33
bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Jumladan, yuksak
texnologiyalar asosida modem va televizorlar uchun pristavkalar, elektr energiyani
elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, issiqlik va suv isitish
qozonlari, mobil va statsionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa
turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
«Angren» maxsus industrial zonasi hududida qisqa muddatda umumiy qiymati
qariyb 44 million dollar bo‘lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigan diodli
yorug‘lik lampalar, turli kattalikdagi mis quvurlar, ko‘mir briketlari kabi yuksak
texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek,
shakar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavod va boshqa korxonalar tashkil etildi.
Dostları ilə paylaş: