Axborot kommunikatsion texnologiyalar


qiymati” parametri kiritilgandagina ma’noga ega bo‘ladi.  2.2 “Пороговое значение блокировки”



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/82
tarix19.06.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#132647
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82
Axborot kommunikatsion texnologiyalar

qiymati” parametri kiritilgandagina ma’noga ega bo‘ladi. 
2.2 “Пороговое значение блокировки” – “Blokirovkaning chegaraviy 
qiymati”. Tizimga kirishning muvaffaqiyatsiz urinishlar sonini aniqlaydi, shundan 
so‘ng foydalanuvchining qayd yozuvi blokirovka qilinadi. Blokirovka qilingan 
qayd yozuvini administrator tomonidan blokirovka olib tashlanguncha yoki 
blokirovka vaqti tugagunga qadar ishlatib bo‘lmaydi. 1 dan 999 gacha qiymat 
berish yoki 0 qiymat berib qayd yozuvi blokirovkasini taqiqlab qo‘yish mumkin. 
CTRL+ALT+DEL tugmalari yoki ekran ko‘rinishi yordamida blokirovka 
qilingan ishchi stantsiyaga yoki bir qator serverlarga uzluksiz ravishda noto‘g‘ri 
parollarni 
kiritish 
tizimga 
kirishning 
muvoffaqiyatsiz 
urinishi 
bo‘lib 
hisoblanmaydi. Standart bo‘yicha: “отключен” – “o‘chirilgan”
Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi ishlarni, ajarish orqali kompyuterdan ruxsat 
etilmagan begona shaxsning foydalanishini taqiqlash mumkin. Masalan, begona 
shaxs kompyuterga kelib 2 marta yoki 3 marta noto‘g‘ri parol kiritsa, u holda 
kompyuter bir necha minutga yoki soatga blokirovkaga tushib qoladi. Bu paytda, 
agar to‘g‘ri parol terilsa ham kompyuter blokirovkadan chiqmaydi, toki blokirovka 
vaqti tugamaguncha. 
4.3§ Kompyuter virusi, vazifalari, turlari va ularga qarshi kurashish usullari 
Kompyuter virusi - bu o‘lchami katta bo‘lmagan, maxsus yozilgan dastur 
bo‘lib, u o‘zining nusxalarini yaratish va ularni boshqa dasturlarga, kompyuterning 
tizim sohalariga, kompyuter tarmoqlariga joylashi mumkin. Ichida virus bo‘lgan 
dastur «zararlangan» deyiladi. Bunday dasturni ishga tushirilganda boshqaruvni 
avval virus amalga oshiradi. Virus boshqa dasturlarni topadi va zararlaydi


76 
shuningdek qandaydir buzg‘unchi harakatlarni bajaradi (masalan, diskdagi 
fayllarni va shu fayllar joylashgan jadvalni ishdan chiqaradi (buzadi), operativ 
xotirani bo‘lar-bo‘lmas «musor» bilan to‘ldiradi va h.k.). Virus o‘zini yashirish 
maqsadida dasturni zararlantirish harakatlari har doim ham bajarilavermaydi. Ular 
faqat muayyan sharoitda amalga oshadi. Virus kerakli harakatlarni bajarib 
bo‘lgandan so‘ng, boshqaruvni o‘sha o‘zi o‘rnashib olgan dasturga beradi (virus 
shu dasturning ichida yotadi) va u oldingidek ishlayveradi. Shu bilan bir qatorda 
virus bilan zararlangan dastur xuddi viruslanmagan dastur kabi faoliyat ko‘rsatadi. 
Mavjud bo‘lgan viruslarning ko‘pchiligi yadro tizimli fayllarni afzal 
ko‘radilar, chunki ko‘p zamonaviy kompyuterlarda fayllar tizimi bir xil nomlanadi. 
Masalan, viruslar aksariyat hollarda, command.com fayliga birlashadi va dir 
buyrug‘i bilan boshqa disk va direktoriyalarga tarqaladi. Ko‘p hollarda tizimning 
zararlanishi kiritish-chiqarish jarayoniga murojaat qilganda ro‘y beradi. 
Aslini olganda, viruslar tizimlarga birikib ketish uchun har qanday yo‘llarni 
ishlatishadi, shuning uchun ham zararlanmaydigan tizimlar yo‘qdir. 
Shaxsiy kompyuterlarga viruslar tushushining asosiy yo‘li bo‘lib zararlangan 
fleshkalar xizmat qiladi. Shunday viruslar mavjudki, ular energiyaga bog‘liq 
bo‘lmagan xotiraga yashirinib olib (qattiq magnitli disk (Hard)), tizimni tozalashda 
juda katta qiyinchiliklar tug‘diradilar. Hatto haqiqiy firma belgisiga ega bo‘lgan, 
arxivlangan dastur ham virusdan holi ekanligiga hech kim kafillik bera olmaydi. 
Viruslar ko‘payishi shartli ravishda 5ta fazaga bo‘linishi mumkin:
­ kompyuterga kirib olish; 
­ virusning faollashishi
­ zararlash uchun obyektlarni qidirish; 
­ virus nusxalarini tayyorlash; 
­ virus nusxalarini joylash. 
Xar bir fazani alohida ta’riflaymiz.
– Kompyuterga kirib olish. Viruslar kompyuterga zararlangan fayllar, 
disklarning yuklanish sektori orqali, flesh disklar, yoki tarmoq orqali kirib olishi 


77 
mumkin. Kirib olish vaqtida chervlardan farqi shundaki, ular hech qanday 
noxushliklarni amalga oshirmaydi.
– Virusning faollashishi. Buning uchun zararlangan obyekt ishga tushishi 
kerak. Bu fazada viruslar zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan obyektlariga ko‘ra 
turlarga bo‘linadilar. 
– Zararlash uchun obyektlarni qidirish. Bu fazada viruslar o‘zlarini ikki xil 
tutishi mumkin:
Boshqaruvni olgan virus zararlash uchun birinchi obyektni topgach ishni o‘zi 
joylashgan faylga beradi. 
Boshqaruvni olgan virus xotirada joylashib olib o‘zi ishlayotgan muhit ishini 
tugatguncha zararlash obyektlarini to‘xtovsiz qidiradi. 
– Virus nusxalarini tayyorlash. Virus nusxalarini tayyorlash oddiy nusxa 
olishdan ko‘ra farqli bo‘lib, mualliflar ularni har xil yo‘llar bilan yashirishga 
urinishadi. Asliga o‘xshamagan nusxalar tayyorlash texnologiyalari xilma-xildir. 
– Virus nusxalarini joylash. Bu ish ikkita bir-biridan farqli usullar bilan 
amalga oshirilishi mumkin: 
Virus kodini zararlanishi kerak bo‘lgan obyektga joylash; 
Obyektni virus nusxasiga almashtirish. Almashtirilayotgan obyekt, qoidaga 
ko‘ra nomi o‘zgartiriladi. 
Birinchi usul viruslarga xos, ikkinchisi esa ko‘pincha troyan va chervlar 
tomonidan qo‘llaniladi. 
Kompyuter virusi qanday namoyon bo‘ladi degan savol amaliyotda ko‘p 
uchraydi. Quyida kompyuterga virus tushganligining ba’zi belgilarini sanab 
o‘tamiz: 
• Kompyuterdagi dasturlar avvalgiga nisbatan sekinroq yuklanadi; 
• Ba’zi papkalarda sizga notanish fayllar paydo bo‘lib qoladi yoki aksincha, 
bir xil fayllar yo‘qolib qolishi mumkin; 
• Sizga tushunarsiz sabablarga ko‘ra, fayl yoki dasturlarning hajmlari 
o‘zgarib qoladi, yo ortadi yoki kamayadi; 
• Ekranda tushunarsiz yozuv yoki grafikalar paydo bo‘lib qoladi; 


78 
• Diskdagi bo‘sh joy o‘z-o‘zidan kamayib ketadi; 
• Fayllarning nomlari yoki kengaytmalari o‘zgarib qoladi; 
• Klaviaturadagi tugmachalar bosilganida dinamikdan har xil tovushlar 
chiqadi; 
• Qattiq diskka murojaat qilib bo‘lmay qoladi. 
• Kompyuter ishlashi sekinlashadi; 
• Ba’zi bir fayllar buziladi yoki ularning hajmi ortiqcha har xil yozuvlarni 
qo‘shish hisobiga o‘zgaradi, kattalashadi; 
• Tezkor xotiraning bo‘sh joyi qisqaradi; 
• Qattiq magnitli diskdan dasturlarni yuklash qiyinlashadi yoki umuman 
yuklanmaydi va h.k. 
Shuni ta’kidlash kerakki, dasturlar va hujjatlar matnlari, berilganlar 
bazasining axborot fayllari, jadvallar va boshqa shunga o‘xshash fayllar 
zararlanmaydi. Ular faqat buzilishi mumkin. 
Virus asosan ikkit qismdan iborat bo‘lib, ularni biri virus ikkinchisi 
shifrlovchi deb ataladi. Virusning har bir nusxasi shifrlovchi, qandaydir kalit va 
shu kalit bilan shifrlangan virusdan tashkil topadi. O‘zi differentsiallanuvchi 
viruslar esa, o‘zini formasini takomillashtiradi. Ko‘p viruslar boshqalar uning 
ishlash mexanizmini sezib qolmasliklari uchun o‘zining katta qismini kodlangan 
holda saqlaydi. Bu albatta bunday viruslarni topishda qiyinchiliklar tug‘diradi. 

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin