Xorijiy avtotashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar



Yüklə 349,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix18.05.2023
ölçüsü349,3 Kb.
#116439
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDI ORQALI TRANZIT TASHISHLARDA 
XORIJIY AVTOTASHUVCHILAR UCHUN QULAY SHART-SHAROITLAR 
YARATISHGA QARATILGAN O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH 
TO‘G‘RISIDA 
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashishlarda xorijiy avtotashuvchilar uchun 
qo‘shimcha qulay shart-sharoitlarnik, hamda avtomobil transportida eksport-import yuklarni uzluksiz 
tashishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
ilovaga 
muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish 
va qo‘shimchalar kiritilsin. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi diplomatik kanallar orqali xorijiy 
davlatlarning elchixonalari, konsulliklari va vakolatxonalarini mazkur qaror qoidalari to‘g‘risida 
xabardor qilsin. 
3. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan 
hamkorlikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga 
muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
birinchi o‘rinbosari ― “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga 
yuklansin. 
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV 
Toshkent sh., 
2018-yil 15-dekabr, 
1022-son 
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1022-son 
qaroriga
 
ILOVA 
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston 
Respublikasi hududiga kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va undan chiqib ketishlari tartibi 
to‘g‘risida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son 
qarorida

a) 1-bandning 
ikkinchi xatboshi 
chiqarib tashlansin; 
b) 
4-bandida

birinchi xatboshisidagi 
“3” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin
ikkinchi xatboshi 
chiqarib tashlansin; 
v) davlat tilidagi matn 6-bandining 
beshinchi xatboshidagi 
“besh foizdan ortiq bo‘lganda” 
so‘zlari “besh foizgacha bo‘lganda (besh foiz ham qo‘shilgan holda)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan 
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarning tranzit 
o‘tish qoidalarining 
8-bandida

a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin: 
“mazkur bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan talablar O‘zbekiston Respublikasi 
chegaralari orqali safar yo‘nalishi qayd etilgan avtotransport vositasida (tunash uchun qayta 
butlangan yer usti avtotransport vositasida) turistik (notijorat) maqsadlarda tranzit o‘tayotgan chet el 
fuqarolariga tatbiq etilmaydi”; 
b) 
ikkinchi xatboshi 
uchinchi xat boshisi deb hisoblansin. 


3. Vazirlar Mahkamasining “Shahar yo‘lovchilar transportida ochiq tenderlarni tashkil etish 
va o‘tkazish masalalari to‘g‘risida” 1998-yil 17-avgustdagi 350-son 
qarorida

a) 
1-band 
o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin
b) 
3-bandda

birinchi xatboshidagi 
“davlatkorporatsiyasi tomonidan” so‘zlari “agentlik tomonidan” 
so‘zlari bilan almashtirilsin; 
ikkinchi xatboshidagi 
“1-ilovaga muvofiq” so‘zlari chiqarib tashlansin; 
v) 
1-ilova 
kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasinig “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali alohida yuklar va harbiy 
bo‘linmalar tranzitini davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilish to‘g‘risida” 2002-yil 21-
fevraldagi 62-son 
qarorida 
(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda): 
a) 5-bandning 
uchinchi xatboshiga 
“Mudofaa vaziri” so‘zlaridan keyin “u bo‘lmagan 
taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan” so‘zlari 
qo‘shilsin; 
b)
 3-ilovada
:  
4-bandga 
“Mudofaa vaziri” so‘zlaridan keyin “u bo‘lmagan taqdirda ― Mudofaa vazirining 
birinchi o‘rinbosari” so‘zlari qo‘shilsin; 
12-banddagi 
“uch” va “o‘n kun” so‘zlari tegishli ravishda “ikki” va “yetti kun” so‘zlari bilan 
almashtirilsin:
13-banddagi 
“o‘n besh” so‘zlari “o‘n” so‘zi bilan almashtirilsin; 
15-bandning 
birinchi xatboshidagi 
“o‘ttiz” so‘zi “yigirma” so‘zi bilan almashtirilsin; 
16-bandning 
ikkinchi xatboshidagi 
“ikki kun” so‘zlari “bir kun” so‘zlari bilan almashtirilsin; 
17-band 
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Tranzit uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati u imzolangan sanadan boshlab uch 
oyni tashkil etadi”; 
18-bandda
:  
ikkinchi xatboshidagi 
“o‘n kun” va “uch” so‘zlari tegishli ravishda “yetti kun” va “ikki” 
so‘zlari bilan almashtirilsin; 
uchinchi xatboshidagi 
“uch kun” so‘zi “ikki kun” so‘zi bilan almashtirilsin. 
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi 
QT, 2006-y., 7-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro 
avtomobilda yo‘lovchilar va yuk tashishlarini amalga oshirishni litsenziyalash to‘g‘risidagi 
Nizomning 
11-bandi 
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita litsenziya talabgori tomonidan yoxud ular 
olinganligini tasdiqlovchi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda 
yetkazib beriladi. 
Taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ularning nusxasi hujjatlar qabul 
qilib olingan sana ko‘rsatilgan holda zudlik bilan ariza beruvchiga topshiriladi (yuboriladi)”. 
6. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-dekabrdagi 323-son qarori (O‘zbekiston 
Respublikasi QHT, 2011-y., 50-son, 513-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy avtotashuvchilarning 
O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tranzit harakat qilishi uchun mo‘ljallangan yo‘nalishlar
 
ro‘yxati

a) quyidagi mazmundagi 53 — 99-son yo‘nalishlar bilan to‘ldirilsin: 

Yüklə 349,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin