Axborot kommunikatsion texnologiyalar


§ Antivirus dasturlari. Antivirus dasturlari bazasini yangilash usullari



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/82
tarix19.06.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#132647
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82
Axborot kommunikatsion texnologiyalar

 
4.4§ Antivirus dasturlari. Antivirus dasturlari bazasini yangilash usullari 
Kompyuter viruslari xuddi mikroorganizmlar singari tarqaladi va dasturlarni 
zararlaydi. Ular kompyuter tizimini ishdan chiqaribgina qolmay, kompyuterdagi 
turli fayllarga kirib oladi. Ba’zi viruslar disklarning yuklash sektorlariga zarar 
yetkazadi. Har qanday virus o‘zining zararli kodlarini kompyuterdagi biror 
dasturning tanasiga (ichiga) joylashtirib qo‘yadi. Mana shuning uchun ham dastur 
ishga tushirilganida virus ham qayta-qayta ishga tushaveradi. Bugungi kunda 
viruslarning mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularning har birining bir nechta 
modifikatsiyasi mavjud.
Har dardning davosi bo‘lganidek, viruslar uchun ham «antibiotik»lar – 
antivirus dasturlar mavjud. Antivirus dasturlarini o‘zaro solishtirish, taqqoslashdan 
avval ularning qanday ishlashi haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz. Qaysi 
antivirus dasturini olmaylik, hammasining asosiy qiladigan ishi, bajaradigan 
funksiyasi deyarli bir xil: kompyuterning tezkor va doimiy xotirasini skanerlash va 
nazorat qilish. Lekin mana shu ikki ish turli antivirus dasturlarda bir-biridan biroz 
farqlanishi mumkin. 
Zararli dasturlar, ya’ni viruslarning yozilish kodlarining ketma-ketligi mavjud 
bo‘lib, antivirus dasturi mana shu ketma-ketlikka qarab virusni tanib oladi. 


82 
 
4.1-rasm- Antivirus dasturlari turlari 
Ba’zi antiviruslar esa, shubhali obyektning o‘zini ajratib olib, uni diqqat bilan 
tekshirib chiqadi, kompleks usulda tahlil qiladi. Bunday usulning yaxshi tarafi – 
o‘zining shaklini oson o‘zgartirib oladigan yoki uncha tanilmagan viruslarni ham 
aniqlash imkoni borligidir, yomon tarafi – antivirus dastur tez-tez yolg’on 
chaqiruvlarni amalga oshiradi. Chunki, aytganimizdek, antivirus aniq biror bir 
virusni emas, balki shubhali ko‘ringan har qanday faylni tekshiraveradi. 
Virusni aniqlashning yana bir usuli – xotiradagi o‘zgarishlarni doimiy 
ravishda tahlil qilish, monitoring qilishdir. Bunda fayllarning axborot hajmlari, 
hosil qilingan sanasi tekshirib turiladi. Agar fayl parametrlaridan birortasi o‘zgarib 
qolsa, antivirus darrov mana shu o‘zgarishni o‘rganishga tushadi. Chunki, odatda 
viruslar fayllarning parametrlarini o‘zgartirib qo‘yadi.
Antivirus dasturining eng muhim sifati zararli kodni aniqlash hisoblanadi. 
Bundan tashqari, ularning ishlash tezligi, xotirada egallaydigan joyining hajmi, 
kompyuter resurslarining qancha qismidan faol foydalanishi ham muhim 
ahamiyatga egadir. Chunki ba’zi antivirus dasturlar ishlayotganida kompyuter 
deyarli «qotib» qoladi. 
Antivirus dasturlarning ba’zilari pullik, ba’zilari esa bepul tarqatiladi. 
Bilingki, pullik antiviruslar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi va kompyuteringizni 
ishonchliroq himoya qiladi, boshqacharoq aytsak, pullik antivirus mas'uliyatni his 


83 
qiladi. Bepul antiviruslar ham kompyuterni himoyalay oladi, lekin jiddiy xavf-
xatar vaqtida pullik antiviruslarning litsenziyalangan versiyasigina yordam bera 
oladi. 
Mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda mashhur bo‘lgan antivirus 
dasturlari ba’zi holatlarda samarali ishlay olmay qoladi. Chunki ularning ishlash 
algoritmlari uzoq vaqt o‘zgarmay turadi, virus tuzuvchi «hakerlar» esa bu 
algoritmlarni yaxshigina o‘zlashtirib oladilar va antivirusga ko‘rinmaslikning 
ilojini topadilar. Yangi chiqayotgan antiviruslar shu jihatdan avvalgilarga 
qaraganda foydaliroq bo‘ladi. Chunki ularning ishlash algoritmlari ham 
yangilangan, 
zamonaviy 
viruslarni 
topishlari 
osonroq. 
Kompyuter 
foydalanuvchilariga maslahatimiz quyidagicha. Siz qaysi antivirus dasturidan 
foydalanmang, deylik, 2-3 oyda bir marta umuman boshqa antivirus o‘rnatib, 
kompyuteringizni, operatsion tizimini qaytadan tekshirib ko‘ring. Chunki 
kompyuterda uzoq vaqt ishlagan eski antivirus vaqt o‘tishi bilan yangi viruslarni 
topa olmagan bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin