SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ ISSUE 5
ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 154
SANOAT KORXONALARI INNOVATSION FAOLIYATIGA TA’SIR
QILUVCHI OMILLAR VA ULARNING MINTAQA IQTISODIYOTIGA
TA’SIRI
Ulug’bek Shokirovich Shukurov
O‘zR Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Qashqadaryo viloyat hududiy
bo‘linmasi yetakchi mutaxassisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada sanoat korxonalari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarning
mintaqaviy xususiyatlari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: sanoat, korxona, innovatsiya, qo‘shimcha qiymat, diversifikatsiya,
omil, moliyaviy-iqtisodiy resurslar.
FACTORS AFFECTING INNOVATIVE ACTIVITIES OF INDUSTRIAL
ENTERPRISES AND THEIR IMPACT ON THE REGIONAL ECONOMY
ABSTRACT
This article analyzes the regional features of the factors influencing the innovative
activity of industrial enterprises.
Keywords: industry, enterprise,
innovation, added value,
diversification, factor,
financial and economic resources.
Har qanday milliy iqtisodiyotning rivojlanishi uning hududlarini muvozanatli va
barqaror rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Mintaqalar va ularning hududlarini barqaror
rivojlanishida esa sanoat tarmoqlarining ahamiyati yuqoridir. Chunki sanoat tarmoqlari
iqtisodiy o‘sish sur’atini ta’minlash
bilan bir qatorda, ishlab chiqarishni
diversifikatsiyalash va mahalliylashtirilishini rag‘batlantirish
orqali iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini o‘sishiga zamin yaratadi. Sanoat sohasida qazib olingan,
ishlab
chiqarishda yaratilgan barcha xomashyolarni qayta ishlash, ulardan turli xil mahsulotlar
ishlab chiqarish hisobiga diversifikatsiyalashuv jarayonlari takomillashadi. Dunyo
tajribasida rivojlangan va yuqori o‘sish sur’atlariga ega bo‘lgan mamlakatlar amaliyoti
ko‘rsatishicha, ular muvaffaqiyatlari
asosan sanoat tarmoqlarida, xususan qayta
ishlovchi sanoat korxonalaridagi tuzilmaviy o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelgan.
Sanoatning boshqa tarmoqlardan farqli jihati - yuqori darajadagi qo‘shimcha
qiymat yaratishidadir. Qo‘shimcha qiymat – bu aniq turdagi mahsulotni yaratish, qayta
ishlash, marketing faoliyatini olib borish va pirovard iste’molga
chiqarilgunga qadar
ishlab chiqarish jarayonining ketma-ketligidir.