35
bilan unga to‘lanadigan sug‘urta qoplamasi miqdorini kelishishga harakat qiladi.
Adjaster sug‘urta hodisasini ro‘y berish sabablarini o‘rganadi va tahlil etadi. Ushbu
tahlil natijalari bo‘yicha sug‘urta kompaniyasiga ekspert xulosasini tuzadi hamda
avariya
komissari
funksiyasini
bajaradi.
Adjaster
vazifasini
sug‘urta
kompaniyasining tarkibiy bo‘limi yoki ixtisoslashgan
tashkilot amalga oshirishi
mumkin.
Aktuariy -
lotin tilidan tarjima qilganda hisobchi degan ma’noni bildiradi.
Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o‘zlashtirib olgan sug‘urta
matematikasi
sohasidagi mutaxassis. U sug‘urta tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab
chiqish, uzoq muddatli sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta zahiralarini shakllantirish
bilan bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi paytda
Angliyada aktuariylar instituti faoliyat ko‘rsatmoqda.
Aktuariylarning xalqaro
uyushmasi mavjud.
Aktuar hisob-kitoblar
- sug‘urta tarifi stavkalarini
hisoblashning iqtisodiy-
matematik usullari yig‘indisi. Ushbu hisob-kitoblar katta sonlar qonuniga
asoslanadi. Aktuar hisob-kitoblarning
metodologiyasi, ehtimollar nazariyasi,
demografiya
qonuniyatlariga asoslanadi, tarif stavkasini miqdori sug‘urta
hodisalari ro‘y berishining ehtimoliyligiga bog‘liq. Demografiya ma’lumotlaridan
fuqarolarning hayotini sug‘urtalashda sug‘urtalanuvchilarning yoshiga mos
ravishda sug‘urta tarifi stavkasini tabaqalashtirishda foydalaniladi. Uzoq muddatli
hayotni sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summalari sug‘urtalangan shaxs vafot etganda
yoki u ma’lum bir yoshga etganda to‘lanadi. Etarli miqdordagi sug‘urta
fondini
shakllantirish uchun, sug‘urtalovchi shartnoma amalda bo‘lgan davrda qancha
shaxs vafot etishi yoki ma’lum bir yoshga etishi ehtimoliyligini bilishi zarur. Aholi
o‘limi darajasi haqidagi statistik ma’lumot asosida turli yoshga etishi ehtimolligini
hisoblash hamda fuqarolarning o‘limi to‘g‘risidagi jadvalni tuzish mumkin. Bu
jadval asosida nafaqani va hayotni sug‘urtalash bo‘yicha tarif stavkalarni hisoblash
mumkin.
Dostları ilə paylaş: