Geoekologik monitoring
Geoekologik monitoring - bu tabiiy va antropogen omillari ta‟sir ko‟rsatishi
sharoitida atrof muhitning holatini makon va zamonda baholash va prognozlashning
muntazam uzoq kuzatishlar tizimining majmuasidir.
Bu tizim tabiiy tizimlar turli xil komponentlar (litologik tarkibi, ya‟ni ekinlar
qoldig‟i, ularning tarkibi, gruntlar joylashish darajasi, kimyoviy tarkibi va zamin
suvlari agressivligi va x.k.) va ular o‟zaro ta‟sir ko‟rsatishi jarayonida muhandis-
texnikaviy, ekologik jarayonlarning muntazam kuzatilishidir.
Geoekologik monitoring - bu umum ekologik monitoringi, atrof- muhitning
holati ustidan nazorat qilish tizimining takibiy qismidir. U asosan yirik mega
86
polislarda , chunonchi: sanoat ishlab chiqarishi yetarli darajada keng rivojlangan,
ham kichik, ham yirik korxonalar mavjud joylarda, avtomobilga yoqilg‟i quyish
shaxobchalari, ilmiy korxonalar, maishiy xizmat ko‟rsatish markazlari,
avtomagistrallar va x. joylarda o‟tkaziladi.
Geoekologik monitoringining maqsadi - noxush gidrotexnogen jarayonlar
hududni geologik barqarorligini prognozi, tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish
uchun uni himoya qilishning tavsiyalarini ishlab chiqishni baholash va nazorat
qilishni amalga oshirish uchun zaruriy axborotlarni olishdir.
Geoekologik monitoringning asosiy vazifalari geotizim komponentlari
(atmosfera, suv, o‟simlik, tuproq, litosfera va sh.k.) holatlari va geoekologik
vaziyat yig‟indisida aniqlanadigan ular o‟zaro ta‟sir ko‟rsatishi jarayonida
muhandis texnik ob‟ktlar o‟zgarib turishi ustidan muntazam kuzatish olib borishdan
iboratdir.
Shahar agromelioratsiyalari sharoitida inson hayoti maishiy qulayligi darajasi
ustidan umumiy nazoratni joriy etish uchun geoekologik monitoringning majmuali
dasturini yaratish zarur.
Axborotlar to‟plash odatda hududning batavsil tahlilidan boshlanadi. Seliteb,
sanoat va rekreatsion zonalarni ajratish bilan keyingi 30 - 50 yilda uning
o‟zgarishini hisobga olish bilan tumanning infrastrukturasi haritasi tuzib chiqiladi.
Ishlarning keyingi bosqichida tor ixtisoslashgan axborotlarni tashuvchi
«tabaqali» haritalar tuzish bilan taqkoslovlar taxlililga asoslangan:
1)
Talveglar va suv ajratish kartasi;
2)
Yer sathining qiyaliklari;
3)
Rel‟efning texnogen o‟zgarishlari dinamikasi (rekultivatsiya, kamchak,
ag‟darish, arxitektura rejalashtirish qarorlari ).
Bu axborotlarning batafsil taxlili inson yashashi uchun eng ko‟p noxush
zonalarni ajratish bilan hududning taxminiy geologik haritasini tuzishga imkon
beradi.
Geoekologik
monitoring
majmuasi
umumiy
tizimning
va
tabiat
kompanentlariga ham tabiiy, ham texnogen salbiy ta‟sir ko‟rsatishning oqibatlarini
87
o‟z vaqtida oldini olishga, shuningdek muhandis texnika ob‟ektlarini:
o‟z
vaqtida himoya tadbirlarini o‟tkazish yo‟li bilan hududning geoekologik
barqarorligini saqlashga imkon yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |