2. Ekologik tahlilning vazifalari Ekologik tahlilining asosiy vazifasi, loyihani amalga oShiriSh va foydalaniSh
vaqtida atrof-muhitga keltiriladigan potensial zararni aniqlaSh va uni yumShatiSh yoki
bartaraf etiSh uchun zaruriy choralarni belgilab oliShdir.
Umuman, atrof-muhitga etkazilayotgan zararni barataraf etiSh yoki uni rivojlaniSh
sur’atlarini qisqartirmagan holda sezilmaydigan darajagacha kamaytiriSh yanada muhim
muammo hisoblanadi. Atrof-muhit «tabiiy kapitalni» namoyon etadi. Daryo oqimi,
tuproqni tabiiy himoya qiliniShi, havo oqimlaring doimo o‘zgarib turiShi – “tabiy
kapital”dan keladigan foydadir va tabiatni iqtisodiyotni rivojlantiriShga bergan
xizmatlaridir, ular iqtisodiy rivojlaniShni qo‘llab-quvvatlaydi va rabatlantiradi.
3. Ekologiya bo‘yicha loyiha-smeta xujjatlarini tayyorlaSh Atrof-muhitni muhofaza qiliSh maqsadlarini ko‘zlaSh loyiha - smeta xarajatlarida
o‘z aksini topadi. Iqtisodiy rivojlaniSh muammolarini insonlar tomonidan ilmiy
o‘rganiSh kuchayiShi bilan, loyihalarning ekosistemaga ta’sirini juda bo‘lmaganda
minimal xavfsizlik me’yori darajasiga tuShiriSh imkoni paydo bo‘ladi. Bu me’yorlarga
inson salomatligiga bo‘lgan xavf darajasi, atrof-muhitga zararli moddalarni chiqariSh
me’yorlari va boShqalar misol bo‘ladi. Loyihalar ekosistemani muhofaza qiliSh bo‘yicha
chet el mamlakatlari bilan tuzilgan Shartnomalar buziliShiga olib keliShi kerak emas.
Ayrim hollarda loyiha ta’sirida ekologik holat salbiy tomonga qarab o‘zgariShi va
bunga ruxsat beriliShi ham mumkin. Masalan, aholi joylaShgan joy yaqiniga temir yo‘l
quriSh loyihalaShtirilsa va bu loyiha amalga oShsa, Shovqin ko‘payadi hamda bu aholi
yaShaSh tarziga salbiy ta’sir etiShi mumkin. Loyihada bu salbiy ta’sirni bartaraf qiliSh
yo‘llari bo‘liShi kerak. Buning uchun aholini boShqa joyga ko‘chiriSh (bu esa juda qiyin,
chunki odamlar o‘zlari o‘rganib qolgan joylardan, yaxShiroq Sharoit yaratib beriliShiga
qaramasdan, ko‘chiShga rozilik bermasliklari mumkin) yoki Shovqinni kamaytiradigan,
yaxShisi umuman yo‘qotadigan moslamalarni uylarga o‘rnatiSh kerak. Bu, albatta,
qo‘Shimcha xarajatlarga olib keladi. Undan taShqari ayrim vaqtlarda aholini
kompensatsiya beriSh yo‘li bilan ham rozi qiliSh mumkin. Masalan, elektrostansiya
quriSh loyihasi amalga oShsa kompaniya egalari atrofda yaShovchi aholiga
elektroenergiyani tekinga beriShni o‘z bo‘yniga oladi.