1-bob bo‟yicha xulosa - korxona mulkdorining o‘z manfaatlari ham bir xil emas va ziddiyatlidir.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish zarurati mulkdor tomonidan olingan
daromadning katta qismini iqtisodiy foaliyatni kelgusida investitsiyalashga
yo‘naltirishni talab qilsa, korxona mulqdorining shaxsiy talablarini ifoda etuvchi
shaxsiy manfaatlari olingan daromadning katta qismini o‘z shaxsiy talablarini
to‘laqonli qondirishni ko‘zda tutadi;
- davlat jamiyat manfaatlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy
siyosatni amalga oshirish uchun etarli darajada pul mablag‘lariga ega bo‘lishi kerak,
bu o‘z navbatida, mamlakatning rivojlanish darajasi yuqori bo‘lmagan, daromadlar
kam bo‘lgan sharoitda soliqqa tortishing yuqori darajasini keltirib chiqaradi;
- soliqlar yordamida davlat qo‘shilgan qiymatning salmoqli qismini o‘z qo‘liga
olib, tadbirkorlik muhiti va infratuzilmani yaxshilash uchun iqtisodiy choralarga
yanada ko‘proq mablag‘ sarflashi mumkin;
- soliqlar korxona faoliyatida muhim o‘rin egallasa-da, lekin yagona xarajat
komponenti bo‘lib hisoblanmaydi. Uning faoliyat natijalariga moddiy va mehnat
resurslarining narxlari, elektroenergiya, kredit narxi bilan bog‘liq xarajatlar va
hokazolar o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi;
- soliqlarni ta‘riflashdagi fikrlarda dunyo, jumladan mamlakatimiz olimlarida
ham umumiylik va xususiylik mavjuddir. Demak, soliqlar davlatning mavjud bo‘lishi
uchun zaruriyat bo‘lib, davlat va mahalliy hokimiyat tuzilmalarni moliyaviy
ta‘minlash, shuningdek davlat zimmasiga olgan vazifalarni bajarish maqsadida
belgilangan stavkalarda majburiy tarzda undiriladigan hamda uni to‘lovchilarga
yakka tartibdagi ekvivalent huquqni bermaydigan to‘lovlar hisoblanadi.