Annotation:This article talks about the fact that the musical culture of the Uzbek
people was known in the distant past and about the secrets of the artists who lived and
created in those times. In particular, archeological excavations, rock and mural images,
historical and scientific documents, literary sources, and miniature works provide evidence
that musical instruments existed in the distant past and were a means of communication
between different peoples.
Keywords:Miniature, ud, tar, lutnya, harp, flute, flute, solo melody, ensemble, dance,
vocal instrument, trumpet, sutny, drum, chindovul, dutor, rubob, kabuz, g 'ijjak, shemne,
ruxavza, kungura, law, sibizga, flute,
KIRISH
O‘zbek xalqining musiqa madaniyati ko‘p asrlik tarixga ega. Bu haqda asrlar davomida
sozanda va xonandalar tomonidan yaratilgan xalq og‘zaki ijodiyotidagi professional musiqa
darak beradi. O‘zbek xalqi ajdodlarining musiqa namunalari O‘rta Osiyo hududida yashagan
qardosh xalqlar, birinchi navbatda, tojik xalqi1 ijodi bilan mustahkam bog‘liq. O‘rta Osiyo
Международный научный журнал № 10(100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» мая, 2023
264
xalqlari hayotida tarixiy rivojlanish taxminan bizning eramizgacha bo‘lgan birinchi ming
yillikdan boslilanadi. O‘rta Osiyo xalqlari va ularning olib boradigan faoliyati va hayoti
to‘g‘risida sharq mamlakatlari yodgorligi «Avesto» kitobida batafeil yoritib berilgan.
Avestoda xalq poetik va musiqa san’atining mushtarakligi va shu asosda yaratilgan,
musiqiy poetik asarlar, shuningdek, O‘rta Osiyo xalqlarining turmushi, ular olib borayotgan
siyosat, ularning urf-odatlari, o‘tkaziladigan to‘y-tomoshalar va boshqalar arxeologik
namunalarda o‘z aksini topgan. Dehqonlar o‘troqlashib, oila, jamoa tashkil etilishi va sinfiy
jamiyatga o‘tilishi, asta-sekinlik bilan davlatlar birlashuvi natijalari, epic qo‘shiqlar paydo
bo‘lishi, devoriy naqshlar bundan dalolat beradi.
O‘rta Osiyo xalqlarining ozodlik uchun mardonavor kurashlari, bu yo‘lda o‘z jonini
urbon qilgan eho‘pon Shiroqning jasorati tarixda o‘z aksini topgan. Shuningdek, sharq
xalqlarining bebaho asari Firdavsiyning «Shohnoma»si, jumladan, qahramonlar Rustam,
Suxrob, Siyovushlarning jasorati, go‘zallik ramzi bo‘lmish malika Taxminaning muhabbati va
boshqa qahramonlar to‘g‘risida afsonalar yaratildi.
Tarixiy manba hisoblanmish «Avesto»da xalqning qo‘shiq aytishi va turli
marosimlarda jamoa bo‘lib qo‘shiq ijro etishi, xalqning olovga sig‘inib, olov atrofida qo‘shiq
aytib, raqsga tushishi ko‘rsatilgan. Shunindek, XII-XV asr mutafakkirlarining aytishlaricha,
xalqning asosiy bayrami bo‘lmish «Navro‘z»da o‘tkaziladigan turli urf-odatlar,
qo‘shiqlarning ijro etilishi, raqsga tushishi, xalqning musiqaga bo‘lgan munosabati yaqqol
ko‘rsatilgan3. Oddiy xalqning musiqaga bo‘lgan munosabati, keyinchalik musiqaning
rivojlanishi, ilmiy, nazariy tadqiqot o‘zo‘rnini asrlar davomida quyidagi asarlarda topdi:
«Musiqa haqida risola» – Muhammad Nishopuriy,
«Risolatush-Sharafiya» – Safiuddin Urtnaviy,
«Durat-ut toj-li g‘urrat yat-Diboj» – Qutbiddin Sheroziy,
«Nafois-ul-funun», «Li-arois-ulyunon» – Mahmud Omuliy,
«Maholid-ul-ulum» – Mirsaid Alin Jurjoniy,
«Maqosid-ul-alxon» – Abdulqodir Marog‘iy,
«Musiqa haqida risola» A. Jomiy,
«Kitob-ul musiqa ul-kabir» al-Forobiy,
«Donishnoma» Ibn Sino,
«Musiqa haqida risola» Kamoliddin Binoiy,
«Musiqaning ilmiy va amaliy qonuni», Mahmud Husayniy,
«Musiqa haqida risolalar» Najmiddin Kavkabiy, Darvesh Ali Changiy va boshqalar
shular jumlasidandir.
Qadimgi O‘rta Osiyodagi kc’pgina xususiyatlarning mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu
ma’lumotlar devoriy naqshlarda, turli haykallarda o‘z aksini topgan. Sharq xalqlari orasida
eramizning IV asridan boshlab siyosiy o‘zgarishlar yuz berdi. Quldorlik asta-sekin feodal
tuzum bilan almashdi. Sharq mamlakatlari ikki guruhga bo‘linib, turk va Sharqiy Eron
xalqlariga qo‘shilib yashash jarayoni boshlandi.
Международный научный журнал № 10(100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» мая, 2023
265
Qadimgi Panjakent shahridan topilgan yorqin naqshlarda aks ettirilgan turii ziyofat va
marosimlar, kumush laganda ov manzarasi, raqqosaning haykali shundan dalolat beradiki,
qadimgi O‘rta Osiyo xalqlari orasida musiqa madaniyati yuqori baholangan4. Musiqa
merosida mahalliy turklarning ijro etgan ko‘nikmalari to‘g‘risida «Kitobi Qo‘rqut’da5
ko‘rsatilgan. Ushbu kitob turli xalqlarining yaratilgan qahramonlik eposlarining
rivojlanishiga turtki bo‘lgan.
VIII-IX asrlarda O‘rta Osiyo xalqlari orasida islom dini qabul qilinishi munosabati bilan
mahalliy xalqlar shu diniy e’tiqod bilan yashay boshladi. Ayniqsa, shu davrda xalq orasida
aholining mehnatkash tabaqalari manfaatlarini ifodalovchi Muqanna rahbarligida «Oq
kiyimlilar» harakati tarixda asosiy o‘rin egalladi. Shu davrdan boshlab O‘rta Osiyoda arab
hukmronligi davri boshlandi. Mahalliy aholining va arab xalqining musiqa san’ati birlashib,
ko‘proq mahalliy musiqachilar arab musiqasini o‘rganib, shu zayl yangi asarlar yaratildi.
A.Mahoniyning «Qo‘shiqlar Kitobi» asariga murojaat qilganda quyidagi ma’lumotlaiga ega
bo‘lamiz: ya’ni birinchi arab qo‘shiqchisi Musadjik O‘rta Osiyoda bo‘lib, turli kuylarni tanlab
oladi va ular asosida qo‘shiqlar ijrosi trzimini yaratdi.
O‘rta Osiyolik qo‘shiqchilardan o‘rgangan mashhur hofiz ibn Muhriz arab baytlarini
maromiga yetkazib kuylagan6. O‘rta Osiyo xalqlarining rivojlanishi Somoniylar sullasi (IX
asr) bilan bog‘liq. Somoniylar sulolasining hukmdori Ismoil Somoniy o‘z davrida madaniyat
va san’at sohasiga katta e’tibor berib, Buxoro shahrini madaniyat, san’at va iqtisod markazi
deb tayinlagan. Shoirlar va musiqachilar, barcha madaniyat va san’at ahli ijodi uchun
sharoit yaratib bergan. Bu davrda mashhur matematik va astronom Ahmad Farg‘oniy, olim,
algebra fanining asoschisi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, sharqning taniqli faylasufi,
yirik olim, musiqashunos, asarlari keyinchalik musiqa sohasida barcha asarlar uchun asos
bo‘lgan al-Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, olim va tibbiyot fanining asoschisi Ibn Sino, sharq
klassik adabiyotining asoschisi A.Rudakiy, mashhur shoir A.Firdavsiy ijod qilib, o‘sha
davrdagi musiqa madaniyati, adabiyot va san’atning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar.
IX asrda Buxoro shahriga turli sharq mamlakatlaridan yirik shoir, xonandalar,
sozandalar, raqqoslar kelib, shoh saroyida yashab ijod qilgan. Saroy shoirlar va
musiqachilarning ijodida yangi asarlar yaratish g‘oyasi paydo bo‘ladi. Ayniqsa saroy
xodimlari, hukmron shaxslarni maqtaydigan va shataflaydigan mavzulardan iborat
qasidalar alohida e’tiborga ega bo‘ldi.
Qasidaning muqaddima qismiga (nasib) cholg‘u asbobi jo‘r bo‘lar edi. Keyinchalik
nasibdan musiqali poetik janr - g‘azal yaratildi. Qasida bilan bir qatorda hajviy qo‘shiqlar
(amaldor shaxslarning salbiy xislatlari: xasislik, pastkashlik, ikki yuzlamachilik tomonlarini
she’rda ta’rif etish) vujudga keldi. Ushbu qo‘shiqlar ko‘proq omma orasida keng tarqaldi.
Hajviy qo‘shiqlar X asrning mashhur shoiri Abu Abdullo Rudakiy ijodida o‘rin olgan. Shoir
asarlarida ko‘proq insoniylik xususiyatlari tarannum etilib, insoniyat erkinlikka, go‘zallikka
da’vat etilgan.
Международный научный журнал № 10(100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» мая, 2023
266
Saroy hayoti, to‘y-u tomoshalar hamda xalqning qahramonlik harakati sharqning
buyuk shoiri Abulqosim Firdavsiyning shoh asari bo‘lmish «Shohnoma» da ko‘rsatilgan.
Firdavsiy bu asarni
30 yil davomida yaratgan bo‘lib, unda xalqning hayoti va turmushini xalq orasidan
yetishib chiqqan qahramonlar - Rustam, Suxrob, Siyovush, Eraj orqali, go‘zallik, muhabbat
timsoli esa ayollar obrazi - Taxmina, Sudobalar orqali aks ettirgan. Firdavsiy «Shohnoma»
asarida o‘sha davr musiqasi va musiqa asboblari to‘g‘risida ma’lumot bergan. Torli va
puflab chalinuvchi (nay, arfa, ud) musiqa asboblari to‘g‘risida yozgan.
Al-Forobiyning ham musiqa sohasida qilingan ishlari bebahodir. Ayniqsa, «Kitob-ul-
musiqa-ul kabir» asarida tovushning paydo bo‘iishidan tortib, usul, interval, uch
tovushliklar (musiqa savodining turli qonun va qoidalari) to‘g‘risida tovushlarining
xarakteriga ko‘ra musiqa asboblari va ular to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Janglarga mo‘ljallangan cholg‘u asboblari ham mavjud bo‘lib, ularning ovozi baland va
keskin, ziyofat va raqslar uchun, to‘y va quvnoq yig‘ilishlar uchun, muhabbat qo‘shiqlari
uchun maxsus turlari bor, ayrimlarining tovushi keskin va xazin bo‘ladi: bir so‘z bilan
aytganda, ularning turi juda ko‘p.
Musiqa asboblari to‘g‘risida sharq musiqashunosi, yirik olim, XVII asrning mutafakkiri
Darvesh Ali Changiy o‘zining asarida keng ma’lumot berib, ud musiqa asbobini barcha
musiqa asboblarining podshohi deb ta’riflagan.
X asr oxirida turkiy qabilalar va mahalliy davlatlar o‘rtasida shiddatli kurash natijasida
mamlakatda keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. Somoniylar hukmronligiga barham berilib, taxt
Sulton Mahmud G‘aznaviy qo‘liga o‘tdi. XI asrning mashhur asari «Qobusnoma» ijod qilinib,
bebaho yodgorlikka aylandi. Fors tili bilan bir qatorda turkiy til barqaror bo‘lib, ko‘p asrlar
davomida shu tillarda asarlar yaratilgan.
