Jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/58
tarix06.07.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135823
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
Jizzax davlat pedagogika instituti (2)

Aksent – 
1) urg’u, aksent, urg’u belgisi; 2) o’z ona tilidan boshqa tilda so’zlovchining talaffuzila 
sezilib turadigan boshqachalik, aksent bilan gapirmoq; 3) tinglovchi yoki ko’ruvchining diqqatini 
jalb qilish maqsadida biror narsaning alohida elementlarin ta’kidlamoq, ta’kidlab ko’rsatmoq, 
ularga alohida urg’u, e’tibor bermoq (musiqada alohida tovush yoki akkordni dinamik kuchaytirish 
yo’li bilan ajratib ko’rsatish, yozuv yoki tasvirdagi biron detalni chiziq yoki rang bilan ajtarib 
ko’rsatish). 
Alaliya – 
(a inkor qo’shimchasi va yunon. laliya-nutq) – dastlabki intellekti saqlangan, eshitishi 
normada bo’la turib, bolada nutqning yo’qligi yoki to’liq rivojlanmaganligi. Alaliya bosh miya katta 
yarim sharlari nutq qismlarining tug’ilish vaqtida shikastlanishi, miya kasalliklari yoki miyaning 
jaroxatlanishi natijasida kelib chiqadi. Ikki turi farqlanadi: motor va sensor. Motor alaliya nutq 
xarakat analizatori po’stloq uchi, ya’ni Broka markazi jaroxatlanishi natijasida sodir bo’ladi. 
Anemiya – 
kamqonlik, qoida gemoglabin xajmining kamayishi bilan bog’liq bo’lgan kasallik. 
Gemoglabin eritrositlar tarkibida bo’lib, kislorod bilan birikib, uni o’pkadan organizm to’qimalariga 
yetkazib beradi. Kelib chiqish sabablariga ko’ra anemiya turlicha bo’lishi mumkin: ko’p qon 
yo’qotish sababli kelib chiquvchi anemiya; surunkali qon yo’qotish sababli kelib chiquvchi yoki 
eritrositlarning yuqori darajada buzilishi oqibatida yuzaga keluvchi anemiya. Anemiya yuqumli 
kasalliklar, gijja oqibatida xam yuzaga keladi. Kasallikning eng ko’p tarqalgan turi – organizmda 
temir moddasining yetishmasligi natijasida yuzaga kelgan anemiya sanaladi. 


Assosiasiya – 
psixologiyada ayrim psixik jarayonlar va xodisalar (tasavvur, fikr, sezgilar) ning 
bog’lanishi; bu bog’lanishlar tufayli biror-bir jarayonning paydo bo’lishi bilan shunga bog’liq 
bo’lgan boshqa jarayon yuzaga keladi. Assosiasiyaning fiziologik asosini muvaqqat nerv 
bog’lanishlari tashkil qiladi. Assotasiyalar xotira va tafakkur bilan bevosita bog’liq. 
Ularning 3 turi farqlanadi: yondoshlikka asoslangan, o’xshashlikka asoslangan, qarama-
qarshilikka asoslangan assosiasiyalar. Ta’lim berish jarayonida o’xshashlikka asoslangan 
assosiasiyalar katta axamiyatga ega. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin