Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I


QONUNIYATLARI HAQIDAGI FAN BO’LIB, BU JARAYONNI IJTIMOIY -



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/51
tarix22.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#134020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

QONUNIYATLARI HAQIDAGI FAN BO’LIB, BU JARAYONNI IJTIMOIY -
TARIXIY 
SHART-SHAROITLARGA 
BOG’LIQ 
HOLDA O’RGANADI, 
OMILLARINI, MUAMMOLARINI ANIQLAB, ISTIQBOLINI BELGILAB 
BERADI. 
Har bir fanning asosiy vazifasi tabiat va jamiyatning ma’lum qismidagi 
rivojlanish qonunlarini o’rganishdir. Lekin shu bilan bir qatorda har bir fanning 
o’ziga xos amaliy ahamiyatga ega bo’lgan vazifalari ham mavjud. Demografiya ham 
alohida fan sifatida o’z vazifalariga egadir. Ushbu vazifalarni uch guruhga bo’lib 
o’rganish maqsadga muvofiqdir. 
1. Demografik jarayonlarga va ularning omillarini o’rganish. 
2. Demografik bashoratlarni ishlab chiqish. 
3. Demografik siyosat chora tadbirlarini ishlab chiqish. 
Demografik jarayonlarga tug’ilish, o’lim, nikoh, ajralish va oila kiradi. 
Demografik jarayonlar tarkibida tug’ilish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, 
o’rganilayotgan mavjud aholi avvalo tug’ilish jarayoni natijasida dunyoga kelgan. 
Demografiya tutilishni alohida, aholi takror barpo bo’lishining demografik zamini 
sifatida o’rganadi, unga ta’sir etuvchi barcha ijtimoiy - iqtisodiy va tabiiy omillarni 
tahlil etadi. Shuningdek, o’lim jarayoni ham aholi takror barpo bo’lishining asosiy 
elementi sifatida demografiya fanining e’tiborida turadi. Aholining takror barpo 
bo’lishida birinchi navbatda oila tashkil topishi ya’ni shakllanishi ahamiyatlidir. 
Chunki dunyoda tug’layotgan insonlarning aksariyati oilada, oila muhitida dunyoga 
keladi, shaxs sifatida shakllanib o’zining demografik faoliyatini (oila qurish, 
farzandlar ko’rish) boshlaydi. 
Oila shakllanishi esa, o’z o’rnida nikoh va ajralish jarayonlari bilan 


- 15 - 
chambarchas borliqdir. Demografiya nikoh evolyutsiyasi va 4ning aholining takror 
barpo bo’lishidagi o’rnini alohida o’rganadi. 
Ajralish ya’ni nikohning bekor etilishi ham aholi takror bo’lishiga ta’sir 
etuvchi demografik jarayon hisoblanadi. Demografiya ushbu jarayonni o’rganar ekan, 
uning mavjudlik darajasiga ta’sir etuvchi qator sabab va oqibatlarini atroflicha tahlil 
etadi. 
Demografiya aholining bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi - migratsiyasini 
ham o’rganadi. Lekin bu jarayonni o’rganishda, aholi geografiyasidan farqli ravishda, 
asosiy e’tiborni migratsiya jarayonining hududiy hususiyatlarga emas, balki ushbu 
jarayon natijasida ro’y beradigan - hududning demografik holatidagi o’zgarishlarga 
qaratadi. 
Demografiyada oila asosiy ijtimoiy-demografik guruh sifatida o’rganiladi. 
Oilani jamiyat taraqqiyoti davomidagi o’rni, evolyutsiyasi, aholining takror barpo 
bo’lishidagi asosiy faoliyati va uning o’zgarib borish omillari, oqibatlari o’rganilib, 
kelajak rivojlanishining asosiy yo’nalishlari aniqlanadi. 
Ma’lumki, aholi, tug’ilish va o’lim jarayoni natijasida mavjud bo’lgan avlodlar 
almashinuvi yig’indisidir. Inson mavjudligini ta’minlovchi barcha demografik 
jarayonlar-tutilish, o’lim, nikoh va ajralish uning hayotidagi ma’lum davrida, ya’ni 
ma’lum yoshida ro’y beradi. 
Shuning uchun, yosh demografik jarayonlarni o’rganishda asosiy mezon 
hisoblanadi. Insonning demografik va ijtimoiy holatida, o’z hayoti davomida yosh va 
jins asosiy ko’rsatgichdir. Aholining jinsiy tarkibi ham demografik holatga ta’sir 
etuvchi asosiy, demografik tahlili lozim bo’lgan mezonlardandir. 
Demografik bashoratlar ishlab chiqishda demografiya fani, birinchi navbatda 
o’rganilayotgan hudud yoki ijtimoiy guruh aholisining demografik maylini 
(demografik jarayonlariga bo’lgan munosabati) atroflicha tahlil etadi va ayni shu 
asosda demografik jarayonlarda kelajakda kutilayotgan o’zgarishlarni ko’rsatib 
beradi.
Demografik siyosat mazmuni va tadbirlarini ishlab chiqish juda ma’suliyatli va 
murakkab jarayondir. Ushbu yumushni bajarishda demografiya o’rganilayotgan 
davlat yoki alohida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini, etnik 
hususiyatlari, 
urf-odatlari 
va 
qadriyatlarini, 
demografik 
holatini mukammal 
o’rganishi lozim. 
Demografiya mustaqil fan sifatida o’z tashfiqot usullariga egadir. Ular 
jumlasiga tarixiy taqqoslash, statistika, matematika, kartografik, mantiqiy fikrlash va 
sotsiologik uslublar kiradi. Demografiyaning tahlil uslubi statistikadan farq qiladi. 
Unda mavhum fikrlash uslubidan keng foydalanish asosida aholi tarkibida kelgusida 
ro’y beradigan miqdor va sifat o’zgarishlari ham o’rganiladi. Aholi muayyan ijtimoiy 
hayot tarziga bo’ysunishi tufayli, demografik jarayonlar ham muayyan ishlab 
chiqarish usuli va munosabatiga bog’liq bo’ladi. Aholi murakkab ijtimoiy va tabiiy 
rivojlanish maxsulidir, shu sababli aholi turli omillar zaminida ko’payadi. Bu jixatdan 
demografiya tahlil mavzui siyosiy iqtisod, sotsiologiya, psihologiya, matematika, 
statistika, sotsial gigiena, geografiya, tibbiyot, tarix, etnografiya va boshqa fanlar 
tahlil mavzuiga yaqin bo’lib, shu fanlarning yutuqlaridan foydalanadi. Ayni vaqtda 
ularga qimmatli ma’lumotlar beradi. 


- 16 - 
Demografiya har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum aholisining ko’payish va 
rivojlanish qonunlarini alohida-alohida o’rganadi. Chunki har bir ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyaga xos aholi o’sish qonuni, demografik vaziyatga bevosita ta’sir ko’rsatadi. 
Aholining takror barpo bo’lishi qonuniyatlarni o’rganar ekan, demografiya bir 
qator ilmiy yo’nalishlarga bo’linadi va bu yo’nalishlar demografiya fanlari tizimini 
tashkil etadi. Ularga nazariy demografiya, demografik statistika, tarixiy demografiya, 
etnik demografiya, iqtisodiy demografiya, hududiy demografiya, tahliliy demografiya 
va amaliy demografik tadqiqotlar kiradi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin