💐💐💐Tassavur qiling bog'da sevgilingizni kutib o'tiribsiz. So'nngi pulingizga gul (yoki boshqa narsa) sotib olgansiz. Ammo to'satdan bir kishi kelib gulingizni ustiga o'tirib oldi. Bunday vaziyatda u kishiga nima deysiz?
A). "Nima qilganingiz amaki? Bu gulni axir oxirgi pulimga olgandim. Farosatingiz bormi?" deya jahl qilib baqirishni boshlayman. B) "Amaki gulimga o'tirvoldizu. Ja chaqqon odam ekansiza?" deb hazilga buraman va kulib turaman. C) "Amaki, meni kechirasizu, boshqa gul olibberishingizga to'gri keladi. Yaqin insonimga olgandim" deya og'ir bosiqlik bilan to'g'ri tushuntiraman. D) "Amaki nima qilib qo'ydingiz" deya siqilaman va indamayman.
. Xolerik - kuchli barqaror, harakatchan tip. 1. Qoʻnimsiz va shoshqaloq. 2. O'zini bosishi qiyin. 3. Chidamsiz. 4. Muammolarda keskin va to'g'ri so'z. 5. Tashabbuskor va tezda bir qarorga keladi. 6. Oʻjar. 7. Tortishuvda topqir. 8. Ishga goh berilib ketadi, goh tashlab qo'yadi. 9. Tavakkalchi. 10. Kishilarga kek saqlamaydi, xafa bo'lmaydi.
Sangvinik - kuchli barqaror, harakatchan tip. 1. Xushchaqchaq va quvnoq. 2. Ishchan, g'ayratli. 3. Ko'pchilik hollarda boshlagan ishini oxiriga yetkazmaydi. 4. O'ziga ortiqcha baho berishga moyil. 5. Yangilikni tez egallashga layoqatli. 6. Qiziqishi va mayli turg'un emas. 7. Muvaffaqiyatsizlik va ko'ngilsizlikni yengil o'tkazadi. 8. Har xil sharoitga oson moslashadi. 9. Har qanday ishga zo'r qiziqish bilan kirishadi. 10. O'zini qiziqtirmagan ishdan tezda soviydi.
Flegmatik kuchli barqaror, kam harakat tip. 1. Sovuqqon va xotirjam. 2. Ishda batartib va sharoitni hisobga oladi. 3. Ehtiyotkor va andishali. 4. Kutishga, chidamga layoqatli. 5. Kamgap, behuda so'zlashni yoqtirmaydi. 6. Gapirganda nutqi bir xil, tekis imo- ishorasiz va hayajonsiz. 7. Chidamli va oʻzini tuta biladi. 8. Boshlagan ishni oxiriga yetkazadi. 9. Ishga behuda kuch sarf qilmaydi. 10. Ish tartibi va rejimiga qat'iy amal qiladi.
Melanxolik bo'shang va xayolparast tip. 1. Tortinchoq va uyatchan. 2. Yangi sharoitda o'zini yo'qotib qo'yadi. 3. Notanish kishi bilan tez til topisha olmaydi. 4. O'z kuchi va imkoniyatlariga ishonmaydi. 5. Yolg'izlikni yaxshi ko'radi. 6. Muvaffaqiyatsizliklarda oʻzini yo'qotib qo'yadi. 7. O'zi bilan o'zi boʻlishni yaxshi ko'radi. 8. Tez charchaydi. 9. So'zlaganda nutqi kuchsiz, ba'zan shivirlab qoladi. 10. Suhbatdoshining xarakteriga ilojsiz ko'nikadi.
Meni darsimni hurmat qilmaganlar iltimos meni emas o'z hurmatizni biling wunda hammasi yaxwi bo'ladi 😊