Jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/58
tarix06.07.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135823
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
Jizzax davlat pedagogika instituti (2)

Bola (bolalar)-
18 yoshga to’lgunga qadar bo’lgan shaxs. 
Bola rivojining grammatikagacha bo’lgan davri – 
og’zaki nutqni o’zlashtirish davri bu 
davr nutqda grammatik tuzilmalarni yo’qligi bilan belgilanadi. Bunda bola nutqida ibora bitta yoki 
bir nechta amorf so’zlardan tashkil topgan bo’ladiki, ularning tushunilishi muomala 
qilayotganvaziyatga bog’liq bo’ladi.
Bola xuquqi – 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola xuquqlari Konvensiyasi tomonidan 
tasdiqlangan umumiy me’yoriy qonun qoidalar majmui 
Bolalar do’stligi – 
odatda bir xil yoshda bo’lgan bolalar o’rtasida idrok etish, muloqot qilish 
va o’zaro munosabatlarni shakllantirish tajribasi. Bolalar do’stligi asosida bir tomondan sherikka 
nisbatan mayl, shu jumladan uning tashqi jozibasiga qoyil qolish va uning malakalarini tan olish 
xissi yotsa, ikkinchi tomondan yolg’izlikdan qochish va o’zligini namoyon qilish istagi yotadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar do’stligiga ota onalarning fikr muloxazalari va tarbiyachilarning 
baxolari katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
Bolalar injiqliklari – 
bolalar xulq atvorining o’ziga xos ko’rinishlari, maqsadsiz va turtkisiz 
xatti xarkatlar kattalar talablariga asossiz qarshilik ko’rsatish, o’zining fikrini ma’qullab turib olish 
kabi xolatlarda o’z ifodasini topadi.
Bolalar infeksiyalari – 
xavo tomchi yo’li bilan o’tadigan va asosan bolalarda uchraydigan 
o’tkir kasalliklar guruxi: suvchechak, bo’g’ma, ko’kyo’tal, qizamiq, qizilcha, minenget, skalatina, 
tepki. 
Bolalarning o’yin bilan bog’liq xulq atvori – 
bolaning o’z tengdosh sherigi bilan o’yin 
vositasida amalga oshirilgan o’zaro munosabatlari va o’yinchoq sherigiga nisbatan rol o’ynagandek 
xatti xarakati o’yin bilan bog’liq xulq atvorining ushbu ikkala shakli bolalarda 5 yoshga kelib 
shakllanadi. 
Bolalik – 
insonning voyaga yetishishidan oldingi keladigan rivojlanish bosqichi 
organizmning jadal o’sishi va oliy psixik fuknsiyalarning shakllanishi bilan tavisflanadi. Xozirgi 
zamon psixologiyasi falsafasi va sosiologiyasida bolalik tushunchasi biologik asosga ega bo’lib, 
ko’plab ijtimoiy madaniy omillarga bog’liq bo’lgan murakkab ko’p o’lchovli fenomen sifatida olib 
qaraladi.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin