Gimnastika MTTda – ertalab bolalar bilan mashg’ulotlardan oldin o’tkaziladigan
gimnastika, bolalar bog’chalari guruhlarida bolalar faoliyatini tashkil qilish tartibi. Ertalabki
gimnastika bolalar bog’chasining birinchi kichik guruhdan boshlab o’tkaziladi. To’g’ri qad qomatni
shakllantirish, oyoqlarni mustaxkamlashga qaratilgan mashqlar majburiy mashqlardan xisoblanadi.
Gipog’amxurlik – bolaga to’qil erkinlik berib qo’yish. Bu tarbiya turli loqayd, sovuqqon,
beparvo tarbiya turi bilan qo’shilib ketadi.
Gu-gulash davri – bir yoshgacha bo’lgan bolaning nutqni egallashga tayyorgarlik davrida
turli xil tovushlarni bo’g’inlarni aytishi. Masalan, olti yetti oylik bola “ba-ba-ba”, “da-da-da”, “ma-
ma-ma”, “ga-ga-ga” kabi tovushlarni chiqaradi.
Gumonsirash – xavotirli shubxalanish. Xavotirli shubxalanish - tarbiya turi xukum surgan
oilalarda asabiy bolalar voyaga yetadi.
Guruh – biron maqsadga ko’ra birlashgan yoki birlashtirilganlar majmuasi. Mas; MTTda
yoshiga ko’ra birlashtirilgan bolalar guruhlari, maktabda sport turlariga ko’ra birlashtirilgan bolalar
guruhlari va xk.
Go’zallik – estetika kategoriyasi bo’lib, narsa xodisalarning nafisligi va nafosatini ijtimoiy
ma’naviy jixatdan baxolovchi mezon, ijtimoiy xayotda birolr bir narsa yoki kishiga xos
xususiyatlarning shaklan va mazmunan uyg’unligini anglatadigan, turli shakllarda namoyon
bo’ladigan va insonda yoqimli tuyg’u zavq, kuchli g’ayrat xissini xosil qiladigan tushuncha.
D Davolash pedagogikasi – kasalmand yoki davolash muassasalaridan muolaja olayotgan
bolalarni o’qitish, ularga tibbiy pedagogik yordam berish masalalari bilan shug’ullanadigan
pedagogika fanining aloxida tarmog’i xisoblanadi.
Dam olish vaqti – ishlovchilar mehnat majburiyatlarini bajarishdan xoli bo’lgan va o’z
ixtiyorlariga ko’ra foydalana oladigan davr. Dam olish turlari: ish kuni davomida dam olish va
ovqatlanish uchun ajratilgan vaqt; ish kuni tugagandan keyingi xar kunlik dam olish.
Dars – o’qitishning vazifalari, mazmuni, nizom va metodlarini o’zida mujassamlagan,
ma’no jixatdan tugallangan tashkiliy va vaqt jixatdan cheklangan o’quv jarayonining asosiy shakli.
Ilk bor 18 asrda xozirgi kunga xam pedagogika va didaktikada o’z axamiyatini saqlab kelayotgan
“Buyuk didaktika” asarining muallifi Yan Amos Komenskiy tomonidan Seminarotga joriy qilingan.