www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6
1258
YUQORI KUCHLANISHLI SHINALARNI КПР AVTOMATIKASI ASOSIDA
YUKSIZLANTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Bobur O‘tkir o‘g‘li Rashidov
Uchqun To‘lqin o‘g‘li Mingboyev
Navoiy davlat konchilik insituti magistrantlari
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola avtomatik boshqaruv tizimlarining
energetika sohasidagi
ahamiyatini baholash bilan birga, zamonaviy avtomatika vositasida energotizimlarning
barqaror ishlashi masalasi yechimlarini o`zida mujassam etgan.
Kalit so‘zlar: Avtomatika, energotizim, oldingi
rejimni nazorat qilish
avtomatikasi, shinalarni avtomatik yuksizlantirish avtomatikasi, generator
IMPROVEMENT OF DISSEMINATION OF HIGH POWER TIRES ON THE
BASIS OF KPR AUTOMATION
Bobur Utkir ugli Rashidov
Uchqun Tulqin ugli Mingboev
Masters of Navoi State Mining Institute
ABSTRACT
This article, together with an assessment of the importance of automatic control
systems
in the energy sector, covers solutions to the issue of sustainable energy
performance in modern automatics.
Keywords: automatics, power systems, automatic
control of the previous mode,
automatic tire unloading, generator
KIRISH
Hozirgi
kunda
energotizimlarni
avtomatikasiz
tasavvur
qilib
bo‘lmaydi.Energotizimni avtomatlashtirish orqali elektr iste’molchilarni
sifatli va
ishonchli energiya bilan ta’minlash, xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish va
iqtisodiy samaraga erishish mumkin.Avtomatik boshqarish orqali
yirik quvvatli elektr
o`rnatmalarni oson va xavfsiz boshqarish imkoniyati yaratildi.Shu jumladan
generatorlar himoyasida ham avtomatika vositalarining o`rni beqiyosdir.
Elektr
stansiyalardagi generatorlarning o‘ta yuklama bilan ishlashi ularda turli xildagi
shikastlanishlarni keltirib chiqaradi.Bizga ma’lumki generatorlar
tan narxi jihatidan
ancha qimmat qurilma hisoblanadi.Shuning uchun ularni bu shikastlanishlardan
asrashimiz zarur.