demakki, azizam Lore, bu olifta Sharqiy Germaniyadan bo’lishi mumkin emas.
Yuqorida keltirilgan misolda nemis tili og’zaki nutqida ishlatiladigan so’z,
shunchaki til vakilining so’zlashuv
uslubi emas, balki xalqning tarixiga ham
bog’liq tushunchadir. Ikkinchi Jahon urushidan so’ng Germaniya ikkiga,
Sharqiy
va G’arbiy Germaniyaga bo’lib yuborilgan. Misolda keltirilgan
Ossi so’zi aynan
Sharqiy Germaniya hududi ma’nosiga ega. Demak,
ushbu lingvokulturema
millatning tarixi bilan ham bog’liq. Tarjimon o’z mahoratini namoyish etgan holda
o’zbek kitobxoniga tushunarli bo’lishi uchun
Ossi so’zining ma’nosini to’liq ochib
bergan. Bizningcha, bu so’z zamirida yana bir pragmatik va lingvokulturologik
jihat bor, ya’ni u G’arbiy Germaniyaliklarning Sharqiy Germaniyaliklarga nisbatan
masxaraomuz,
pastga urish, mensimaslik kabi qo’shimcha ma’nolarni ham
ifodalaydi, dissertant so’zdagi mana shu nozik ma’noga ham e’tibor qaratganda
uning yana bir muhim qirrasi ochilgan bo’lar edi.
2. Ishning ikkinchi bobi uchinchi faslida tarjimada ijodkorlik omili xususida
to’xtalib o’tilgan, biroq ularga kengroq ko’lamda murojaat qilinganda va tahlillar
keltirilganda mazkur bo’limda berilgan fikrlar dalolati
yanada kuchaytirilgan
bo’lar edi.
3. Dissertatsiyada asliyat va uning tarjima matnlari jadval shaklida muqoyasa
qilingan, biroq ularning manbasi va sahifasi ayrim o’rinlarda ko’rsatilgan bo’lsa,
boshqa o’rinlarda ko‘rsatilmagan.
4. Ishda ba’zi texnik kamchiliklar kuzatiladi. Masalan havolalarni
rasmiylashtirishda, jadvallarni tartiblashda kamchiliklar uchraydi (67, 82, 88
sahifalar).
Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar dissertatsiyaning umumiy mazmuni va
mundarijasiga putur yetkazmaydi, qolaversa ularning aksariyati tavsiya xarakteriga
ega bo‘lib, dissertant keyingi ishlarida e’tiborga olishi kerak.
Ushbu tadqiqot ishi
tushunarli, ravon tilda yozilgan bo‘lib, dissertatsiyaning asosiy mazmuni uning
avtoreferatida va e’lon qilingan ishlarda o‘z aksini topgan.
Xulosa qilib aytganda, “Nemis tilidan o’zbek
tiliga lingvokulturemalar
tarjimasining sotsiolingvistik aspektlari” mavzusidagi ushbu dissertatsiya
tugallangan ilmiy ish bo‘lib, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma
tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligiga mos. Dissertatsiya O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi nizomida falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyalari uchun belgilangan talablarga to‘la javob beradi. Shunday ekan, ish
muallifi Irgasheva Feruza Baxtiyorovnaga ushbu tadqiqot asosida filologiya fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish mumkin.
Qarshi davlat universiteti Nemis tili
va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya
fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
A.B.Axmedov