122
tarmoq hujumi, viruslar) holatlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan dasturiy-apparat
vositasi.
Shuningdek IDS tizimi xavfsizlik siyosati asosida ishlaydigan xavfsizlik
devorlaridan tashqari shubhali faoliyatni kuzatish va monitoring qilish mexanizmi
sifatida xizmat qiladi. FireWall ni chetlab o‘tgan va administratorga hisobot
tayyorlaydigan hujumchilarni aniqlashi mumkin, bu esa o‘z navbatida hujumni
oldini olish uchun qo‘shimcha choralarni ko‘radi;
• Intrusion Prevention System (IPS) — zararli faoliyatni aniqlash, oldini olish
yoki bloklash uchun real vaqt rejimida tarmoq yoki kompyuter tizimini kuzatuvchi
dasturiy-apparat vositasidir.
Kompyuter tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlashda hujumlar yuqori darajada
malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishini doim esda
tutish lozim. Bunda ularning harakat modellaridan doimo ustun turuvchi modellar
yaratish talab etiladi. Bundan tashqari, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida
personal eng ta’sirchan qismlardan biridir. Shuning uchun yovuz niyatli shaxsga
axborot tizimi personalidan foydalana olmaslik chora-tadbirlarini o‘tkazib turish
ham katta ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: