- 17 -
demografik jarayonning 1000 kishiga nisbatan bo’lgan miqdor aniqlanadi. Demak
1000 kishi demografik jarayonlarni o’rganishda mezon hisoblanadi. Bu ko’rsatkich
promille, deb yuritiladi va quyidagicha -%o belgilanadi.
Demografik
koeffitsientlar
alohida
demografik jarayonlarni ifodalaydi.
Demografik koeffitsentlar umumiy, maxsus va xususiy jixatlarga egadir.
Tug’ilish va uning koeffitsienti. Tug’ilish-ma’lum avlodlarni tashkil etuvchi
aholi guruhidagi bola ko’rish jarayonidir. Tug’ilish-biologik jarayon. Lekin u
ijtimoiy-iqtisodiy muxit ta’sirida o’zgarib boradi.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tarkibidagi o’zgarishlar tug’ilish darajasini
belgilaydi.
Tug’ilishning biologik asosi insonning pushtliligi, nasl qoldirish, avlod
qoddirish qobiliyatidir. Erkak bilan ayol, ya’ni nikoh juftlarining farzand ko’rishga
bo’lgan biologik qobiliyati pushtlilik, deb ataladi va bu tushuncha demografiyada
ko’proq ayollarga nisbatan qo’llanilib, har bir ayolning farzand ko’rish davridagi
(o’rtacha 15-49 yosh) jami xomiladorligi bilan belgilanadi. Pushtlilik erkak va
ayolning biologik xususiyatlariga, salomatligiga bog’liqdir. Ilmiy manbalarda qayd
etilishicha, sog’lom ayollar farzand ko’rish davrida eng ko’pi 35 tagacha xomilador
bo’lishi (egizaklar ham bitta xomiladorlik hisoblanadi) mumkin ekan. Lekin xar bir
ayol o’rtacha 10-12 ta tirik farzand ko’riish, 10-15 marta xomilador bo’lishi (o’lik
tug’ilishi, bola tashlash holatlari bilan birga) mumkin.
Tug’itlish-tirik tug’ilgan bolalarni ifodalovchi biologik jarayon bo’lib, u
insonlarning reproduktiv mayl, ya’ni farzand ko’rishga bo’lgan munosabati bilan
bog’liqdir. Reproduktiv mayl esa inson yashayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muxit bilan
bog’liq holda o’zgarib turadi. Natijada inson o’z pushtliligidan, ya’ni bola ko’rishga
bo’lgan biologik imkoniyatidan to’la foydalanmaydi. O’zining bolani tarbiyalab voga
yetkazish uchun zarur bo’lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini xisobga
olgan holda, farzand ko’rishga harakat qiladi, ya’ni farzandlar tug’ilishini cheklaydi,
nazorat etadi.
Tug’ilish darajasi-tug’ilish koffitsientlari yordamida o’rganiladi. Tag’ilishning
umumiy, maxsus va xususiy koeffitsientlari mavjuddir.
Tugilishning umumiy koeffitsienti. Har 1000 aholiga nisbatan tug’ilgan bolalar
sonini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida xisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: