33
1) hozirgi vaqtda undiruvchi sanoat bilan ishlab beruvchi sanoat o‘rtasidagi
nisbat o‘zgarmoqda. Ancha ko‘p mehnat va katta harajat
talab qiluvchi undiruvchi
sanoatning eng muhim tarmog‘i tog‘-kon sanoatining salmog‘i tobora qisqarib
bormoqda, ishlab beruvchi sanoatniki esa o‘smoqda.
2) ishlab beruvchi sanoatning o‘zida ham muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda.
a) avtomobilsozlik, samolyotsozlik, elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo
va rangli metallurgiyaning ayrim tarmoqlari tez sur’atlar bilan o‘smoqda;
b) “eng yangi tarmoqlar” deb ataluvchi radioelektronika,
organik sintez
sanoati, atom energetikaci, raketa texnikasi, yuqoridagi
tarmoqlardan ham jadalroq
sur’atlar bilan rivojlanmoqda;
c) “eski tarmoqlar” deb ataluvchi ko‘mir, to‘kimachilik, qora metallurgiya,
kemasozlik, lokomativcozlik tarmoqlari zamonga moslashtirilib,
texnik jihatdan
qaytadan tamirlanmoqda;
d) yoqilg‘i-energetika balancida o‘zgarishlar bo‘lmoqda, yangi materiallar,
tabiiy xomashyo o‘rnini bosuvchi cuniy materiallar amaliyotga jadal sur’atlar bilan
joriy etilmoqda;
Sanoatda yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar
bilan bir qatorda hududiy
o‘zgarishlar ham yuz bermoqda:
a) yangi texnologiyani joriy etish, quvur, elektr uzatish va transportning boshqa
turlarini rivojlantirish ko‘pgina tarmoqlarni joylashtirishga tasir ko‘rsatmoqda;
b) hududiy o‘zgarishlarning asosiy yunalishlaridan biri xom-ashyo macalacini
hal qilishdir. Buning asosiy sabablari mineral hom-ashyoning dunyo bo‘yicha notekic
taqsimlanganligi bilan bog‘langan.
Qishloq xo‘jaligi jahon aholisiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib
berish bilan birgalikda engil sanoat uchun malum miqdorda xom ashyo ham yetkazib
beradi. Shuning bilan birga qishloq xo‘jaligi turli xil qishloq xo‘jalik mashinalari va
mineral o‘g‘itlarni ictemol qiluvchi soha hamdir. Biroq qishloq xo‘jalik
ishlab
chiqarishining o‘sishiga nomutanosib ravishda jahon aholisining malum qismi, hatto
o‘nlab, ayrim hollarda yuz millionlab aholi to‘yib ovqat yemaydi.
34
Bularga rivojlanayotgan mamlakatlar va iqtisodiy jihatdan kam taminlangan
mamlakatlarning aholisi kiradi. Shunga bog‘liq holda oziq-ovqat bilan taminlanishi
o‘sish darajasini aholi o‘sish darajasiga nisbatan (2 foiz) emas, balki 3,5—4
foizga
etkazish zarur.
Dostları ilə paylaş: