Estetik tarbiyalashda musiqaning ahamiyati



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix06.07.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#135845
1   2   3   4   5   6
musiqa-va-san-at-maktablari-o-quvchilarini-axloqiy-estetik-tarbiyalashda-musiqaning-ahamiyati

ǀ
ISSUE 3 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 214
uning asosida yuksak emotsiyali qaxramon turadi. Musiqa o‘zida butun axloqiy-estetik 
g‘oyalarni mujassamlashtirgan bo‘lib, uning mazmuni, o‘ziga xos xususiyati, insonga 
ta’sir ko‘rsatish xislati ham ana shundadir. Bugungi kunda ayrim umumta’lim 
maktablarida musiqa xonalarining yo‘qligi, xonalarni texnika vosita va musiqa asboblari 
bilan ta’minlanmaganligi darsning samaradorligiga ta’sir qiladi. Bu esa o‘quvchilarning 
musiqa xaqidagi tasavvuri va bilim ko‘nikmasiga o‘z ta’sirini o‘tkizmasdan qolmaydi. 
Masalan dars jarayonida musiqa asboblaridan foydalanmasdan fonogramma orqali ijro 
etilishi o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini susaytiradi. Aksincha dars jarayonida 
musiqiy asboblar ishtirokida jonli ijro o‘quvchilar ongida ma’naviyatini yuksaltiradi, 
san’atga mehr uyg‘otadi, tasavvur doirasini kengaytiradi, idrokini rivojlantiradi va 
ruxini poklaydi. Ayniqsa dars jarayonida milliy cholg‘ularimiz dutor, rubob, doira 
chang kabilardan jonli ijro etish o‘quvchilarning qalbida milliy g‘urur, milliy 
qadriyatlar, an’analar va milliy urf-odatlar, o‘zligini anglash kabi tuyg‘ularni 
singdiriladi. “O‘zbek xalq qo‘shiqlari rang- barang janrlarda tarkib topgan bo‘lib, inson 
tug‘ulishidan tortib, to hayotining so‘nggi kunlarigacha bo‘ladigan jamini marosimlar, 
an’ana va udumlarning bari turli-tuman qo‘shiqlarda mujassamlashgan. Azaldan 
qo‘shiqsevar ajdodlarimiz ijtimoiy murakkabligini tabiat va jamiyat munosabatlarining 
sirlarini tug‘yonlarni qalbida jo qilishga intilgan”. Inson ruhiyatining ming bir xilda 
jilvalanishlari hasrat-nadomati, orzu-tilaklari, voqelikka bo‘lgan badiiy munosabati qalb 
to‘ridan buloqday jo‘shib, qaynab chiqqan qo‘shiqlarda mujassamlashgan. ” Ma’lumki, 
axloqiy tushunchalar, axloqiy ishonch va axloqiy sifatlar axloqiy ongning tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Axloqiy tushunchalar o‘quvchilarning bilim darajasining 
kengayishiga yordam beradi. Ular o‘quvchilarga turli tuman musiqalar orqali ham 
singdiriladi. Bu ajdodlarimiz tajribasidan yaxshi ma’lum. Musiqa va san’at maktablari 
o‘quvchilarning axloqiy his-tuyg‘ularni milliy-musiqiy ohanglar va kuylar orqali yanada 
mukammalroq sindirib borish katta ahamiyatga ega. Chunki musiqa va san’at 
maktablarida o‘quvchilarning ichki va tashqi dunyosining go‘zal bo‘lishi milliy 
musiqiy tarbiya ishlarining nechog‘lik to‘g‘ri hal etilayotganligiga bog‘likdir. 
“Insonning ichki va tashqi dunyosi bir bo‘lgandagina, u yuqori kamolatga erishadi. 
Insonning ichki va tashqi (ozodaligi, orastaligi) dunyosining go‘zalligi oliyjanoblikning 
o‘zagidir”. Shu nuqtai nazardan Abu Ali Ibn Sino o‘zining bir necha asarlarida axloqiy-
estetik tarbiya muammolarini asosiy masala qilib ko‘rsatadi. “SHifo”, “Ishorat”, 
“Donishmandnoma”, “Xay ibn YAkzon”, “Salomon va Ibsol”, “Tayr” shular 
jumlasidandir. Uning fikricha, “Yaxshi axloqli bo‘lish tarbiyaning samarasidir. Chunki 
tarbiya orqali yoshlarga xalqparvarlik, haqiqiy do‘stlik, kelajakka qat’iy ishonch, 
mustahkam iroda, mardlik, mehnatga, muhabbat, insonlarga chuqur izzat hurmat, 
vatanga sodiqlik kabi axloqiy xislatlar singdiriladi”. Yusuf xos Hojib esa ahloqiy 
tarbiyaga o‘z munosabatini bildirib shunday deydi: “Ahloqiy kamolot insonning butun 
hayoti va faoliyatining birlamchi asosidir. Kimning odobi yaxshi va axloqi to‘g‘ri 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin