1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja


SUG‘URTALOVCHILARNING INVESTITSIYA FAOLIYATI



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   222
Суғурта иши (3)

 
SUG‘URTALOVCHILARNING INVESTITSIYA FAOLIYATI 
2018 yilda milliy sug‘urta bozoridagi kompaniyalarning investitsiya portfeli 
hajmi o‘tgan yilga nisbatan pasaygan. O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
Vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida kompaniyalar investitsiya 
portfelining joriy hajmi 35,0% ga ortib, 1995,6 mlrd. so‘mga yetdi.
Sug‘urta 
kompaniyalarning 
investitsiya 
faoliyati 
ularning 
o‘z 
mablag‘larining o‘sishi bilan, shuningdek, tushumlar hajmi va mos ravishda 
sug‘urta zaxiralari hajmi ortishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, kompaniyalar 
investitsiya faoliyatini “Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risida”gi 
Nizomga muvofiq (15.12.2008 dagi 1882-son bilan ro‘yxatga olingan) amalga 
oshiradilar, unga ko‘ra esa kompaniyaning aktivlarini diversifikatsiya,
qaytarishlik, foyda va likvidlik tamoyillari asosida joylashtirishni nazarda tutadi. 
Shu munosabat bilan, kompaniyaning investitsiyalari tarkibini tahlil qilish shuni 
ko‘rsatadiki, ular avvalgidek depozit va qimmatli qog‘ozlarni ishonchli investitsiya 
ob’ektlari deb hisoblaydilar. 


166 
2.4-rasm. O‘zbekiston sug‘urtalovchilarining investitsiya hajmi 
dinamikasi
45
 
2018 yilga mo‘ljallangan investitsiyalarning aksariyat qismi depozitlarga 
to‘g‘ri keladi. Kompaniyalarning depozitlarga qo‘yilmalari hajmi 54,0% ga ortib, 
1034,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalar hajmi 706,6 
mlrd. so‘mga etdi, bu esa 2017 yildagi ko‘rsatkichdan 10,0 foizga ortiqdir. 
Natijada jami investitsiyalarda depozitlarning ulushi 6,7 foiz punktga o‘sib, 51,8% 
ni tashkil etdi. Qimmatli qog‘ozlarning ulushi 8,0 punktga pasaydi va 35,4% ni 
tashkil etdi. Bundan tashqari, kompaniyalarning ko‘chmas mulk, zayomlar, 
korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etish uchun kiritgan investitsiyalari hajmi 
ham 2017 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan oshgan. Boshqa yuridik shaxslarning 
ustav kapitalida ishtirok etishi hajmi 2,0 barobar ortib, 125,1 mlrd. so‘mni tashkil 
etdi. Zayomlar 44,0% ga ortib, 13,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ko‘chmas mulkka 
kiritilgan mablag‘lar 115,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilgi 
ko‘rsatkichdan 18,0% ortiq. Kompaniyalarning boshqa investitsiyalari 80,0% ga 
kamaygan va 0,2 mln. so‘mni tashkil etgan. 
Umuman olganda, 2018 yilda kompaniyalarning investitsiya portfelida 
depozitlar ulushining sezilarli darajada oshishi va qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan 
investitsiyalarning kamayishi kuzatilmoqda. Mazkur o‘zgarishlar kompaniya 
investitsiya portfelining sifat ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi


Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin