bo’yovchi
moddalar, uglevodorodlar, yog’da eruvchan vitaminlar, gossipol va shu kabilar
kiradi. Bunday moddalarni o’simlik moylaridagi miqdori 3-4% gacha etadi, ularni xayvon
yog’laridagi miqdori esa bir necha barobar kam bo’ladi [8]. Keltirilgan komponentlarning
ko’pchilik qismi moy va yog’ erituvchilarda yaxshi eriydi va “sovunlanmaydigan
moddalar deb ataluvchi guruh tarkibiga kiradi.
Ma’lumki, tabiiy sorbentlarni o’simlik moylarini tozalashda ishlatish bo’yicha
ko’plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan [8,9]. Ko’pchilik xollarda tabiiy sorbentlar,
kimyoviy aktivlashtirilgandan keyin o’simlik moylarini kerakli
darajagacha oqlaganligi
qayd qilingan. Ammo, ba’zi hollarda bentonitli gillar tabiiy holatida ham yuqori
adsorbstion xossalariga ega bo’lganligi kuzatilgan. Masalan, [20]
ishda Odessa
viloyatining “Kuturgem” koni yashil gilini oqlash qobiliyati tekshirilgan va ushbu tabiiy
sorbent kungaboqar va soya yog’ini aktivlashtirish olib borilmagan
tabiiy holatida ham
yaxshi darajada oqlaganligi qayd qilingan.
Ma’lumki, sorbentni aktivlashtirish usuli uni ishlatilish sohasidan kelib chiqib
tanlanadi. Masalan, ranggi qora bo’lmagan moylarni yumshoq
oqlash uchun sorbentni
termik aktivlashtirish yetarlidir. Ammo, xom qora yog’larni oqlash uchun ularga kuchli
ta’sir ko’rsatish maqsadida sorbentni kislota yordamida aktivlashtirish zarur bo’ladi.
Adabiyotlar taxlili asosida quyidagi xulosalarga kelindi.
Xozirgi kungacha ishlatilib
kelinayotgan adsorbentlarning aksaryat qismi xorijiy davlatlardan milliy valyuta evaziga
olib kelinayotgan adsorbentlar ekan. Tadqiqotlarda ishlatilgan adsorbentlarning ko’pchiligi
Respublikamizdan tashqaridagi bentonit gil tuproqlari asosida olingan.
Ushbu adbiyotlar
taxlili asosida boshqa olim tomonidan qilinmagan maxalliy xom ashyolar Respublikamiz
bentonit konlari gil tuproq asosida oqlovchi adsorbentlarni
olishni bitiruv malakaviy
ishimning maqsadi qilib oldik.
Dostları ilə paylaş: