zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi PF-4947-sonli Farmoni. 


11 
1-jadval 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin