Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/51
tarix22.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#134020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

Demografiya – grekcha – demos – ―xalq‖ va grafiya – ―tasvirlash‖ 
so’zlaridan iborat bo’lib, aholi haqidagi fandir. U aholining soni, xududiy joylashuvi 
va tarkibini, ularning o’zgarishi va bu o’zgarishning sabablarini, aholidagi 
o’zgarishlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlarning aloqalarini o’ziga xos istedodlar
bilan o’rganadi. Shuningdek, demografiya aholi takror barpo qilinishining 
qonuniyatlarini ochib beradi. Ko’rinib turibdiki, aholi geografiyasi bilan demografiya 
o’rganadigan masalalar bir biriga juda yaqin. Shuning uchun aholi geografiyasi 
demografiya o’rganadigan va aholiga taluqli bo’lgan demografik statistika tomonidan 
to’planadigan ma’lumotlardan keng foydalanadi. Demografiya ham o’z navbatida 
o’rganilayotgan demografik jarayon va ko’rsatkichlardagi geografik farqlar va u 
farqlarning sabablariga qiziqadilar. Shunday qilib, aholi geografiyasi bilan 
demografiya o’rtasida birgalikda hal qilinishi kerak bo’lgan bir qator muammolar 
vujudga keladiki, bularni faqatgina ana shu ikki fan chegarasida vujudga kelgan 
yo’nalish – demogeografiya hal qiladi.
Aholi geografiyasi etnografiya bilan ham chanbarchars bog’liq. Etnografiya – 
xalqlarning turmushi va madaniyati, vujudga kelishi va madaniy – tarixiy aloqalarini 
o’rganadi.
Etnografiya xalqlarning etnik birligi urug’, qabila, elat, millat, xalqlarning 


- 8 - 
geografik tarqalishi bilan ham qiziqadi. Xalqlarning geografik tarqalishi masalalarini 
etnografiya o’rganadi. Etnografiyani ayni vaqtda etnografiya ham, aholi 
geografiyasiga ham kiritish mumkin, to’g’rirog’i, ular chegarasida vujudga kelgan 
yo’nalishidir.
Shunday qilib, aholi geografiyasining demografiya va etnografiya fanlari bilan 
aloqasi va hamkorligi juda yaqin va kengdir. Shu narsani qayd qilish kerakki, aholi 
geografiyasi aholini demografiya va etnografiyaga nisbatan chuqurroq va har 
tomonlama o’rganadi. Chunki, aholi geografiyasi aholini o’rganayotganda uning 
xo’jalik va tabiat bilan aloqalarini chuqur tahlil qiladi, bu o’zaro aloqa va 
munosabatlarning o’rganilayotgan har bir tumanda vujudga kelish xususiyatlarini 
aniqlaydi, aholi geografiyasi muammolarini shular bilan bog’lab tushuntiradi.
3) Antropologiya – odamlarning paydo bo’lishi, kishi organizmining 
evolyusiyasi va undagi jismoniy o’zgarishlarning qonuniyatlari, shuningdek 
irqlarning vujudga kelishi va geografik tarqalishini o’rganadigan fan. Aholi 
geografiyasining asosiy o’rganish ob’ekti bo’lgan kishilarning mehnat faoliyati, 
turmush sharoiti va madaniyati, aholi punktlarining xududiy shakllaridagi farqlar 
bilan bog’liq emas. Aholi geografiyasining mehnat resurslari va ulardan 
foydalanishini o’rganadigan yo’nalishni iqtisodiyot fanining mehnat iqtisodiyoti va 
uni tashkil qilish yo’nalishi bilan yaqindan aloqadordir. Jumladan, geograflar mehnat 
resurslarni o’rganishda iqtisodchilarning mehnat balansi tuzish kabi ayrim 
qo’llanmalaridan keng foydalanadi. Ammo iqtisodchilar va geograflar mehnat 
resurslaridan o’rganishida bir-birlarining tadqiqotlarini takrorlamaydilar. Ma’lumki, 
iqtisodchilar mehnat unumdorligi kabi masalalarni ayrim korxonalar yoki ayrim 
xo’jalik tarmoqlari miqyosida o’rganadilar. Geograflarning asosiy vazifalari esa, 
mehnat resurslarining xududiy tashkil topishi va ulardan foydalanishning regional 
masalalarini taxlil qilishdan iborat.
Nihoyat, aholi geografiyasi bir qator ilmiy-amaliy fanlar bilan yaqindan 
hamkorlik qiladi.
Shuningdek, aholi geografiyasi har bir tumanning tabiiy – iqtisodiy 
sharoitlarini e’tiborga olgan xolda, ularning rivojlanish istiqbollari haqida asosli 
takliflar berishi mumkin. Aholi geografiyasi o’z navbatida, ilmiy-amaliy fanlarning 
ayrim qo’llanmalaridan foydalanadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin