1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja


 Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy sug‘urta bozorida raqobatni



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   222
Суғурта иши (3)

 
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy sug‘urta bozorida raqobatni 
rivojlantirish istiqbollari
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimiz rivojlanishining ijtimoiy ustuvor 
yo‘nalishlari fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning 
ishonchli tizimini, mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish va aholi turli 
qatlamlarining ijtimoiy himoyasini sug‘urta bozorida huquqiy ta’minlashning 
doirasini yanada kengaytirishni taqozo etmoqda. Sohani rivojlantirish borasida 
45
Rasm 
https://www.uzreport.news/economy
 ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlangan 


167 
amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar, sug‘urta faoliyatiga oid 
qonunchilikning takomillashtirilayotgani aholining sug‘urta kompaniyalariga 
bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda. Sug‘urta xizmatlarining raqobat bozorini 
yanada rivojlantirish, sug‘urta faoliyatining zamonaviy turlarini takomillashtirish 
va sifatini oshirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuv darajasini ko‘paytirish 
borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, sohani isloh qilish va 
rivojlantirishga qaratilgan ulkan e’tibor natijasida sug‘urta mukofotlari miqdori yil 
sayin ortib bormoqda. 
Sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish, aholi keng qatlamlarining va 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning sug‘urta xizmatlaridan foydalanishini 
rag‘batlantirish maqsadida bir qator engilliklar yaratilgan. Sug‘urta xizmatlari sifati 
haqida gapirganda esa, avvalo, milliy sug‘urtalovchilar tomonidan aholiga 200 dan 
ortiq sug‘urta xizmati taklif etilayotganini aytib o‘tish o‘rinli. Har bir sug‘urta 
kompaniyasi bozor talablari va amaldagi qonunchilikdan kelib chiqqan holda 
sifatli raqobatbardosh xizmat turlarini taklif etishga intilmoqda. Masalan, ayrim 
sug‘urta kompaniyalari sug‘urta qoplamalarini to‘lash muddatlarini qisqartirish, 
mijozlarning da’volarini sifatli ko‘rib chiqishini ta’minlash maqsadida 
sug‘urtalanuvchilarga texnik, yuridik va tibbiy assistans xizmatlarini taklif 
etmoqda.
Sug‘urta mexanizmlarining iqtisodiyotdagi imkoniyatlaridan to‘liq va 
samarali foydalanish maqsadida sohaga oid qonunchilik takomillashtirilmoqda. 
Natijada sug‘urta xizmatlarining raqobat bozori yanada takomillashtirilib, 
tarmoqlar rivojlantirilmoqda. Muhimi, aholining keng qatlami sug‘urta xizmatlari 
bilan ta’minlanmoqda. Sug‘urtaning majburiy tartibda kiritilishi, bir tomondan, 
sohaning eng asosiy muammolaridan biri bo‘lgan aholi sug‘urta madaniyatining 
ko‘tarilishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, etkazilgan zararning sug‘urta 
mexanizmi orqali kafolatli qoplanish tizimini yaratadi. Natijada jabrlanuvchilarga 
to‘lanadigan sug‘urta qoplamalarining hajmi keskin oshadi, bu esa aholi ijtimoiy 
himoyasining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi. 
Juda qisqa vaqt ichida mamlakatimizda sug’urta iqtisodiyotning muhim 
qismiga aylandi. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda sug’urta bozorida sug’urta 
munosabatlarining qonuniy, huquqiy bazasi yaratilgan. Milliy sug’urta xizmatlari 
bozori qisqa muddat ichida, g’arb sug’urtalovchilarida bosqichma-bosqich bir 
necha ming yillarda liberizatsiyalashgan va rivojlangan. Buning natijasida esa 
sug’urta xizmatlari turlarining iqtisodiyotda qo’llanilishi, rivojlanishi kuzatildi va 
sug’urta xizmatlari bozorida ishtirok etishini davlat tomonidan nazoratini olib 
borish tizimi yaratildi. 
Bugungi kunda “Sug’urta xizmatlari bozorini rivojlantirish va isloh qilish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2007 yil 10 apreldagi Qarorga asosan birinchi 
galdagi vazifa etib sug’urta xizmatlari bozorida raqobatni oshirish, zamonaviy 
sug’urta xizmatlari turlarini, ularning sifatini, sug’urtalovchilarning iqtisodiy 
zahirasini oshirish, avtomatlashtirilgan tizimni kengaytirish hamda sug’urtani 
nazorat qilish mexanizmini yaratish yuklatilgan. Sug’urta sohasidagi qonunlar va 
qonun osti hujjatlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 


168 
“2007-2010 yillarda sug’urta xizmatlari bozorini rivojlantirish va isloh qilish” 
to‘g‘risidagi qarori bo’yicha dastur ishlab chiqildi. Bunga asosan ustav kapitalini 
oshirish, sug’urta xizmatlari sifatini kengaytirish, eksport-import operatsiyalari, 
uzoq muddatli hayot sug’urtasi, jamg’ariladigan sug’urta turini rivojlantirish 
maqsad qilib qo’yilgan. 
Shuni ta’kidlash zarurki, sug’urta xizmatlari bozorini rivojlantirishda yuridik 
va jismoniy shaxslarni sug’urtalash qaror bo’yicha belgilangan, unga ko’ra mulkiy 
sug’urta hamda uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha yuridik hamda jismoniy 
shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlari summasi soliqqa tortilmaydi. Bu uzoq 
muddatli hayot sug’urtasini rivojlantirishda, uzoq muddatli investitsiyalarni 
yo’naltirishda uzoq muddatli hayot sug’urtasi mexanizmi bo’yicha amalga 
oshiriladi. Hayot sug’urtasi bizning mamlakatimizda hali unchalik o’rin 
egallamagan, ammo Yevropada sug’urtaning bu turi aholi orasida juda mashhur va 
mustahkam pog’onaga egadir.
 
Bugungi kunda sug’urta munosabati ishtirokchilarining sug’urta madaniyati 
va moliyaviy savodini oshirish muhim vazifa hisoblanmoqda. Sug’urta xizmatlari 
iste’molchilarini sug’urta tashkilotlarining moliyaviy ahvoli, ular tomonidan 
taqdim etiladigan xizmatlar to’g’risidagi to’liq va to’g’ri ma’lumot bilan 
ta’minlash, aholining sug’urtaga ishonchini oshirish maqsadida: 
- sug’urtalovchilar bo’yicha birlashtirilgan bazani yaratish; 
- sug’urta qoidalarini, sug’urta tariflari bo’yicha ma’lumotlar, sug’urta 
shartnomalarini tuzish va sug’urta to’lovlarini amalga oshirish tartibi bo’yicha 
tushuntirishlarni, sug’urtalovchilarning reytinglarini chop etishning majburiy 
qoidasini joriy etish; 
- kadrlar tayyorlash va sug’urtalovchilar malakasini oshirish tizimini rivojlantirish. 
Kadrlar tayyorlash va sug’urtalovchilar malakasini oshirishning rivojlangan tizimi 
mavjud emasligi ko’rsatilayotgan sug’urta xizmatlarining sifatida o’z aksini topadi. 
Gumanitar yo’nalishdagi oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida sug’urta 
tashkilotlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish zarur. Bunda alohida 
e’tibor o’quv muassasalarining malakali professor-o’qituvchilar tarkibining 
shakllantirilishiga qaratilishi muhim. Ushbu maqsadda sug’urta mavzusidagi ilmiy-
amaliy anjumanlarni, sotsiologik tadqiqotlarni, dissertatsiya ishlarini tayyorlashni 
tashkil qilish zarur. Kadrlar tayyorlash va sug’urtalovchilar malakasini oshirish 
sifati sug’urtaning nazariyasi va amaliyotini ochib beruvchi o’quv-uslubiy va ilmiy 
adabiyotlarni yaratish bilan chambarchas bog’langan. Sug’urta tashkilotlarining 
rahbarlari va mutaxassislarini sug’urta faoliyatining turli masalalari bo’yicha 
malakalarini oshiruvchi doimiy seminarlar, chet el sug’urta kompaniyalarida 
stajirovkalar o’tkazilishi amaliyotni saqlab qolish va yanada rivojlantirish uchun 
xizmat qiladi.
Sug’urta tashkilotlari faoliyati to’g’risida potentsial sug’urtalanuvchilarning 
xabardorligini oshirish, korxona va tashkilotlar rahbarlari, aholining sug’urta 
madaniyati darajasini tobora oshirish sug’urta tizimida moliyaviy mablag’lar hajmi 
oshishiga hamda fuqarolar va yuridik shaxslarning keng doirasiga sug’urta 
himoyasini taqdim etishga ko’maklashadi. Sug’urta kompaniyalarining 


169 
O’zbekistondagi qulay investitsiya muhitini shakllantirish jarayonlarida faol 
ishtiroki, taqdim etilayotgan sug’urta xizmatlarining sifati oshishiga e’tibor 
qaratilishi muhimdir. 
Sug’urta bozori ishtirokchilariga qo’yiladigan muhim talab – bu uning 
oydinligidir. Potentsial mijoz biror-bir sug’urta xizmatini tanlashdan oldin 
kompaniyaning ishonchliligi va likvidligi, to’lovga layoqatliligi darajasi, 
faoliyatning yo’naltirilganligi va boshqalar to’g’risidagi katta hajmdagi axborotga 
ega bo’lishi kerak. Bu erda mijoz uchun kompaniyani tanlashda, kompaniyaga 
ishonchda va keyinchalik u bilan munosabatlarni qurishda aniqlovchi bo’lgan 
sug’urta kompaniyasi faoliyatining ko’rsatkichlari to’g’risida so’z bormoqda.
Sug’urta kompaniyalari tomonidan reklama sohasiga unchalik e’tibor 
berilmayotganligi.
 
Reklama darajasining pastligi ham respublikamiz sug’urta 
bozorida yaqqol ko’zga tashlanadi. Sug’urta bozorini rivojlantirishda sug’urta 
kompaniyalari muhim rol o’ynaydi, ularni sug’urta bozorida namoyon qilishda esa, 
reklama katta ahamiyatga ega. Reklama qanchalik sifatli va o’ziga jalb qila olish 
xususiyatiga ega bo’lsa, mijozlarni jalb qilish ham shunchalik darajada samarali 
bo’ladi, reklama raqobatni ham keltirib chiqaradi. O’z-o’zidan kelib chiqadiki, 
raqobat bor joyda rivojlanish ham bo’ladi, shuning uchun reklamaga e’tiborni 
kuchaytirish zarur. Xususan televidinie, radio, gazeta va jurnallarda, shahrimiz 
ko’chalarida afishalar qo’yish yo’llari bilan. Albatta bu reklama turlari juda katta 
xarajatni talab qiladi, ammo qachondir ushbu ishlarni amalga oshirish kerak. 
Chunki bu sug’urta sohasining jamiyat ongiga biroz bo’lsa ham kirib borishiga 
ta’sir etmasdan qolmaydi. Sug’urtalovchi uchun o’zining saytini yaratish yoki 
hamkorlarining saytlarida o’zi haqida ma’lumotlarni berishdan maqsad sug’urta 
xizmatlari savdosini rag’batlantirishdir. Sug’urta xizmatlaridan keladigan foydani 
oshirish uchun sug’urta komapaniyalari quyidagilardan: 
- sug’urta kompaniyasining axborot berish xususiyatiga ega saytlaridan; 
- sug’urta kompaniyasining virtual ofisi hisoblanuvchi saytlardan; 
- bir necha sug’urta kompaniyalari xizmatlarini bir vaqtning o’zida taklif qilish 
imkoniyatini beruvchi sug’urta portallaridan foydalanadilar. 
Xizmatlarini bozorga olib chiqishdan manfaatdor sug’urta kompaniyalari
ma’lumotlarni o’z internet sahifalarida joylashtiradilar. Bunda kompaniya faoliyati, 
vakolatxonalari, faoliyatiga daxldor ma’lumotlarni hamda boshqa marketing va 
reklama ma’lumotlarini berishi mumkin. Barcha joylashtirilgan ma’lumotlar faqat 
ma’lumot berish xususiyatiga ega bo’lib, sug’urta xizmatlarni bozorga olib 
chiqishning dastlabki bosqichida mijozlarni jalb qilishda foyda beradi. 
Sug’urta kompaniyasining sayti virtual ofisga aylanishi uchun sayt
quyidagilarni, ya’ni: 
- tanlangan sug’urta turi va to’ldirilgan arizaga ko’ra sug’urta polisiga buyurtma 
berish, rasmiylashtirish va sotishni o’z ichiga olishi; 
- sug’urtalanuvchi uchun yig’ilgan sug’urta mukofotlari va to’langan sug’urta 
qoplamalari haqidagi ma’lumotlarni o’zida aks ettirishi zarur.
Agar sug’urta kompaniyasining sayti yuqoridagi talabga javob bersa, uni 
to’laqonli virtual ofis deyish mumkin. Internet vakolatxonaga tashrif buyurgan har 


170 
bir mijoz o’zini tizimda ro’yxatdan o’tkazishi lozim, shundan so’ng u sug’urta 
mukofotini hisoblash uchun arizani zarur ma’lumotlar bilan to’ldiradi hamda mijoz 
o’ziga mos to’lov turini tanlaydi, bu plastik kartochka orqali, naqd yoki naqd 
pulsiz shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari mijoz polisni qanday 
olish usulini ham tanlaydi, bu vositachi orqali yoki bevosita kompaniyaning ofisida 
bo’lishi mumkin. Shunday modelga asoslangan saytlar sug’urta xizmatlarni 
sotishda yaxshi samara beradi, deb hisoblaymiz. 
Sotish hajmini oshirish va yangi mijozlarni jalb qilish maqsadida sug’urta 
kompaniyalari o’z takliflarini yirik sug’urta kompaniyalari ma’lumotlarini o’zida 
mujassamlashtirgan portallarda joylashtirishlari mumkin. Portalga kirgan mijoz 
turli sug’urta kompaniyalari tomonidan taklif qilinayotgan aynan bir turdagi 
sug’urta xizmatlari narxini solishtirishi, u yoki bu turdagi sug’urta xizmatlari 
tarkibiga yana qanday qo’shimcha xizmatlar kiritilganligidan xabardor bo’lishlari 
mumkin bo’ladi. 
Bunday portal savdo ishtirokchilarini on-line tizimda sug’urta polisini sotib 
olish mumkin bo’lgan yagona virtual sug’urta tizimiga birlashtiradi. Bitta portalda 
turli kompaniyalar xizmatlari taklif qilinadi. Odatda portalga tashrif buyurgan 
mijozga, avvalo, o’ziga kerakli sug’urta dasturini tanlash taklif qilinadi, shundan 
so’ng sug’urta kompaniyasi tanlanadi. Shuningdek bitta virtual maydonda bir 
vaqtning o’zida bir nechta sug’urtalovchilarning bir turdagi sug’urta xizmatlarini 
taklif qilishlari orqali sug’urtalanuvchiga tanlash imkoniyati beriladi. Portalning 
axborot 
tizimi 
avtomatik 
tarzda 
sug’urta 
mukofotlarini 
hisoblab, 
sug’urtalanuvchiga turli kompaniyalarda sug’urtalash bo’yicha variantlarni taklif 
qiladi. Sug’urta portallari modeli ommaviy standart hisoblanuvchi risklardan 
sug’urtalashga juda qulaydir. 
Sug‘urta bozoridagi raqobatda qatnashish juda qiyin, shunday ekan sug‘urta 
kompaniyalari mijozlarni jalb qilish uchun birmuncha qulayliklarni ham 
yaratishlari zarur hisoblanadi. Jumladan, potentsial sug’urtalanuvchining 
sug’urtalanuvchiga aylanishidan maqsad uning ma’lum xavf-xatar turini 
sezayotgani va kelajakdagi xarajatlardan himoyalanishi hisoblanadi. Demak, 
sug’urta kompaniyalarining zimmasiga katta mas’uliyat yuklanmoqda, ya’ni mijozi 
bilan sodir bo’lgan hodisaning oqibatlarini moliyaviy ko’mak bergan holda 
bartaraf etish kerak, bu esa mijozning sug’urta qoplamasini olish bo’yicha 
da’vosining ijobiy qondirilishini anglatadi. Sug’urta da’volarini ko’rib chiqishning 
optimal variantlarini ishlab chiqish zarur, jumladan har bir hodisa bo’yicha kichik 
hajmdagi sug’urta qoplamalarini (masalan, 500 ming so’mgacha) hech qanday 
hujjatlarni talab etmasdan faqat adjasterning dalolatnomasi asosida to’lovni yo’lga 
qo’yishni taklif qilamiz. Bu o’z-o’zidan jarayon tezlashishini, asosiysi esa 
aholining sohaga bo’lgan mavhum va shubhali qarashlari barham topishini 
ta’minlaydi, pirovard natijada sug’urta operatsiyalarining samaradorligiga 
erishiladi, mamlakat iqtisodiyoti ravnaqi uchun muhim dastak hisoblanmish 
sug’urta sohasi barqaror rivojlanadi.
Mamlakat sug’urta bozorida keng turdagi majburiy sug’urta turlarini joriy 
etish zarur. Mamlakatimiz aholisining ko’p qismi majburiy sug’urta bo’yicha 


171 
undiriladigan sug’urta mukofotlariga soliq yig’imlari sifatida qaraydilar va unga 
tenglashtiradilar, ammo bu mutlaqo noto’g’riligini ularga tushuntirish zarur. 
Chunki soliq yig’imlari davlat byudjetiga yo’naltiriladi va u fuqarolarning 
manfaatlari uchun xizmat qilmaydi, majburiy sug’urta bo’yicha to’lanadigan 
sug’urta mukofotlari esa mijozlar zarar ko’rganda bir necha barobar miqdorida 
ularga qaytariladi. Shuni unutmaslik kerakki, majburiy sug’urtani joriy qilishdan 
maqsad aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ularni turli kutilmagan xarajatlardan 
moliyaviy jihatdan himoya qilish, eng asosiysi esa majburiy ravishda sug’urta 
shartnomasini tuzgan holda mijozlarga sug’urtaning afzalligini, uning zarurligini 
anglatish va ularda sug’urta sohasiga ishonchlilikni shakllantirish hisoblanadi.
O‘zbekiston sug‘urta bozorida qaror topgan raqobat muhitini cheklashga 
qaratilgan sug‘urtalovchilarning xatti-harakatlaridan biri mijozlarni jalb etish 
maqsadida asossiz ravishda demping narxlarni qo‘llash hisoblanadi. Demping 
narxlarni, ya’ni sug‘urta xizmatlariga belgilangan narxni uning haqiqiy tannarxidan 
ham past o‘rnatish orqali mijozlarni jalb etish insofsiz raqobat sirasiga kiradi. 
Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Aslida sug‘urta bozoridagi narxlarni unifikatsiyalash 
zarur, ya’ni bir turdagi xizmatning narxini xuddi shu yo‘nalishda faoliyat 
yuritadigan tashkilotlarda bir xillashtirish maqsadga muvofiq. Potensial 
sug‘urtalanuvchilarni sug‘urta xizmatining past narxi bilan emas, uning sifati va 
servis holatlarining qulayligi bilan jalb etish muhimdir. Sug‘urta tashkilotlarining 
demping narxlardan foydalangan holda sug‘urta portfelini shakllantirishi oqibatda 
to‘lovga 
layoqatlilikni 
sekin-asta 
yo‘qotib 
borishiga, 
pirovardida 
sug‘urtalanuvchilarning ishonchsizligi va raqobat bozoridan chiqib ketishiga olib 
keladi. Sug‘urta xizmatlarining tannarxini blgilash aktuariylarning funksional 
vazifasi hisoblanadi va bu me’yorga amal qilish yetarlicha zahira fondlarini 
shakllantirish va marketing tadqiqotlariin olib borish imkoniyatlarini yaratadi.
Mamlakatimizda sug‘urta bozorining tubdan isloh qilinib, izchil 
rivojlantirilishi aholining sug‘urtaga bo‘lgan qiziqishi ortishi va sug‘urta 
madaniyati yuksalishida muhim omil bo‘lmoqda. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan 
majburiy sug‘urta turlari joriy qilinayotgan bu boradagi ishlarni yangi bosqichga 
ko‘taradi va sug‘urta tashkilotlarining kapitallashuv darajasini yanada oshiradi. Bu 
iqtisodiyotga kiritiladigan investitsiyalar hajmi va miqdori ko‘payishiga, 
pirovardida xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi.


172 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin