Termiz davlat pedagogika instituti magistratura bo’limi


-§ San’at markazlari orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/24
tarix25.06.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#135080
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Botirov Sardor Soatmuratovich 111111111 (78(1) (1)

1.3-§ San’at markazlari orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirishning mezonlari, o‘rni va shakllantirish usullari. 
Tarix xotirasi xalqning, jonajon o`lkamizning, davlatimiz hududining xolis va 
haqqoniy tarixini tiklash milliy o`zlikni yangilashni, ta`bir joiz bo`lsa, milliy 
iftixorni tiklash va o`stirish jarayonida g`oyat muhim o`rin tutadi. Tarix millatning 
haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va 
jasoratlari 
tarixiy 
xotiramizni 
jonlantirib 
yangi 
fuqarolik 
ongini
shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda.
Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma`naviy jasoratni, diniy 
dunyoqarash bilan ma`naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy 
bilimdonlikni o`zida mujassam etgan buyuk arboblar ko`p bo`lgan. Imom at 
Termiziy, Imom al Buxoriy, Hoja Bahovuddin Naqshbandiy, Xoja Ahmad 
Yassaviy, Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, 
Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko`plab buyuk ajdodlarimiz milliy 
madaniyatimizning rivojlanishiga ulkan xissa qo`shdilar, xalqimizning milliy 
iftixori bo`lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizitsiyasi taraqqiyotiga 
qo`shgan buyuk xissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma`lum. Madaniyat va 
san`at, uning rivojlanish jarayoni tarixini bilish o`qish va o`rganish – bu bizning 
kelajak dunyoviy tafakkurimizning qay darajada bo`lishligini belgilab beradi. Shu 
o`rinda avloddan –avlodga afsona sifatida o`tib kelayotgan bir haqiqatni kiritib 
ketsak zarar qilmaymiz. Hayotdagi kamchiliklar, ziddiyatlarni bartaraf etishda, 
zamonaviy sharoitni hisobga olgan holda, tarbiyachilarda larda aniq axloqiy 
tarbiya kriteriyalarini, ishlab chiqish va ularni jalb etish qoidalarini 
takomillashtirish kerak. Estetik va badiiy fanlararo aloqalarning hayotiy 
murakkabligi hamda hayotiy yashash yo`lini fikrlab ko`ra bila oladigan 
o`quvchilarni tarbiyalash, amaliy ish jarayonida bilim berishni qayta qurish tubdan 
ko`rib chiqishni talab etadi. 
Axloqiy madaniyatni yuqori darajada shakllantirish uchun ijodiy tasavvurni 
takomillashtirish lozim bo`ladi. Ijodiy kengqamrovli tasavvur qila olish 


25 
qobiliyatiga ega bolalarga tasviriy san`at alifbosiga to`g`ri yo`naltirishni yo`lga 
qo`yish kerak. Tasviriy san`at inson hayotida, uning axloqiy tarbiyasiga ta`sir 
etuvchi muhim omillardan biridir. Insonning his qilish, san`at obyektidan hissiy 
lazzatlanish xususiyatlarini shakllantirishda – san`atning yo’naltiruvchi asosiy 
kuchini ko`ramiz. 
V.A.Suxomlinskiy – bolalar tarbiyasi to`g`risida juda ko`p foydali fikrlar 
berib ketgan. Bolalarni hissiy tarbiyalash estetik-axloqiy madaniyatli etib 
tarbiyalash go`zallikni seza olish, qabul qilish bilishni shakllantirish kerak. 
Jismoniy va ilohiy go‘zallikni his qilish tasavvur qilish haqida ham o`ylab ko`rilsa 
maqsadga muvofiq bo`lar edi. Qilgan ishidan zavqlanish, san`atni tushunish va his 
qilish, hamda bolalarni san`at asarlarini sevishga o`rgatish, tabiatni muhofaza 
qilish tabiatdan zavq olish kabi hislatlarni takomillashtirish lozim. Har bir odam 
go`zallikni ko`ra bilish, his qilishi, zavqlana olishi ma`naviy tarbiyaning asosidir
8

Insonning intilishi uning dunyoqarashini shakllantiradi. Ma`naviy tarbiyada 
tasviriy san`atning tutgan rolini hech bir narsa bilan almashtirib bo`lmaydi. 
Tushunib yetish, his qilish orqali turli xil obrazlarni yaratamizki bu siymolar inson 
yuragiga diliga yo`l topadi. Aqlini taajjubga soladi. Badiiy didning o`sishi, 
ma`naviy qoniqish hosil qilishga, inson dunyoqarashining shakllanishiga sharoit 
yaratadi. Ijtimoiy ko`tarinkilik, shaxsning ma`naviy-ma`rifiy bilimini, hayotda 
tutgan o`rnini belgilab beradi.
San`at asarlarini chuqur tushunish, fikrlash undan qoniqish hosil qilish – 
insonning fikriy doirasiga didiga bog`liq. Ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlab odam 
o`zining mustaqil fikrlashi, idrok qilishi, tabiat xodisalaridan o`z manfati yo`lida 
foydalana bilishi orqali inson qifasini egallaydi. Hozirgi kunda ham inson dunyoni 
chuqur bilmay turib tabiatdagi biron bir voqeani yoki hodisani to`g`ri talqin qila 
olmasligi bor gap. Demak insonga chuqur dunyoviy bilimlar doimo va har lahza 
zarurdir. 
Ijtimoiy yuksalish uchun odam zotiga hamisha juda katta bilim, kuch-quvvat 
8
“Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotining takomillashtirilgan Davlat o‘quv dasturi. T.: 2022 5-6 b


26 
kerak bo`lsa, go`zallikni tushunish uchun idrokiy tasavvur lozim bo`ladi.Inson 
doimo yuqori darajadagi tushuncha va didga ega bo`lmog`i hamda bolani shunday 
yo`nalishda tarbiyalamog`i shart. Bu esa odamning eng yuqori yutuqlaridan biridir. 
Keling, tasviriy san`at fani pedagogikasi masalalariga yaqinroq qaytaylik. 
Tasviriy san`at asari muallifi muhitni, orzu qilgan obrazni yaratish, go`zallikni
paydo qilish uchun uni avval tasavvur etmog`i va so`ng tasvirlamog`i lozim. O`z 
ustida tinimsiz mehnat qilgan musavvirgina o`zi orzu qilgan ko`nikmani 
shakllantira oladi. Bola bilish orqali har tomonlama rivojlanadi, olam butunligini 
tushunib yetadi. Go`zallikni sevish, uni his qilish darajasiga erishadi. 
Go`zallik nima? Insonning hayotiy turmush tarzida, axloqiy va ijtimoiy 
hayotida, ma`naviy chehrasining tabiiy shakllanishida aks etadigan holatlar 
tizimida – ma`naviy tarbiyaning asosiy kotegoriyalari sifatida aks etadi. 
Go`zallikni ko`ra bilish, his qilish, did bilan baho berish - hissiy ko`nikma hosil 
qilishga olib keladi. Narsalarning bir-biriga bog`liqligi, ovozlarning tabiat bilan
uyg`unlashib ketishi, ranglarni o`zaro uzviy ohangdorligi – go`zallik negizidir. 
Inson ichki dunyosining mukamalligi didining yuksakligi – shaxsni hissiy 
go`zallikka intiluvchan etib tarbiyalaydi. O`zaro muloqatda ham odamlarning 
ma`naviy yetukligi, faolligi tufayli – inson ijtimoiy hayotning yaratuvchisi 
deyishimizga asos bo`ladi.
San`atda – go`zallikning ro`yi-rost barq urishi uning aks etishi insonning 
yaratuvchanligiga bog`liq. Go`zallik o`quvchilar shaxsining – shakllanishida ham 
muhim rol o`ynaydi. Badiiy ko`nikma bilish bilan uzviy bog`liq holda
shakllanadi. Badiiy boylikni tushunish turli tasodiflar tufayli turli yo`sinda
o`sadi. Bir-biriga bog`liq holda rivojlanadi. Hayot esa bir-biriga ta`sir etuvchi 
kuchlar orqali davom etadi va yuksaladi. Go`zallik – insonni hissiy junbushga
keltirsa atrof muhitga bo`lgan ishtiyoqini oshirsa tabiiy voqealarni tahlil qilishga 
undasa demak go`zallikni o`zining sirli kuchi bilan inson ruhiga ta`sir 
ko`rsatmoqda deb tushunish kerakShu kuch go`zallikni his etib-yanada go`zalroq 
san`at asarini yaratishga ilxomlantiradi. 


27 
- Bola ko`rganini qiladi degan xalqimizda maqol bor – demak bola oilada 
maktabda ma`naviy tarbiyaning asosini oladikim – bu ta`lim umrining oxiriga 
qadar ta`sir etish mumkin. Ma`naviy tarbiya asosi esa go`zallikni, atrof-muhitni 
sevishga o`rgatadi. Yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantiradi.Badiiy asarlarni 
sevish, tushunish, avaylab – asrash ijodiyotga intilish kabi hislatlarning 
debochasiga asos solinadi. 
Ma`naviy tarbiya – bu hissiy did va aqliy ko`nikma hosilidir. 
Estetika – go`zallik manbaidir, to`g`ri tushunish, to`g`ri xursand bo`lish, 
san`atning hayotdagi o`rnini ko`ra bilishdir – degan Aristotel. Ma`naviy did - 
insonda go`zallikni his qilish, sezish qobiliyatining negizidir. Shaxsning axloqiy 
tarbiyasi – ma`naviy tarbiya bilan uzviy bog`liqdir. Insonda mudrab yotgan 
hissiyotni uyg`otish – ma`naviyatning asosidir. Butun ish faoliyati davrida to`g`ri 
mo`ljalda ish olib borish – go`zallikni his qilish manbai hisoblanadi. 
Tashabbuskorlik hayotda o`ziga ishonch, hayotga bo`lgan muhabbat, olam 
go`zalligini his qilish, haqiqatni yolg`ondan farq qila olish, go`zallikni 
xunuklikdan farqlay olishlik kabi hislatlarning takomillashuvida san`at asarlarini 
o`rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
-Inson bitta non, suv bilan tirik emas balki uning hayotda barkamol yashashi 
uchun ma`naviy boyligi, dunyoqarashi, didi ham zarurdir. Inson hayotda baxtli 
yashash uchun mayda-chuyda narsalarning bo`lishi yetarli emas. Hayotda har bir 
narsani o`z o`rni bor. Maktabgacha yoshdagi bolalarga yetarlicha e’tibor 
bermasligimiz natijasida irodasi bo`sh, ma`naviy noyetuk, go`zallikni ko`ra 
olmaydigan, 
hissiyotsiz, 
didsiz 
shaxslarni 
shakllanib 
qolishiga 
sabab
bo`lmoqda. Aqlan - zaif, qahri - qattiq, atrof- muhitga beparvo, ota-onasiga 
bemehr, qallob, shafqatsiz, o`z shaxsidan boshqa shaxslarni past ko`radigan, turli 
oqim va aqidalarga ishonuvchan, dinga ko`r-ko`rona ishonuvchan –manqurtlar 
yetishib chiqishiga yordam beradi. 
Ular shiddatli hayot oqimiga tayyor emas, o`z manfatini ko`zlavchilar bo`lib 
qoladilar. Ularni san`atga, go`zallikka yo`naltirish bu jamiyatimizning kelajagi 


28 
ishonchli qo`llarga o`tishi uchun asosiy ko`prik vazifasini o`taydi. Bu o`rinda 
bog’cha tarbiyachisining hissasi beqiyosdir. 
Go`zallik bu – takrori yo`q gavhardir. 
Uni ko`ra bilishning ilk g`unchasi –san`atdir. 
tabiat go`zallikni yaratuvchi bog`bon. 
umumbashiriyat go`zallik ila tirik va to`la-to`kis hamohang yashaydi 
Go`zallik doimo ko`z oldimizda, uni biz har lahzada ko`rishimiz his qilishimiz 
mumkin lekin bu holatni his qilib sezish hammaga ham nasib
etavermaydi. Olamda xunik narsaning o`zi yo`q, hamma narsa chiroylidir. Uni
qanday qabul ko`ra olishga bog`liqdir
9
. Chiroyni, go`zallikni ko`ra bilishlik, 
qalbdan sezish, zavqlanish, lazzatlanish – bu ma`naviy didimizga, axloqiy 
dunyoqarashimizga bog`lik. Rassom odamni, hayvonat olamini tasvirlar ekan 
uning tuzilishini hamda tasvirlash metodikasini mukammal bilmog`i lozim.
Metodika so`zi grekcha bo`lib, "tadqiqot" yo`li bilish, usul ma`nolarini beradi. 
Pedagogikada o`qitish metodlari deganda, talabalarni bilim, mahorat va 
malakalarini oshirishda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda va dunyoviy 
bilimlarni chuqur egallashida tarbiyachilarning qo`llagan ish metodlari - usullari 
tushuniladi.
Oliy ta`lim muassasalarida ta`limning turli usullari qo`llaniladi. Masalan: 
o`quv, o`quv turi, rejasini dasturi va ta`lim prinsiplari, o`quv tarbiyaviy ishlarning 
maqsad va vazifalari muhim ahamiyatga egadir.
Respublikamizda ro`y berayotgan o`zgarishlar barcha sohalardagi kabi bo`lajak 
tarbiyachilar zimmasiga ham o`ta ma`suliyatli vazifalarni yuklaydi.
Tarbiyachining kasbiy xususiyatlari borasida to`xtalganda shuni ta`kidlash 
lozimki, u eng avvalo o`z kasbining jonkuyari, uni dildan sevadigan, o`z ishiga 
ijodiy va ilmiy yondoshadigan shaxs bo`lmog`i ta`lab etiladi. Bu shaxsda yangi 
bilimlar va ilg`or tajribalariga chanqoqlik, muhimi unda tashkilotchilik, 
9
Tasviriy san`atga oid atashamarning izohli lug`ati T 1994. 


29 
kuzatuvchanlik, 
qat`iylik 
va 
insoniylik 
xususiyatlari 
yaqqol 
sezilib
tursin. Tarbiyachi tasviriy san`atdan maxsus bilim va malakalar bilan 
qurollanmasdan turib Tarbiyachilikni bajara olmaydi yoki tarbiyalanuvchi
yoshlarga tabiat go`zalligini, ona Vatanimizning tarixini, milliy merosimizning 
tarixini ta`riflab bera olmaydi, hamda o`z kasbiga qiziqtira olmaydi.
Bugungi talaba, bo`lajak pedagog, o`zbek xalqining hamda o`tmishi bor 
bo`lgan Markaziy Osiyo xalqlarning amaliy va tasviriy san`at borasidagi noyob 
namunalarini o`zlashtirgan bo`lishi va to`laligicha tarbiyalanuvchi yoshlarga 
ulashmog`i ayni davr talabidir. Shu sababli bo`lajak tarbiyachi-pedagoglarga 
quyidagi talablar yuklanadi :
-O`zlari ta`lim berishi lozim bo`lgan o`smir va yoshlarga san`at sirlarini, 
madaniy meros namunalarini har tomonlama o`rgatish;
-Ayni yangilanish, rivojlanish davrida yosh avlodni bilimdon, yaratuvchan, 
yuksak madaniyatli va mustaqil mamlakat taqdiri uchun ma`sul shaxslar qilib 
tarbiyalash;
-Ulug`vor bunyodkorlik ishida malakali, g`ayratli o`qituvchilar yoshlar 
peshqadamlik qilmoqlari uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori 
malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash ; 
-Tarbiyalanuvchilarni san`at yo`nalishi buyicha ijodkorlikka yetaklash, layoqat
sezilganda esa astoydil o`rgatish uchun maxsus to`garaklarga jalb etish :
-Tarbiyalanuvchi va yoshlarga nafis san`at sirlarini o`rgatish borasida o`z ustida 
doimo izlanish, talabalar faoliyatini rivojlantirib, to`g`ri va asosli shakllantirish 
uchun pedagogik qoidalar asosida tajribalar olib borish :
- Turli davr, turli xalklarga mansub tasviriy san`at asarlarini mushohada qila 
olmog`i va uni tushunish sirlarini yoshlarga ulashish uslublariga ega bo`lish,
tasviriy san`at insonni shakllantirishdagi muhim va ishonchli vositalardandir, 
bunday imkoniyatni xar bir mashg`ulotda qo`llash uchun yangicha uslub va 
mumkin bo`lgan usullarini ishga solish hamda amalda qo`llay olish mahoratini 
o`rgatish: Zamon talabi bilan dars va mashg`ulotlarni noan`anaviy dars rejalari 


30 
bilan o`tkazish: Jahon andozalariga xos yangi texnologiyalarini o`rganib, 
mashg’ulotda qo`llay olish mahoratini egallashi kerak. 
Yuqorida zikr etilgan talablarni o`zida mujassam etgan har qanday 
tarbiyachiga kelajak avlodimizni ishonib topshirsak bo`ladi. Estetik tarbiya 
jarayonida kishining qarashlari, hissiyotlari, didi hamda ideallari shakllanadi bu 
shakllanish mafkuraviy tarbiya, ijodiy fikrning rivojlanishi bilan mustahkam 
bog`langandir. Estetik tarbiya kishini olijanob, go`zal hamda insonparvarlik 
harakatlariga moyil qiladi. Fizika – matematika fanlari doktori, professor 
A.A.Kitaygorodskiy, shunday yozadi: Turli- tuman ko`rinishlarga ega bo`lgan 
go`zallikni tushunish va sevish insonning ma`naviy boyishi uchungina emas, balki 
uning yaxshi ishlashi uchun ham kerakdir. Inson qaysi sohada ishlamasin, u 
adabiyotchi va matematik, geograf yoki ximikmi, u nafosat va go`zalliklarni ko`ra 
olishi va tushuna olishi kerak. Har bir bolani hayotda, davlatimizning moddiy va 
ma`naviy rivojlanishida faol ishtirok etadigan qilib tayyorlash uchun unga faqat 
bilim berib tarbiyalashgina kamlik qiladi, uning shaxsiy qobiliyatini rivojlantirish, 
yangilik yaratishni o`rgatish, go`zallik qonuni bo`yicha yashash va ijod qilishni
shakllantirish lozim. Hayot go`zalligini ko`rishga intilish insonni olijanob
qilib tarbiyalaydi, uning kundalik ishini estetik rohat-farog`at manb`aiga 
aylantiradi. Bolalar ko`nglida go`zallik va yuksak g`oyalar hissini uyg`otishga 
da`vat etishda tarbiyachini o`rni g`oyat kattadir. Bolalar ma`naviy didini 
rivojlantirish uchun tarbiyachi, avvalo, ularning e`tiborini hayotdagi go`zallikka 
qaratishga, go`zallikni payqash, his etish, qabul etish, huzurlanish, quvonishga 
o`rgatish kerak. Did insonning tug`ma xususiyati emas. U rivojlantiriladi, 
bog’chada uni takomillashuviga yordam beruvchi birinchi inson tarbiyachidir.
Tarbiyachi bolalarga tabiatning rang-barang olamini, rang-birang shakllarini 
ko`rsatadi. Tabiat go`zalligi, ochiq havoda o`tkazilgan kunlar haqida xotiralar, ular 
hayotda ko`rib baxri-dillarini ochilgan, tasvirlash qiyin bo`lgan gulzorlarning 
ranglari - ularning ko`nglini shodixondon etgan, hayajonlantirgan narsalarning 
xotirasi uzoq vaqtgacha tarbiyalanuvchi qalbida saqlanib qoladi. tarbiyalanuvchilar 


31 
naturadan manzara, daraxt shoxlari, yaproqlar, gullargning rasmini chizar ekanlar, 
ularning shakllarini o`rganar ekanlar, tabiatga, uning shakl va ranglari naqadar boy 
va turfaligiga amin bo`ladilar, tabiatdagi go`zallikka, voqea-hodisalarga mehr-
muhabbatlari osha boradi.
Tarbiyalanuvchi rasm chizayotgan vaqtida buyumning formasi, ularning 
shakliy qurilishi, proporsiyasi, bo`shliqdagi holati, rangi, uning och-to`qligi, 
materialining qandayligi e`tibor bilan o`rganiladi, shu bilan ularni yanada 
samaraliroq, ko`p tomonlama, teran va aniq xis etishga ko`nikib boradi. Tasvir 
chizishga o`rganish o`zaro bog`liq bo`lgan ikki masalani hal qiladi: 
tarbiyalanuvchining 
ko`rish 
qobiliyatini 
o`stiradi, 
hamda 
tasvirlayotgan, 
ko`rayotgan narsa haqidagi tasavvurini oshirib uni chuqurroq anglab
yetishga o`rgatadi.
Tarbiyalanuvchilarning ko`rish qobiliyatini o`stirish deganda biz ulardagi bir 
maqsadga qaratib yo`naltirilgan kuzatishni tarbiyalashni: buyum va xodisalarini 
o`zaro taqqoslash, o`xshashlik va tafovutni aniqlash, ularning shakl va uslubiga
qarab turkumlashtirishga o`rgatishni tushunamiz. Hozirgi kundagi rasm o`rgatish 
metodikasi birdaniga kelib, shakllangan emas, bunga qadar mazkur metodika 
shakllanishi va murakkab taraqqiyot yo`lini bosib o`tdi. Respublikamizda tasviriy 
san`atni o`rgatish metodikasining shakllanishida mahalliy olimlar, metodistlarning 
qator izlanishlari, o`quv qo`llanmalarning ahamiyati juda katta o`rin tutadi. Badiiy 
pedagogika metodika sohasidagi so`ngi yutuqlari ko`rsatilgan va talabalarni 
pedagogik faoliyatga tayyorlash, ularni metodik bilim va mahoratlar bilan 
qurollantirish o`qitish san`atini egallashiga yordam berishni o`ziga asosiy maqsad 
qilib qo`ygan. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan o`quv-tarbiyaviy vazifalarni amalga 
oshirishga dastur asosida o`qitiladigan tasviriy san`at mashg`ulotlari narsaning 
asliga qarab tasvir chizish; xotira va mavzu asosida tasvir chizish ; dekarativ 
amaliy san`at va haykaltaroshlik : San`atni idrok qilish kabi turlarda olib boriladi. 
Quyida biz tasviriy san`at faning turlarini ko`rib chiqamiz. 
Tarbiyachi mashg’ulotlarda bolalarni dars mavzusiga aktivlashtirish uchun 


32 
dars mavzusining mazmuni, hayotdagi ahamiyati va uni chiqish qoidalari 
tushuntirishi zarur. Ba`zida tarbiyachilar tasviriy mashg’ulotlarni tashkil etish 
uchun bolalarga mashg’ulot mavzusi yuzasidan savollar berib, unga berilgan 
javoblarni to`ldirish kabi vositalardan foydalaniladi. 
Tarbiyalanuvchilar faoliyat va faoliyatdan tashqari vaqtlarda mustaqil ravishda 
bajarayotgan ishlari vositasi bilimga, malakaga, ijodiy ko`nikmaga ega bo`ldilar, 
tarbiyachining vazifasi tarbiyalanuvchilarning mustaqil ishlariga yordam berishi, 
rag`barlantirish metodi asosida ilhomlantirish, yutuq va kamchiliklarni
o`z vaqtida ko`rsatish, ularni o`z kuchiga ishonchini mustahkamlashida
rahbarlik qiladi. Mashg’ulot jarayonida har bir individual xususiyatlari bilan bir-
biridan 
farq 
qiladigan 
turli 
yoshdagi 
yoshlar 
bilan 
ish 
olib
boriladi. Tarbiyalanuvchilar orasida ko`rib turgan narsalarni to`g`ri tasvirlay 
oladigan xotira asosida qiynalmay rasm chizadiganlar bilan bir qatorda, oddiy 
tasvirga qarab nusxa ko`chirishga ham qiynaladiganlar uchraydi. Bu borada biz 
ba`zi tarbiyalanuvchilarning ko`rish qobilyatining sustligi, rang sezmasligi kabi 
boshqa hollarini hisobga olishimiz kerak.
Guruhda o’zlashtirishi past bo’lgan bolalarga "Kuchli" biladigan bolalarni
biriktirib qo`yish ham yaxshi natija beradi. Tarbiyalanuvchilarning tasviriy 
faoliyatini aktivlashtirishda, ayrim tarbiyalanuvchilar bilan yakka tartibda 
munosabatda bo`lish va unga pedogogik ta`sir o`tkazish ham katta ahamiyatga ega.
Narsaning o`ziga qarab rasm chizish o`tiladigan tasviriy san`at mashg`ulotlarining 
asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Bu mashg`ulot jarayonida tarbiyalanuvchilarning 
narsa va hodisalarning kuzata bilish qobiliyatlari rivojlanadi, xotiradan va 
tafakkurdan rasm chizish malakalari ortadi, narsalarning fazodagi holatlarini 
aniqlay bilish, ularning hajmi, shakli, rangini, shu`la-soyasi yordamida tekislikda 
tasvirlash tushunchalari o`sib boradi. Hayot go`zalligini ko`rishga intilish insonni 
olijanob qilib tarbiyalaydi, uning kundalik ishini estetik rohat-farog`at manb`aiga 
aylantiradi. Bolalar ko`nglida go`zallik va yuksak g`oyalar hissini uyg`otishga 
da`vat etishda tarbiyachini o`rni g`oyat kattadir. Bolalar ma`naviy didini 


33 
rivojlantirish uchun tarbiyachi, avvalo, ularning e`tiborini hayotdagi go`zallikka 
qaratishga, go`zallikni payqash, his etish, qabul etish, huzurlanish, quvonishga 
o`rgatish kerak. Did insonning tug`ma xususiyati emas. 
Kuzatish jarayonida bolalarlar narsalarning o`lchovlarini o`zaro solishtiradilar, 
ular o`rtasidagi farqni taqqoslash yo`llari bilan topadilar. Narsaning o`ziga qarab 
rasm chizish jarayonida o`quvchilarga odam, hayvon shuningdek qushlar 
turkumining o`lchov nisbatlari, umumiy o`lchovlar: kalla, qo`l, oyoq, tos va 
boshqa plastik anatomiya haqida tushunchalar beriladi. Bundan tashqari faktura 
haqida ma`lumot berib boriladi, masalan, yuzi gadir-budir bo`lgan narsalar
bilan bir qatorda yuzasi yaltiroq bo`lgan shisha yoki sirli narsalarning shakli 
chiziladi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash tizimining samarali ishlashiga
erishishni ta’minlash uchun Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilada ularning
keng qamrovli faoliyatini ta’minlaydigan pedagogik sharoit yaratish zarur.
Buning uchun oilada onalar bolalari bilan jiddiy shug’ullanish kerak bundan 
tashqari tarbiyachilar bilan muloqatda bo‘lib turishlari kerak bu esa bolalarda
atrof-olam hamda undagi voqea va hodisalarni anglash ko‘nikmalarini tarkib
toptirish vositasida ularning maktab ta’limiga tayyor bo‘lishlarini, bu jarayonda
lozim bo‘ladigan sobitqadamlik, g‘oyaviylik, o‘rtoqlari, tengdoshlariga do‘stona
munosabat, ularni tushunish, mehnatsevarlik kabi ma’naviy-axloqiy sifatlarni 
rivojlantirishga yordam beradi. Hozirgi kundagi rasm o`rgatish metodikasi 
birdaniga kelib, shakllangan emas, bunga qadar mazkur metodika shakllanishi va 
murakkab taraqqiyot yo`lini bosib o`tdi. Respublikamizda tasviriy san`atni 
o`rgatish metodikasining shakllanishida mahalliy olimlar, metodistlarning qator 
izlanishlari, o`quv qo`llanmalarning ahamiyati juda katta o`rin tutadi.
Shuningdek, chizilayotgan narsani o`ziga o`xshatib, ifoda etish talab
etiladi. Narsaning o`ziga qarab rasm chizish darsi jarayonida har bir o`qituvchi 
mavzuga oid tasviriy san`at asarlarini keltirib unda qanday tasviriy vositalardan 
foydalanganligi, uning kompozitsiyasi, asardagi ranglarning moslashuvi haqida 
chizilayotgan narsalarni taqqoslab ko`rsatsa maqsadga muvofiq bo`ladi.


34 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin