1259 ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Generator ishlash vaqtida stator va rotor chulg`amlari va aktiv po`lati
qiziydi.Stator va rotor chulg`amlarining yo`l qo`yiladigan qizish temperaturasi birinchi
navbatda foydalaniladigan izolyatsiya materiallari va sovutuvchi muhit temperaturasiga
bog`liq.Izolyatsiyaning qizish temperaturasi qancha yuqori u shuncha tez
eskiradi.Masalan B sinfdagi izolyatsiya materiallari (asvalt,biton asosidagi lak) uchun
stator chulg`amlarining yo`l qo`yiladigan temperaturasi 105ºC rotor uchun 130ºC
chegarada bo`lishi kerak. B sinfdagi izolyatsiyaning xizmat qilish muddati qizish
temperaturasi 120ºC gacha bo`lganda 15 yilga yaqin, 140ºC gacha qiziganda esa 2
yilgacha qisqaradi.Qizish temperaturasi 105ºC gacha bo`lganda izolyatsiya sekin
eskiradi va xizmat qilish muddati 30 yilgacha boradi. Generatorning o‘ta yuklama bilan
ishlashi esa uning statori va rotori chulg`amlarining qizishiga sabab bo`ladi.Yuqoridagi
ma’lumotlardan shunday xulosa kelib chiqadiki izolyatsiyaning me’yoriy qiymatdan
biroz qizishi ham uning ishlash muddatiga katta tas’ir ko`rsatadi.Shinalarni avtomatik
yuksizlantirish
1-rasm.Generatorlarning parallel ishlash sxemmasi
(АРШ) avtomatikasi generatorni tarmoqqa ulayotgan vaqtda ishchi xodim tomonidan
qo`lda kiritiladi ya’ni qaysi tarmoq o`chirilishi oldindan belgilab qo`yiladi.Buni misol
yordamida ko`rib chiqamiz.Faraz qilaylik iste’molchilar 1-rasmdagi kabi elektr energiya
bilan ta’minlangan.Iste’molchilarning har biri 150 Mvt quvvat iste’mol qilyapti
deylik.Generatorlarning har biri 160 Mvt dan quvvat ishlab chiqaryapti. Generator-2 da
qisqa tutashuv sodir bo`lsa Q3 o`chirgich generatorni tarmoqdan uzadi. Q5 o`chirgich
ulanib tarmoqdan uzilib qolgan iste’molchilarni yana qayta tarmoqqa ulaydi.Endi
barcha isre’molchilar Generator-1 dan taminlanadi ya’ni 300 Mvt li iste’molchini
ta’minlashi kerak bo`ladi.Generator 1 ning o`rnatilgan quvvat 160 Mvt bo`lgani uchun u
iste’molchilarni hammasini ta’minlay olmaydi.Mana shu jarayon generatorning o`ta
yuklanishi deyiladi.Generator o`ta yuklanganda uning rotorining aylanish tezligi
sekinlasha boshlaydi. Bu jarayonda Generator-1 tormozlanish jarayoniga tushib
qoladi.Buni quyidagi ifodadan ham bilishimiz mumkin: