133
irqchilik qonunlari bekor qilindi. 1994- yili erkin umumiy saylovlar bo‘lib, hokimiyat
tepasiga mahalliy aholi vakili keladi.
Janubiy Afrika respublikasi qit’adagi eng rivojlangan mamlakat bo‘lib,
industrial agrar davlatlar guruhiga kiradi. Lekin bu davlatda yuksak rivojlangan
sanoat yuqori texnologiya va infratuzilma bilan birga qoloq, xom ashyo eksportiga
mos ishlab chiqarish shakllari ham saqlangan.
Janubiy Afrika respublikasini ikkiyoqlama iqtisodli mamlakat deb atash
mumkin, chunki unda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarining ham, rivojlanayotgan
mamlakatlarning ham xususiyati birday uyg‘unlashgan. Afrikaning Sahroi Kabirdan
Janubda joylashgan mamlakatlari orasida Janubiy Afrika respublikasi alohida o‘rin
tutadi. Birinchidan, u geografik o‘rniga ko‘ra Tropik Afrikaga kirmaydi. Ikkinchidan,
u rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga ham kirmaydi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek u Afrika materigidagi
iqtisodiy jihatdan
rivojlangan birdan - bir mamlakatdir. U iqtisodiy rivojlanishning barcha
ko‘rsatgichlari bo‘yicha Afrika mintaqasida birinchi o‘rinda turadi.
JAR da Afrikaning eng yirik sanoat rayoni - Vitvatersrand shakllanib, uni
ko‘pincha, «Afrika ruri» deb ataydilar. Uning poytaxti - Yoxannesburg, katta
zamonaviy shahar mamlakatning iqtisodiy poytaxti hisoblanadi.
Mamlakatning asosiy boyligi tog‘ - kon sanoatida yaratiladi: oltin, platina,
olmos, xrom, vannadiy zahiralari va ularni qazib olish bo‘yicha jahonda yetakchi
o‘rinlarni egallagan, oltin qazib olish bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi.
Aholining 35% sanoatda, 32% xizmat ko‘rsatish
sohalarida, qolganlari esa qishloq
xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatadi.
Yalpi ichki mahsulot miqdori yiliga 171 mlrd. AQSH dollarga teng bo‘lib,
40%i industriya sohasiga, 8,2%i transport va aloqa sohasiga, qolgan qismi xizmat
ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi. Mamlakat rivojiga
xos muhim xususiyat, bu xorij sarmoyalarining iqtisodiyotda yetakchi o‘rinda
ekanligidir. Eng yirik sarmoyalarni Buyuk Britaniya,
Germaniya, Fransiya
kompaniyalari joylashtirgan.
134
YaMM - 194 mlrd. AQSH dollar, jon boshiga 4420 AQSH dollarni tashkil
etadi. Temir yo‘llar uzunligi 20,6 ming km., avtomobil yo‘llar uzunligi 188,4 ming
km. ni tashkil etadi. Asosiy portlar Durban, Keyptaun, Port - Elizabet. Tashqi savdo
aylanmasi ijobiy saldoga ega. Asosiy savdo sheriklari Buyuk-Britaniya, Germaniya,
Italiya, AQSh, Yaponiya, ya’ni industrial rivojlangan mamlakatlar.
Mamlakat daromadida xalqaro turizm katta o‘rinni egallaydi, turizm sohasida
yilga 2,7 mlrd. AQSH dollar boylik budjetga tushadi.
Yalpi ichki mahsulotning 1,6%i turizm sohasida yaratiladi.
YAlpi milliy
mahsulotning 1,39% ni xalqaro turizm tushimlari tashkil etadi.
Janubiy Afrika respublikasining madaniy merosi juda katta. Bu meros xalq
ijodi, ya’ni falklorni, juda qadimgi devor yozuvlarini yozish an’analarini saqlab
qolgan amaliy dekkorativ san’atni o‘z ichiga oladi, o‘zining musiqa madaniyatiga,
aShula va raqs uslublariga, musiqa asboblariga ega va ularni saqlab kelmoqda. Qadim
zamonlardan beri turli xil teatrlashtirilgan tomoshalar va turli xil sayillar o‘tkazilib
kelinadi.
Janubiy Afrika respublikasi Afrika mintaqasining eng yaxshi turizm
markazlaridan biri bo‘lib, hisoblanadi. Mamlakat yuqori sifatli yaxshi jihozlangan
mehmonxona industriyasiga hamda transport vositalariga ega.
Afrika mintaqasida
oxirgi yillarda Janubiy Afrika respublikasi eng zamonaviy xalqaro turizm
industriyasiga ega bo‘lgan yagona mamlkat sifatida tanilgan.
Xorijiy tashriflar soni va xalqaro turizm tuShumlari miqdori bo‘yicha Afrika
mintaqasida birinchi o‘rinda turadi. 2012- yilgi jahon turizm tashkilotining statistik
ma’lumotlari bo‘yicha Afrika mintaqasiga qilingan tashriflarning 22,5%i, Afrika
mintaqasi bo‘yicha xalqaro turizm tuShumlarining 23,1%i janubiy Afrika
respublikasiga to‘g‘ri keladi. Statistik ma’lumotlarning ko‘rsatishicha Afrika
mintaqasi mamlakatlari ichida Janubiy Afrika respublikasi turizm sohasida
rivojlanish darajasi yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Janubiy Afrika respublikasi xalqaro turizm harakatlarining
iqtisodiy tahlil
natijalarini ko‘rsatishicha, jahon turistik tashriflarning 0,9%i, Afrika mintaqasi
135
mamlakatlariga qilingan tashriflarning 22,5% Janubiy Afrika respublikasiga to‘g‘ri
kelgan. 2001- yilga nisbatan 2012- yilda xorijiy turistlar tashrifi 10,9%ga ko‘paygan.
Xalqaro turizm tushimlari bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 0,6%i,
Afrika mintaqasi tuShumlari bo‘yicha 23,1% ni tashkil qilgan. 2011- yilga nisbatan
2012- yilda daromadlar miqdori 8,7% ga o‘sganligi kuzatilgan.
Har bir xorijiy tashrif Janubiy Afrika respublikasida 415 AQSH dollarni tashkil
etgan. Bu ko‘rsatgich jahon bo‘yicha 62,6% ga past bo‘lgan, Afrika mintaqasi
bo‘yicha 2,5% ga yuqori bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: