Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/51
tarix22.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#134020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR: 
1. Tibbiyot geografiyasi nimani o’rganadi? 
2. Aholining barcha ehtiyojlariga xizmat ko’rsatuvchi xizmat doirasi tarmoqlarining 
rivojlanish darajasi va xududiy joylashishni geografik taqsimlash usulini qanday 
geografiya o’rganadi? 
3. Geografiya fanining yangi vujudga kelayotgan yo’nalishlari qaysilar? 
4. Tarixiy geografiya nimani o’rganadi?
5. Aholi geografiyasi kartografiya fani bilan qanday aloqasi bor? 
6. ―Demografiya‖ so’zi qanday ma’noni anglatadi? 
7. Aholini takror barpo bo’lishini qaysi fan o’rganadi?
8. Etnografiya fani nimani o’rganadi?


- 9 - 
9. Demografiya fani bilan etnografiya fanining farqi nimadan iborat?
10. Aholi geografiyasi bilan antropologiya fanining qanday aloqasi bor?
AHOLI GEOGRAFIYASI FANINING RIVOJLANISHI
VA UNGA HISSA QO’SHGAN AHOLISHUNOS OLIMLAR 
R E J A: 
1. Aholi geografiyasining fan sifatida tashkil topishi.
2. Aholi geografiyasining yo’nalishlari.
3. Aholi geografiyasi fanining rivojlanishiga hissa qo’shgan geogrif olimlar faoliyati
haqida.
4. O’zbekistonda aholi geografiyasi fanining rivojlanishi.
Tayanch tushunchalar: aholi tarkibi, odam geografiyasi, antropogeogarfiya, 
g’ayriilmiy nazariyalar, antimum nazariyasi, demografiya.
Geografiya fani aholi va unga taalluqli bo’lgan ma’lumotlarni qadimdan 
o’rganib kelgan. Masalan: 1650-yilgda Vareniy (Varenius)ning niderlandiyada 
bosilib chiqan ―Umumiy geigrafiya‖ nomli asaridayoq aholiga tegishli ko’pgina 
masalalar geografiya o’rganadigan muhim muammolar qatoriga kiritilgan edi. 
Varenius geografiyani ikkita katta bo’limga bo’lgan.
1. Asosiy (umumiy) geografiya.
2. Ayrim mamlakatlarni o’rganadigan hususiy geigrafiya (mamlakatshunoslik).
Ana shu hususiy geografiyaning iqtisodiy geografiya bo’limi o’rganadigan 
,masalalar orasida aholining tarkibi, turmushi, iste’mol qiladigan ovqatlari, daromadi, 
bitim darajasi, hunarmandchilik, savdo aloqalari, tug’ilgandan o’lguncha bo’lgan urf-
odatlari, siyosiy tuzum, shaharlari kabi ko’rsatkichlar bo’lgan. Ammo u paytlarda va 
undan keyin ham uzoq davrlar davomida aholi geografiyasi geografiya fanining 
alohida yo’nalish sifatida tashkil topmagan edi.
Faqat XIX asrga kelib, dastavval Germaniyada va keyinchalik G’arbdan 
boshqa davlatlarga antropogeogarfiya paydo bo’laboshladi. Antropogeogarfiyaning 
asoschisi nemis geograf Fridriz Rassek (1844-1904) bo’lib, bu yo’nalish geografning 
getertinizmning 
bulgar-matematistik 
konselsiyasiga 
asoslanardi 
va 
aholi 
geografiyasidagi tabiiy sharoitning tasiridan deb tushuntirishga urinar edi. XIX asr 
ohiri XX asr boshlarida G;arbiy Yevropada (asosan Fransiyada) odam geografiyasi 
deb nomlangan yo’nalish ham vujudga keladi. Fransuz geogriflari T.Vidan (1869-
1930) bu yo’nalishning asoschilari edilar. Bu yo’nalish ham aholi geografiyasi 
masalalarini tushuntirishda jamiyat taraqqiyotining haqiqiy qonunlariga emas, balki 
burjua falsafasi, siyosiy, iqtisodiy va tarihining konsensiyalariga asoslangan. Bu 
yo’nalish nomoyondalari tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi, tabiat bilan aholi o’rtasidagi 
munosabatlar va aloqalarni ilmiy asosda o’rganmasdan, balki alohida bir odamning 
tabiat bilan o’zaro munosabatlari va bir-biriga ta’sirini o’rganish bilan 


- 10 - 
shug’ullanganlar. Shuning uchun ham ular o’z fanlarining nomini aholi geografiyasi 
emas, odam geografiyasi deb atashgan. MDH davlatlariga XX asrga qadar 
geografiyasiga taalluqli yirik ilmiy asarlar juda kam edi. Chunki aholi geografiyasi 
geografiyasining maxsus tarmog’I sifatida ham tashkil topmagan edi. Ana shu davrda 
ota-bola Pyotr Petrovich Setyonov Petrovich Setronov Tanishanskiy (1870-1942) 
haqida Aleksandr Avanovich Voeynovning (1842-1916) ishlari alohida o’rin 
egallaydi. P.P. Semyonov –Tanshanskiy XIX asr ohirida Rossiya aholisi va aholi 
punktlarini geografik ahaliz qilgan, bir necha ishlar bajargan. U o’zining 1871 yilda 
chiqqan ―Imperiya aholisining taqsimlanish sabablarga ko’ra, Rossiya Yevropa 
qismida aholining zichligi‖ nomli asarida aholi zichligi kartasini batafsil va 
mazmundor analiz qilgan. 1863-1885 yillarda P.P.Semyonov Tyanshanskiy 
―Geografik statistic lug’at‖ tuzdi.
Lug’atda Rossiyaning barcha shaharlari, stansiya va yirik qishloqlariga 
xarakteristika berdi. U Rossiya qishloqlariga birinchi bo’lib, batafsil sotsial-iqtisodiy 
xarakteristika berdi, ularni 27 tipga ajratdi. Ayniqsa uning ―Muraevenenaya vokost‖ 
(1880) asari alohida diqqatga sazovordir. Bu asarda aholini va qishloq aholi 
manzilgohlarining kompleks geografik enepedissiyalar yordamida o’zgarishi 
bo’yicha birinchi tajriba bo’lib, o’sha davrda Rossiya va chet mamlakatlarda 
aholigabag’ishlangan ishlar orasida o’z ilmiy saviyasiga ko’ra birmuncha yuqori turar 
edi. Ma’lumki. P.P.Semyonov-Tyanshanskiy ―Rossiya vatanimizning to’la geografik 
tasviri‖ (1899-1814) nomli ko’p tomli nashrning asosiy tashkilotchisi edi. Bu olorda 
Rossiya turli qismlarining aholisi va aholi manzilgohlari harakteristikasiga keng o’rin 
berishgan. Pyotr Petrovich Semyonov-Tyanshanskiy o’g’li Veniamin Petrovich 
Semyonov-Tyanshanskiy ham o’z ishlarida aholini o’rganishga katta e’tirof bergan. 
Ayniqsa, uning ―Yevropa Rossiyada shahar va qishloq‖ (1910) nomli asari muhim 
fantalogik asari ma’lumotlarga boyligi va ilmiy analizdan ba’zi yangicha 
yondoshishlari bilan diqqatga sazovordir. Keyinchalik (1922-1925) V.P.Semonov-
Tyanshanskiy raxbarligida Rossiya Yevropa qismining 46 varaqdan iborat aholi 
zichligi kartasi tuzildi (dazimetrik karta). O’sha davrda bunday karta boshqa birorta 
ham mamlakatda tuzilmagan edi. Aholi geografiyasi bo’yicha revolyutsiyadan avval
nashr etilgan asarlar orasida mahshur geograf Aleksandr Ivanovich Vosikof o’z 
asarlarida alohida o’rin egallaydi eng muhimi shuki, A.I.Voyekov o’z ishlarida 
antrpogeografiya ta’siriga berilmadi. U ―Yer shari aholisini tabiiy sharoiti va kishilar 
faoliyatiga qarab taqsimlanishi‖ (1906), ―Yevropa Rossiyasi va G’arbiy sibir 
qishloqlarining gavjumligi‖ (1909) kabi asarlarida tabiat va aholiga jonli, qiziqarli 
geoghrafik ta’rif berish namunasini ko’rsatdi.
A.I.Voeykov aholining hududiy taqsimlanishida tabiiy sharoit emas, balki 
odamlarning o’zi hal qiluvchi rol o’ynadi degan xulosaga keldi. Bu esa, o’sha davrda 
hukmron bo’lgan antropogeografik ta’limoti butunlay qo’shilmaslik edi. U aholining 
shaharlar bilan qishloqlar o’rtasida taqsimlanishi, bu protsessning rivojlanishini 
analiz qilib shaharlarni o’rganishda ularning ma’muriy-yuridik tomonlariga emas, 
balki iqtisodiy ko’rsatkichlariga ahamiyat berish muhimligini qayd qildi. Bu esa 
o’sha davr uchun muhim progressiv qarash edi. Chunki, shaharlarni o’rganishda, 
birinchi navbatda ularning iqtisodiy rolini (xalq xo’jalik funksiyasini) tahlil qilish 
zarurligi hozirgi zamon aholi geografiyasida ham asosiy prinsipial masalalardan 


- 11 - 
biridir. A.I.Voeykov bu ishida «Millioner shaharlar» atamasini birinchi bor ishlatdi 
va fanga kiritdi. A.I.Voeykov aholi geografiyasi masalalari sotsial-iqtisodiy fanlarga 
katta ahamiyat berib, o’z davri olimlaridan ancha yuksak pog’onaga ko’tarila oldi. 
Shunday qilib, XX asrga kelib aholini geografik nuqtai – nazardan o’rganishda ayrim 
yutuqlar qo’lga kiritilganiga va geograflarning ishlari ilmiy saviyasi bo’yicha 
g’arbdagi antropogeografiya va odam geografiyasi nomoyondalarining ishlariga 
nisbatan ancha yuqori turgan. Lekin bu davrda O’rta Osiyoda, jusladan 
O’zbekistonda aholi geografiyasi fan sifatida, iqtisodiy geografiyaning muhim 
tarmog’i sifatida tashkil topmagan edi. Aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning 
alohida muhim uzviy qismi sifatida mamlakatimizda sobiq ittifoq davrida shakllandi.
Ma’lumki, sobiq ittifoqning dastlabki yillarida rejali ijtimoiy xo’jalik sharoitida 
iqtisodiy iqtisodiy geografiya fani tashkil topa boshladi. Iqtisodiy geografiya fanining 
shakllanishi va rivojlanishida, uning asosiy nazariy-metodologik masalalarini ishlab 
chiqishda N.N.Baranskiyning roli ayniqsa katta bo’ldi. Davr taqozosi bilan iqtisodiy-
geograflar asosan sanoatni hududiy joylashtirish va iqtisodiy rayonlashtirish 
masalalari bilan ko’proq shug’ullanishdi. 1940 yillargacha aholi geografiyasining 
faqat shaharlar geografiyasi yo’nalishinigina ancha rivoj topdi. Chunki, shaharlar 
muammosi «ishlab chiqarish markazlari», «Sanoat tugunlari» va «Iqtisodiy 
rayonlarning asosiy yadrolari» sifatida iqtisodiy geografiyaning boshqa sohalarida 
ham o’rganiladi. Shaharlar geografiyasining rivojlanishida ham N.N.Baranskiyning 
xizmati katta. Deyarli barcha geogriflar shaharlarni geografik jihatdan o’rganish 
haqida N.N.Baranskiy yozgan-nazariy maqolalarga hozir ham suyanishadi. II jahon 
urushidan keyingi yillarda esa, aholi geografiyasining turli yo’nalishlari bo’yicha 
ilmiy ishlar, ekspeditsion tadqiqotlapr kuchayib ketdi.
Aholi geografiyasining metodologik va metodik masalalari ishlab chiqildi. 
Shaharlar geografiyasi bilan bir qatorda, qishloq aholi manzilgohlarini o’rganish, 
aholi geografiyasining umumiy masalalari, aholining migratsion harakatlari, mehnat 
resurslaridan unumli foydalanishning geografik akpektlarini tadqiq qilish, aholini 
kartaga tushirish kabi yo’nalishlar bo’yicha ko’plab qimmatli ishlar bajarildi. Aholi 
geografiyasining rivojlanishi, tashkil topishi va turli tarmoqlarining shakllanishida 
N.N.Baranskiy 
bilan 
birga 
R.M.Kabo, 
O.L.Konstantinov, 
Yu.G.Saushkin, 
V.V.Popshishevskiy, N.I.Lyainov, S.A.Kovolyov va boshqa olimlarning xizmatlari 
katta. 
Aholi 
geografiyasining, 
ayniqsa 
keyingi 
yillarda 
yangi 
bosqichga 
ko’tarilmoqda, turli yo’nalishlar bo’yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlaridagi 
sifat o’zgarishlari va yangi yutuqlar bilan birgalikda, chuqur umumlashtirishlar 
hamda kompleks yondoshishni talab qiluvchi sintetik tadqiqotni aholi va aholi 
manzilgohlarining 
xududiy 
xususiyatlariga 
qarab 
rayonlashtirish» 
(O.A.Konstantinov), «Aholi punktlarining yagona sistemasi» (B.S.Xorev) va aholi 
hamda aholi punktlarini o’rganishda sistema nazariyasi nuqtai nazardan yondashish 
kabilar ana shular jumlasidandir.
Aholi geografiyasi eng yangi metodlarni qo’llash bo’yicha ham ancha ilgari 
siljidi. Jumladan matematik metodni qo’llash bo’yicha aholi geografiyasi iqtisodiy 
geografiya fanining barcha tarmoqlari orasida alohida o’rin tutadi va bu sohada ham 
salmoqli yutuqlar qo’lga kiritildi. (N.I.Blotko, Yu.V.Medvedov va boshqalarning 
ishlari) Aholi geografiyasining juda ko’p muhim, prinsipial masalalari bo’yicha fikr 


- 12 - 
almashish, ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirishda Geografiya jamiyati tomonidan 
olib borilayotgan ishlar ahamiyatidir.
Respublikamiz xududida aholini o’rganishga qadimdan asos solingan. Chunki, 
Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek, Bobur, Maxmud Qoshqariy, Alisher 
navoiy kabi allomalarimiz asarlarida aholi masalalariga e’tibor berilgan. 1926 yilda 
respublikada aholi ro’yxati o’tkazilishi aholini chuqurroq o’rganishga dastlabki ilmiy 
qadam bo’ldi. Respublikamizda XX asrning II yarmida aholi geografiyasi fan sifatida 
rivojlandi. Respublikamizda «Geografiya jamiyati» faoliyatida, demograf olimlar 
tadqiqotlarida aholi geografiyasi fanining rivojlanishini ko’rishimiz mumkin. Hozirgi 
kunda «Aholi geografiyasi», «Demografiya asoslari» fanlari mustaqil fan sifatida 
rivojlanmoqda.
O’zbekistonda demografik bashoratlar ishlab chiqish, aholishunos olim 
M.K.Qoraxonov rahbarligida 1962-80 yillarda ishlab chiqilgan. Keyinchalik 
respublikada Mullajonov, Ubaydullaeva, Ali Qorayev, Buriyeva, Maksakova, Soliev 
va boshqalar fan rivojiga xissa qo’shib kelmoqdalar.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin