1
5-MAVZU: PEDAGOGIK TEXNIKA
(Ma’ruza mashg‘uloti ishlanmasi – 2 soat)
REJA:
1.
Pedagogik texnika haqida tushuncha.
2.
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.
3.
O„qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo„llari.
Adabiyotlar:
1. Azizxo„jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toskent, 2006.
2. Maxsudova M.A. Muloqot psixologiyasi. Toshkent: Turon-iqbol, 2006. -115
3. Omonov X.T., Madiyarova S.A. va boshq. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.
Magistratura uchun darslik. – T.: Iqtisod-Moliya, 2009.
4. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. – T.:
Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.
Blits-so‘rov savollari
1.
Pedagogik texnika
nima?
2.
O„qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog„liq komponentlarni
bilasiz?
3.
O„qituvchining shaxs va jamoaga ta‟sir ko„rsatish malakalari bilan bog„liq
komponentlarnichi
?
4. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
5. Mimika nima?
6. Pantomimika deganda nima tushuniladi?
Pedagogik texnika haqida tushuncha
Pedagogik texnika – o„qituvchining nafaqat ta‟lim–tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy
faoliyatida zarur bo„lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir.
Pedagogik texnikaning
muhim jihatlari – bu avvalo o„qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko„nikmalari hisoblanadi,
ya‟ni uning savodli va ifodali so„zlay olishi, o„z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda
ta‟sirchan bayon qilishi, his-tuyg„usini jilovlay olishi, o„zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va
pantomimik qobiliyatlarga ega bo„lishi,
aniq imo-ishora, ma‟noli qarash, rag„batlantiruvchi yoki
istehzoli tabassum, so„zning cheksiz qudrati orqali o„quvchilar ongiga va tafakkuriga ta‟sir o„tkazishi,
hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo„lishi kabilardir.
2
O„qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko„nikma va malakalardan iborat ekanligi,
pedagogik texnika vositasida o„qituvchi ta‟lim muassasalarida ta‟lim-tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy
talablar asosida qanday tashkil qilishi, o„quvchilarga tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatishida qanday ahamiyatga
ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o„ziga
jalb etib
kelmoqda.
Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo„lib o„rganiladi. Birinchi guruh
komponentlari o„qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog„liq bo„lib, ta‟lim–tarbiya
jarayonida o„z–o„zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo„ladi:
ta‟lim-tarbiya jarayonida o„z xatti-harakatlarini boshqarishi, (mimika, pantomimika);
ta‟lim-tarbiya jarayonida o„z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo„ya
ta‟sirlarga berilmaslik;
mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol) egaligi;
nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish, nutq tempi) bilishi va o„z o„rnida qo„llay
olishi.
Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o„qituvchining shaxs va jamoaga ta‟sir
ko„rsatish malakalari bilan bog„liq bo„lib, bu guruh ta‟lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini
qamrab oladi:
o„qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari;
ma‟lum bir reja asosida o„z oldiga qo„yilgan talablarning bajarilishini nazorat qilishi;
ta‟lim muassasasida va o„quvchilar jamoasida ta‟lim-tarbiya bilan bog„liq bo„lgan
ijodiy
faoliyatni tashkil eta olishi;
o„quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishi.
O„qituvchining tarbiyalanuvchi obektlar oldida o„z harakatlarini boshqarishida aktyorlik
san‟atiga xos bo„lgan xususiyatlari, ya‟ni mimik va pantomimik qobiliyatlari muhim rol o„ynaydi.
Aktyor bir obrazni ma‟lum
bir muddatda tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko„rinishda
3
sahnada namoyish etsa, o„qituvchi butun o„quv yili davomida, har bir darsda yangi mavzuni o„tilgan
mavzular bilan bog„lab, zamonaviy innovatsion usullar vositasida o„quvchilar
ongiga etkazish uchun
chuqur tayyorgarlik ko„radi, sinf jamoasidagi o„ziga xos pedagogik va psixologik muhitni, har bir
o„quvchining shaxsiy xususiyatlarini e‟tiborga olib pedagogik faoliyat ko„rsatishga majbur.
Bunday
ulkan mas‟uliyatni yuqori saviyada bajarish uchun o„qituvchidan yuksak pedagogik texnik
tayyorgarlikka ega bo„lish talab etiladi.
Hozirgi zamon o„qituvchisi pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning rolini beqiyos
deb biladi. CHunki u o„qituvchiga o„z gavdasini tuta bilishi (mimika, pantomimika), his-tuyg„ularini
(emotsiyasini)
boshqara olishi, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallashi va ularni o„quv
faoliyatida, o„qishdan tashqari ta‟lim va tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo„llash yo„llarini
tushuntiradi.
Demak, pedagogik texnika o„qituvchi kasbiy faoliyatida shunday
kasbiy va shaxsiy malakalar
yig„indisiki, u o„qituvchining pedagogik faoliyatiga ta‟sir ko„rsatishi, ta‟lim-tarbiya jarayonini tashkil
qilish va boshqarish ishlarida asosiy yo„l ko„rsatuvchi bo„lib xizmat qiladi.