XI asrda turkiy tilda so‘ziashadigan xalqlarning mahalliy aholi bilan aralashib yashash
jarayoni boshlandi. XIII
asr musiqa madaniyatida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
To‘xtovsiz urashlar, mahalliy xalqning o‘zaro nizolari, ularaing madaniyati, taraqqiyotiga
halal yetkazgan bo‘lsa-da, musiqa madaniyatiga ko‘p hissasini qo‘shgan Safiuddin
Abulmo‘min Urmaviy va uning shoh asarlari «Risolat ush-Sharafiya», «Kitobul-advor» shu
davrda yaratildi (bu asarlar to‘g‘risida Unnaviy hayoti va ijodi qismida batafsil ma’lumot
beriladi).
XIV asrning ikkinchi yarmida madaniyat va san’atda yangi yuksalish boshlandi.
emuriylar hukmronligida O‘rta Osiyo juda katta tashqi mavqega ega bo‘ldi. Me’tiorchilik
san’ati rivojlandi, shaharlar paydo bo‘ldi, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ayniqsa, O‘sh
shahri, «Kesh» (Shahrisabz) da ulkan qurilishlar paydo bo‘ldi. Xuroson, Eron va Arab
mamlakatlaridan turli sozanda, xonanda, shoir va ijodkorlar ahlini Amir Temur o‘z saroyiga
keltirib, madaniyat va san’at markaziga aylantirdi. Bu ma’lumotlar tarixiy manbalarda zikr
etilgan bo‘lib, bu to‘g‘risida hofizi Abro‘ quyidagicha yozadi: «Xushovoz hofizlar va
sozandalar esa Fors namunalari, arab ohanglari, turkiy an’analar, mo‘g‘ul ovozlari,
xitoyliklar qonunlari, oltoyhklar o‘lchovlari asosida ko‘p qo‘shiq aytar edilar». “Zafarnoma”
Международный научный журнал № 10(100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» мая, 2023
267
muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy o‘z asarida hunarmandlarning san’ati xilma-xilligi, ashula
(musiqa), so‘z va raqsning mushtarakligini ko‘rsatib o‘tadi. Keyinchalik XV
asrga kehi madaniyat va san’at markazi Hirot shahriga ko‘chdi. Ayniqsa,
temuriylardan Mirzo Ulug‘bek saroyida musiqa madaniyati juda rivojlandi.
XVII-XV asrlarda feodal tuzum tarqoqligi kuchaydi. Alohida xonliklar (Buxoro, Xiva,
Qo‘qon) paydo bo‘lib, o‘zbek musiqa madaniyatiga katta ta’sir o‘tkazadi. O‘zbek xonlari
saroyida musiqiy hayot rivojlanadi. Temuriylar davrida bo‘lgan an’analar xonlar davrida
ham davom etib keladi, ayniqsa, tojik va o‘zbek xalqining aralash musiqali poetik yo‘nalishi
an’ana tarzida yanada rivojlandi.
XVI asr musiqa ilmi Najmiddin Kavkabiy Buxoriy nomi bilan bog‘liq. Uning musiqa
haqida risolasi keyinchalik barcha san’at ahli uchun musiqiy qo‘llanmaga aylangan edi. XVI
asrda Darvesh Ali Changiy nomi san’atsevar xalq orasida mashhur bo‘lgan. Boshqa
muailiflardan farqli o‘laroq Darvesh Ali Changiy o‘z risolasida musiqa san’atiga oid fikrlarida
faqatgina musiqa nazariyasiga to‘xtalib o‘tmay, balki o‘z davrida yashab ijod qilgan bir
qator musiqachilar hayoti va ijodi to‘g‘risida ham ma’lumot beradi. Darvesh Ali Changiy
risolasida “bayoz”lar to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |