Lev Nikolayevich Tolstoy



Yüklə 393,75 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.06.2023
ölçüsü393,75 Kb.
#132823
kkkkkk



Lev Nikolayevich Tolstoy (Лев Николаевич Толстой, 28 avgust (9 
sentyabr), 
1828

Yasnaya Polyana

Tula guberniyasi
 — 7 (20) 
noyabr, 
1910

Astapovo
 stansiyasi, 
Tambov Guberniyasi
) — keng ommaga 
mashhur 
rus
 
yozuvchisi

publitsist
 va diniy namoyonda, 
tolstovchilar
 harakatining 
ideologi. 
Tolstoy Lev Nikolayevich [1828. 28.8(9.9), Tula gubernyasi Yasnaya Polyana qishlogʻi 
— 1910.7(20). 11, Lipetsk viloyati, hozirgi Lev Tolstoy bekati; Yasnaya Polyanada dafn 
etilgan] — rus yozuvchisi. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. Peterburg 
Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1873), faxriy akademik (1900). 1844—47 yillarda 
Qozon universitetining arabturk va huquqshunoslik ftlarida oʻqigan. 1851—53 yillarda 
Kavkazda boʻlib, janglarda ishtirok etgan. 1854-yil Dunay armiyasiga yuborilgan; 
iltimosiga koʻra, qamaldagi Sevastopolga utkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. T. 
1855-yilda Peterburgga borib, N. A. Nekrasovnnng "Sovremennik" ("Zamondosh") 
jurnali va jurnal atrofidagi yozuvchilar (I. S. Turgenev, I. A. Goncharov, N. G. 
Chernoʻshevskiy va boshqalar) bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va arab xalq 
ertaklari, A.S.Pushkin sheʼrlari, shuningdek, Yusuf haqidagi Injil rivoyati taʼsirida sheʼrlar 
yozgan. Birinchi yirik asari — "Inson kamolotining toʻrt davri" avtobiografik asari 
("Bolalik", 1852; "Oʻsmirlik", 1852-54; "Yoshlik", 185557; "Yigitlik", yozilmay qolgan). 
Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi T.ning "Sevastopol hikoyalari" (1855) 
toʻplamiga kirgan hikoya va ocherklarida oʻz ifodasini topgan. 
50-yillar T. ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy voqealarning keng 
manzarasi, qayotning axloqiyfalsafiy asoslari tasviri bilan uygʻunlashtirishga harakat 
qiladi. T. ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy tamoyil "Kazaklar" qissasi (1863)da, 
ayniqsa, yaqqol koʻrinadi. Bu asarda oʻz inʼikosini topgan xalq hayoti mavzui va 
voqelikning epik tasviri T.ning 60-yillar ijodida yanada teranlashadi. 


Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam oʻrin olgan "Urush va tinchlik" (1863—
69) epopeyasi T. ning 60-yillarda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Ayrim 
sovet adabiyotshunoslari garchand bu asarni T.ning oʻz davri muammolaridan qochishi
deb baholagan boʻlsalarda, yozuvchi "Urush va tinchlik" romani bilan oʻz davrida roʻy 
bergan va oʻzi shaxsan guvoh boʻlgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng 
muhimi, u Napoleonning 1805—07 va 1812—14 yillardagi harbiy yurishlari mavzuiga 
murojaat etib, koʻplab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga 
qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uygʻunlashgan tarixiy roman 
janrini yaratdi. Holbuki, 19-asr oʻrtalarida epik asarlar davri utdi, degan fikrlar keng 
tarqalgan, 60-yillarda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa 
"Urush va tinchlik"dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin boʻla olmas 
edi. 1812-yilda Rossiyaning Napoleon qoʻshinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi 
bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaka va sinflarni dushmanga karshi kurash shiori 
ostida birlashtirdiki, T.ning rus xalqi ongidagi ana shu uygʻonishga murojaat etishi 
"Urush va tinchlik" romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini oʻtadi. 
T.ning 70-yillar ijodida "Anna Karenina" romani aloxdda mavqega ega. "Urush va 
tinchlik"dan bu romanni yozguniga qadar boʻlgan davrda T.ning rus jamiyatidagi ijtimoiy 
tenglik va adolat toʻgʻrisidagi orzu umidlari roʻyobga chiqmadi. 60-yillardagi islohot 
yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda T.ning jamiyat hayotida 
kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli oʻylari aks etdi. Romanda Kareninlar, 
Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil 
syujet chizigʻiga ega boʻlgan tarixi tasvir etilgan. T., aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy 
diniga katta eʼtiqod qoʻygan, hayotda roʻy berayotgan voqealarga va kishilarning 
xattiharakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan yondashgan. Uning diniy qarashlari 
jamiyat va shu jamiyatda yashovchi kishilarga, binobarin, u yoki bu qahramoniga 
boʻlgan munosabatiga, shakshubhasiz, taʼsir oʻtkazgan. T.ning oila masalasiga, 


chunonchi, Kareninlar oilasida sodir boʻlayotgan voqealarga yondashuvida ham diniy 
qarashlari seziladi. U jamiyat aʼzolarida qanday chirkin xislatlar mavjud boʻlmasin, 
kishilar diniy qonunqoidalar doirasida harakat qilishlari lozim, aks holda jamiyat halokat 
sari boradi, degan fikrdan kelib chiqib, qaxramonlar obrazini yaratadi. 
70-yillarda ruhiy iztirob iqdimida yashagan T. oʻz hayot yoʻlini qayta nazardan oʻtkazdi 
va shu jarayonda ijtimoiy kelib chiqishi, tarbiyasi va hayot yoʻli bilan bogʻliq jamiyat 
qatlamining maʼnaviy asoslari yolgʻonga asoslangan, degan xulosaga keldi. Uning 
bunday qarashlari "Iqrornoma" (1880) va "Eʼtiqodim nimada?" (1884) asarlarida oʻz 
ifodasini topdi. T.ning shu davrda yozgan asarlari orasida "Ivan Ilichning ulimi" (1886), 
"Kreyser sonatasi" (1889) qissalari, ayniqea, eʼtiborga loyiq. 
T. 80-yillarda dramaturgiya janrlarida ham ijod qilib, "Zulmat hokimiyati" (1886) dramasi 
va "Maʼrifat mevalari" (1890) komediyasini yozadi. Bu asarlarda qishloq axlidagi jaholat, 
shahar madaniyatining qishloqqa koʻrsatayotgan salbiy taʼsiri katta badiiy kuch bilan 
tasvirlangan. 
T. dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar uning soʻnggi yirik 
asarlaridan biri — "Tirilish" romani (1889—99)da oʻz aksini topdi. Xdyotda boʻlib oʻtgan 
oddiy voqea — bir sud jarayoni asosida yaratilgan bu asarda T. ijtimoiy adolatsizlikka 
asoslangan jamiyatning ichki, maʼnaviy asoslarini ochib tashlaydi. Mazkur asardagi 
kishilar taqdiri bilan voqealarning oʻzaro chambarchas bogʻlikligi masalasi "Hojimurod" 
(1896— 1904) qissasining ham asosini tashkil etgan. 
T. dindor yozuvchi sifatida kishilar ruhiyatidagi ziddiyatlarni tasvir etibgina qolmay, oʻzi 
ham jamiyat va kishilar hayotidagi bunday ziddiyat va mayllardan jarohatlanib 
yashagan. Yozuvchidagi murakkab ruhiy holat uning soʻnggi asarlari ("Tirik murda", 
1890; "Baldan soʻng", 1903 va boshqalar) da ham aks etgan. T. hayotining Yasnaya 
Polyanadagi soʻnggi kunlari ruhiy iztiroblar poʻrtanasida kechdi. U yaqin kishilari toʻqigan 


igʻvo va fasod toʻridan qochib, 1910-yil Yasnaya Polyanadan bosh olib chiqib ketadi va 
yoʻlda shamollab, vafot etadi. 
Oʻzbekistonda T. ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq boshlangan. Uning "Odamlar 
nima bilan tirik?", "Xudo haqiqatni kursa ham tezda ayta olmaydi" makrlalari 1887—
1902-yillarda "Turkiston viloyatining gazeti"da oʻzbek tilida nashr etilgan. T. haqidagi 
"Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi" degan maqola esa 1889-yil shu gaz.da 
tanikli maʼrifatparvar Sattorxon Abdugʻafforov tarjimasida bosilgan. T.ning bolalar uchun 
yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy ("Us todi avval", 1902), Aliasqar Kalinin 
("Muallimi soniy", 1903), Abdulla Avloniy ("Birinchi muallim", 1909; "Ikkinchi muallim", 
1912) singari jadid maʼrifatparvarlarining oʻquv qoʻllanmalari va darsliklarida eʼlon 
qilingan hamda usuli savtiya maktablarida oʻqitilgan. 
T. nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson sifatida ham oʻzbek 
jadidlarining eʼtiborini uziga jalb etgan. Birinchi oʻzbek advokati Ubaydulla Xoʻjayev 
1909-yilda T.ga uning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik haqidagi taʼlimoti 
yuzasidan xat yozib, oʻsha yilning 5 iyunida undan javob olgan. Islom dinining tanikli 
arboblaridan biri Abduvohid Qoriyev esa 1910-yil Yasnaya Polyanaga maxsus borib, T. 
bilan bir necha marta muloqotda boʻlgan. Ammo oʻzbek xalqining T. ijodi bilan yaqindan 
tanishishi 20-asrning 30-yillaridan boshlangan va uning barcha asosiy asarlari oʻzbek 
tiliga tarjima qilingan. 
Bibliografiya
[
tahrir
 | 
manbasini tahrirlash
]
 
Bolalik — qissa, 1852 
 
Oʻsmirlik — qissa, 1854 
 
Sevastopol hikoyalari — 1855 
o
"Sevastopol dekabr oyida" 


o
"Sevastopol mayda" 
o
"Sevastopol 1855-yilning avgustida" 
 
Izgʻirin
 — hikoya, 1856 
 
Ikki gusar
 — qissa, 1856 
 
Yoshlik
— qissa, 1857 
 
Albert
 — qissa, 1858 
 
Oilaviy baxt
 — roman, 1859 
 
Polikushka
 — qissa, 1863 
 
Kazaklar
 — qissa, 1863 
 
Urush va tinchlik
 — 4-tomlik roman, 1867—1869 
 
Kavkaz asiri
 — hikoya, 1872 
 
Anna Karenina
 — roman, 1878 
 
Xolstomer
 — qissa, 1886 
 
Ivan Ilyichning vafoti
 — qissa, 1886 
 
Iblis
 — qissa, 1889 
 
Kreyser sonatasi
 — qissa, 1890 
 
Ota Sergiy
 — qissa, 1890 
 
Xaji-Murat
 — qissa, 1896 
 
Tirilish
 — roman, 1899' 

Yüklə 393,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin