NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Tibbiyot geografiyasi nimani o’rganadi?
2. Aholining barcha ehtiyojlariga xizmat ko’rsatuvchi xizmat doirasi tarmoqlarining
rivojlanish darajasi va xududiy joylashishni geografik taqsimlash usulini qanday
geografiya o’rganadi?
3. Geografiya fanining yangi vujudga kelayotgan yo’nalishlari qaysilar?
4. Tarixiy geografiya nimani o’rganadi?
5. Aholi geografiyasi kartografiya fani bilan qanday aloqasi bor?
6. ―Demografiya‖ so’zi qanday ma’noni anglatadi?
7. Aholini takror barpo bo’lishini qaysi fan o’rganadi?
8. Etnografiya fani nimani o’rganadi?
- 9 -
9. Demografiya fani bilan etnografiya fanining farqi nimadan iborat?
10. Aholi geografiyasi bilan antropologiya fanining qanday aloqasi bor?
AHOLI GEOGRAFIYASI FANINING RIVOJLANISHI
VA UNGA HISSA QO’SHGAN AHOLISHUNOS OLIMLAR
R E J A:
1. Aholi geografiyasining fan sifatida tashkil topishi.
2. Aholi geografiyasining yo’nalishlari.
3. Aholi geografiyasi fanining rivojlanishiga hissa qo’shgan geogrif olimlar faoliyati
haqida.
4. O’zbekistonda aholi geografiyasi fanining rivojlanishi.
Tayanch tushunchalar: aholi tarkibi, odam geografiyasi, antropogeogarfiya,
g’ayriilmiy nazariyalar, antimum nazariyasi, demografiya.
Geografiya fani aholi va unga taalluqli bo’lgan ma’lumotlarni qadimdan
o’rganib kelgan. Masalan: 1650-yilgda Vareniy (Varenius)ning niderlandiyada
bosilib chiqan ―Umumiy geigrafiya‖ nomli asaridayoq aholiga tegishli ko’pgina
masalalar geografiya o’rganadigan muhim muammolar qatoriga kiritilgan edi.
Varenius geografiyani ikkita katta bo’limga bo’lgan.
1. Asosiy (umumiy) geografiya.
2. Ayrim mamlakatlarni o’rganadigan hususiy geigrafiya (mamlakatshunoslik).
Ana shu hususiy geografiyaning iqtisodiy geografiya bo’limi o’rganadigan
,masalalar orasida aholining tarkibi, turmushi, iste’mol qiladigan ovqatlari, daromadi,
bitim darajasi, hunarmandchilik, savdo aloqalari, tug’ilgandan o’lguncha bo’lgan urf-
odatlari, siyosiy tuzum, shaharlari kabi ko’rsatkichlar bo’lgan. Ammo u paytlarda va
undan keyin ham uzoq davrlar davomida aholi geografiyasi geografiya fanining
alohida yo’nalish sifatida tashkil topmagan edi.
Faqat XIX asrga kelib, dastavval Germaniyada va keyinchalik G’arbdan
boshqa davlatlarga antropogeogarfiya paydo bo’laboshladi. Antropogeogarfiyaning
asoschisi nemis geograf Fridriz Rassek (1844-1904) bo’lib, bu yo’nalish geografning
getertinizmning
bulgar-matematistik
konselsiyasiga
asoslanardi
va
aholi
geografiyasidagi tabiiy sharoitning tasiridan deb tushuntirishga urinar edi. XIX asr
ohiri XX asr boshlarida G;arbiy Yevropada (asosan Fransiyada) odam geografiyasi
deb nomlangan yo’nalish ham vujudga keladi. Fransuz geogriflari T.Vidan (1869-
1930) bu yo’nalishning asoschilari edilar. Bu yo’nalish ham aholi geografiyasi
masalalarini tushuntirishda jamiyat taraqqiyotining haqiqiy qonunlariga emas, balki
burjua falsafasi, siyosiy, iqtisodiy va tarihining konsensiyalariga asoslangan. Bu
yo’nalish nomoyondalari tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi, tabiat bilan aholi o’rtasidagi
munosabatlar va aloqalarni ilmiy asosda o’rganmasdan, balki alohida bir odamning
tabiat bilan o’zaro munosabatlari va bir-biriga ta’sirini o’rganish bilan
- 10 -
shug’ullanganlar. Shuning uchun ham ular o’z fanlarining nomini aholi geografiyasi
emas, odam geografiyasi deb atashgan. MDH davlatlariga XX asrga qadar
geografiyasiga taalluqli yirik ilmiy asarlar juda kam edi. Chunki aholi geografiyasi
geografiyasining maxsus tarmog’I sifatida ham tashkil topmagan edi. Ana shu davrda
ota-bola Pyotr Petrovich Setyonov Petrovich Setronov Tanishanskiy (1870-1942)
haqida Aleksandr Avanovich Voeynovning (1842-1916) ishlari alohida o’rin
egallaydi. P.P. Semyonov –Tanshanskiy XIX asr ohirida Rossiya aholisi va aholi
punktlarini geografik ahaliz qilgan, bir necha ishlar bajargan. U o’zining 1871 yilda
chiqqan ―Imperiya aholisining taqsimlanish sabablarga ko’ra, Rossiya Yevropa
qismida aholining zichligi‖ nomli asarida aholi zichligi kartasini batafsil va
mazmundor analiz qilgan. 1863-1885 yillarda P.P.Semyonov Tyanshanskiy
―Geografik statistic lug’at‖ tuzdi.
Lug’atda Rossiyaning barcha shaharlari, stansiya va yirik qishloqlariga
xarakteristika berdi. U Rossiya qishloqlariga birinchi bo’lib, batafsil sotsial-iqtisodiy
xarakteristika berdi, ularni 27 tipga ajratdi. Ayniqsa uning ―Muraevenenaya vokost‖
(1880) asari alohida diqqatga sazovordir. Bu asarda aholini va qishloq aholi
manzilgohlarining kompleks geografik enepedissiyalar yordamida o’zgarishi
bo’yicha birinchi tajriba bo’lib, o’sha davrda Rossiya va chet mamlakatlarda
aholigabag’ishlangan ishlar orasida o’z ilmiy saviyasiga ko’ra birmuncha yuqori turar
edi. Ma’lumki. P.P.Semyonov-Tyanshanskiy ―Rossiya vatanimizning to’la geografik
tasviri‖ (1899-1814) nomli ko’p tomli nashrning asosiy tashkilotchisi edi. Bu olorda
Rossiya turli qismlarining aholisi va aholi manzilgohlari harakteristikasiga keng o’rin
berishgan. Pyotr Petrovich Semyonov-Tyanshanskiy o’g’li Veniamin Petrovich
Semyonov-Tyanshanskiy ham o’z ishlarida aholini o’rganishga katta e’tirof bergan.
Ayniqsa, uning ―Yevropa Rossiyada shahar va qishloq‖ (1910) nomli asari muhim
fantalogik asari ma’lumotlarga boyligi va ilmiy analizdan ba’zi yangicha
yondoshishlari bilan diqqatga sazovordir. Keyinchalik (1922-1925) V.P.Semonov-
Tyanshanskiy raxbarligida Rossiya Yevropa qismining 46 varaqdan iborat aholi
zichligi kartasi tuzildi (dazimetrik karta). O’sha davrda bunday karta boshqa birorta
ham mamlakatda tuzilmagan edi. Aholi geografiyasi bo’yicha revolyutsiyadan avval
nashr etilgan asarlar orasida mahshur geograf Aleksandr Ivanovich Vosikof o’z
asarlarida alohida o’rin egallaydi eng muhimi shuki, A.I.Voyekov o’z ishlarida
antrpogeografiya ta’siriga berilmadi. U ―Yer shari aholisini tabiiy sharoiti va kishilar
faoliyatiga qarab taqsimlanishi‖ (1906), ―Yevropa Rossiyasi va G’arbiy sibir
qishloqlarining gavjumligi‖ (1909) kabi asarlarida tabiat va aholiga jonli, qiziqarli
geoghrafik ta’rif berish namunasini ko’rsatdi.
A.I.Voeykov aholining hududiy taqsimlanishida tabiiy sharoit emas, balki
odamlarning o’zi hal qiluvchi rol o’ynadi degan xulosaga keldi. Bu esa, o’sha davrda
hukmron bo’lgan antropogeografik ta’limoti butunlay qo’shilmaslik edi. U aholining
shaharlar bilan qishloqlar o’rtasida taqsimlanishi, bu protsessning rivojlanishini
analiz qilib shaharlarni o’rganishda ularning ma’muriy-yuridik tomonlariga emas,
balki iqtisodiy ko’rsatkichlariga ahamiyat berish muhimligini qayd qildi. Bu esa
o’sha davr uchun muhim progressiv qarash edi. Chunki, shaharlarni o’rganishda,
birinchi navbatda ularning iqtisodiy rolini (xalq xo’jalik funksiyasini) tahlil qilish
zarurligi hozirgi zamon aholi geografiyasida ham asosiy prinsipial masalalardan
- 11 -
biridir. A.I.Voeykov bu ishida «Millioner shaharlar» atamasini birinchi bor ishlatdi
va fanga kiritdi. A.I.Voeykov aholi geografiyasi masalalari sotsial-iqtisodiy fanlarga
katta ahamiyat berib, o’z davri olimlaridan ancha yuksak pog’onaga ko’tarila oldi.
Shunday qilib, XX asrga kelib aholini geografik nuqtai – nazardan o’rganishda ayrim
yutuqlar qo’lga kiritilganiga va geograflarning ishlari ilmiy saviyasi bo’yicha
g’arbdagi antropogeografiya va odam geografiyasi nomoyondalarining ishlariga
nisbatan ancha yuqori turgan. Lekin bu davrda O’rta Osiyoda, jusladan
O’zbekistonda aholi geografiyasi fan sifatida, iqtisodiy geografiyaning muhim
tarmog’i sifatida tashkil topmagan edi. Aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning
alohida muhim uzviy qismi sifatida mamlakatimizda sobiq ittifoq davrida shakllandi.
Ma’lumki, sobiq ittifoqning dastlabki yillarida rejali ijtimoiy xo’jalik sharoitida
iqtisodiy iqtisodiy geografiya fani tashkil topa boshladi. Iqtisodiy geografiya fanining
shakllanishi va rivojlanishida, uning asosiy nazariy-metodologik masalalarini ishlab
chiqishda N.N.Baranskiyning roli ayniqsa katta bo’ldi. Davr taqozosi bilan iqtisodiy-
geograflar asosan sanoatni hududiy joylashtirish va iqtisodiy rayonlashtirish
masalalari bilan ko’proq shug’ullanishdi. 1940 yillargacha aholi geografiyasining
faqat shaharlar geografiyasi yo’nalishinigina ancha rivoj topdi. Chunki, shaharlar
muammosi «ishlab chiqarish markazlari», «Sanoat tugunlari» va «Iqtisodiy
rayonlarning asosiy yadrolari» sifatida iqtisodiy geografiyaning boshqa sohalarida
ham o’rganiladi. Shaharlar geografiyasining rivojlanishida ham N.N.Baranskiyning
xizmati katta. Deyarli barcha geogriflar shaharlarni geografik jihatdan o’rganish
haqida N.N.Baranskiy yozgan-nazariy maqolalarga hozir ham suyanishadi. II jahon
urushidan keyingi yillarda esa, aholi geografiyasining turli yo’nalishlari bo’yicha
ilmiy ishlar, ekspeditsion tadqiqotlapr kuchayib ketdi.
Aholi geografiyasining metodologik va metodik masalalari ishlab chiqildi.
Shaharlar geografiyasi bilan bir qatorda, qishloq aholi manzilgohlarini o’rganish,
aholi geografiyasining umumiy masalalari, aholining migratsion harakatlari, mehnat
resurslaridan unumli foydalanishning geografik akpektlarini tadqiq qilish, aholini
kartaga tushirish kabi yo’nalishlar bo’yicha ko’plab qimmatli ishlar bajarildi. Aholi
geografiyasining rivojlanishi, tashkil topishi va turli tarmoqlarining shakllanishida
N.N.Baranskiy
bilan
birga
R.M.Kabo,
O.L.Konstantinov,
Yu.G.Saushkin,
V.V.Popshishevskiy, N.I.Lyainov, S.A.Kovolyov va boshqa olimlarning xizmatlari
katta.
Aholi
geografiyasining,
ayniqsa
keyingi
yillarda
yangi
bosqichga
ko’tarilmoqda, turli yo’nalishlar bo’yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlaridagi
sifat o’zgarishlari va yangi yutuqlar bilan birgalikda, chuqur umumlashtirishlar
hamda kompleks yondoshishni talab qiluvchi sintetik tadqiqotni aholi va aholi
manzilgohlarining
xududiy
xususiyatlariga
qarab
rayonlashtirish»
(O.A.Konstantinov), «Aholi punktlarining yagona sistemasi» (B.S.Xorev) va aholi
hamda aholi punktlarini o’rganishda sistema nazariyasi nuqtai nazardan yondashish
kabilar ana shular jumlasidandir.
Aholi geografiyasi eng yangi metodlarni qo’llash bo’yicha ham ancha ilgari
siljidi. Jumladan matematik metodni qo’llash bo’yicha aholi geografiyasi iqtisodiy
geografiya fanining barcha tarmoqlari orasida alohida o’rin tutadi va bu sohada ham
salmoqli yutuqlar qo’lga kiritildi. (N.I.Blotko, Yu.V.Medvedov va boshqalarning
ishlari) Aholi geografiyasining juda ko’p muhim, prinsipial masalalari bo’yicha fikr
- 12 -
almashish, ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirishda Geografiya jamiyati tomonidan
olib borilayotgan ishlar ahamiyatidir.
Respublikamiz xududida aholini o’rganishga qadimdan asos solingan. Chunki,
Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek, Bobur, Maxmud Qoshqariy, Alisher
navoiy kabi allomalarimiz asarlarida aholi masalalariga e’tibor berilgan. 1926 yilda
respublikada aholi ro’yxati o’tkazilishi aholini chuqurroq o’rganishga dastlabki ilmiy
qadam bo’ldi. Respublikamizda XX asrning II yarmida aholi geografiyasi fan sifatida
rivojlandi. Respublikamizda «Geografiya jamiyati» faoliyatida, demograf olimlar
tadqiqotlarida aholi geografiyasi fanining rivojlanishini ko’rishimiz mumkin. Hozirgi
kunda «Aholi geografiyasi», «Demografiya asoslari» fanlari mustaqil fan sifatida
rivojlanmoqda.
O’zbekistonda demografik bashoratlar ishlab chiqish, aholishunos olim
M.K.Qoraxonov rahbarligida 1962-80 yillarda ishlab chiqilgan. Keyinchalik
respublikada Mullajonov, Ubaydullaeva, Ali Qorayev, Buriyeva, Maksakova, Soliev
va boshqalar fan rivojiga xissa qo’shib kelmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |