Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
10
— E, Jontoy... 
U ko‘zlarini lo‘q qilib, Xadichaning oyoqlariga tikilib turardi. Xadicha esa ensasi qotgandek 
yelkasini qimtib qo‘ydi-da: 
— Xo‘sh, namuncha tikilasan? — deb etikchasining uchi bilan Jontoyning iyagiga sal turtib 
qo‘ydi. 
Boshqa odam bo‘lganda, ehtimol uni so‘kib bergan yoki ranjib qolgan bo‘larmidi. Bu bo‘lsa go‘yo 
bo‘sa olgandek og‘zi qulog‘iga yetib, chuqurga sho‘ng‘ib ketdi. 
Xadicha to‘siqqa yaqinlasharkan, menga ko‘zi tushib qolib: 
Dam olyapsanmi, Ilyos? — dedi. 
— Ha, par to‘shakda yotgandek! 
U yuzini sim to‘rga qadab, menga tikilib qaradi va sekingina: 
— Dispetcherxonaga kir, — dedi. 
— Xo‘p. 
Xadicha ketdi. O‘rnimdan turib, ketishga hozirlandim. Jontoy yana boshini chiqardi: 
— Yaxshi narsa-ya! — dedi qo‘llarini ishqalab, menga ko‘z qisib. 
— Ammo sening tenging emas! — deb gapning po‘skallasini aytdim-qo‘ydim. 
Men uning jahli chiqar, men bilan urishib ketar, deb o‘ylagan edim. Urish-janjal ishqibozlaridan 
emasmanu, ammo yuragim shu daraja azob chekayotgan ediki, o‘zimni qo‘yarga joy topa olmay turgan 
edim. Biroq Jontoy xafa bo‘lishni xayoliga ham ketirmadi: 
— Hechqisi yo‘q! — deb to‘ng‘illadi u. — Omon bo‘lsak, ko‘rarmiz... 
Dispetcher xonasida hech kim yo‘q edi. Nima balo? Qayoqqa yo‘q bo‘ldi u: ichkari kirishim bilan 
eshik yopildi. Orqaga o‘girildim-u ko‘kragim Xadichaning ko‘kragiga qadalib, to‘qnashib qoldik. U 
boshini orqaga tashlab, eshikka suyanib turardi. Ko‘zlari kipriklari ostida chaqnardi. Qaynoq nafasi 
yuzimga urilardi. U mening quchoqlab olishimni, o‘pishimni kutib turgandek edi. O‘zimni tuta olmay 
qoldim. U tomon intildim-u, yana shu zahotiyoq orqaga tislandim. Bu gap qanchalik g‘alati 
tuyulmasin, men o‘sha daqiqada o‘zimni Asalimga xiyonat qilayotgandek his etdim. Bunday fikrning 
juda kulgili ekanligi xayolimga ham kelmadi. 
— Nega chaqirding? — deb so‘radim norozi ohangda. 
Xadicha hamon menga jimgina boqib turardi. 
— Gapir, nima? — dedim toqatim toq bo‘lib. 
— Nahotki nimagaligini bilmasang? — dedi u dili og‘rigandek. — Negadir qiyo boqmaydigan 
bo‘lib qolding. Yoki boshqa birontasi topilib qoldimi? 
Men dovdirab qoldim. Nega mendan o‘pkalayapti? Qayoqdan bila qoldiykin? 
Shu paytda tuynukchaning zulfini shiqillab qoldi. 
Jontoy boshini tiqib mo‘raladi. U qisiq ko‘zlarini o‘ynatib tirjayib turardi. Poylamoqchi bo‘libdi-
da! Eh, ko‘nglimda nimalar borligini bilganda edi, bunday qilmagan bo‘lardi! 
— Marhamat, o‘rtoq dispetcher! — dedi u ichiqoralik bilan Xadichaga qandaydir qog‘ozni 
uzatarkan. 
Xadicha jahl bilan unga xo‘mrayib qaradi-yu, qog‘ozni olmadi. Alam bilan yuzimga to‘rsillatib 
gapira ketdi: 
— Sen uchun yo‘llanmani kim oladi? Alohida taklif qilishlarini kutib yuribsanmi? 
Xadicha qo‘li bilan meni chetlatib, stol tomon tez o‘tdi. 
— Ma! — deb yo‘llanmani uzatdi. 
Men uni oldim. Ertalik yo‘llanma yana o‘sha kolxozga berilgan edi. Yuragim muz bo‘lib ketdi: 
Asalning qay ahvoldaligini ko‘ra bila turib, yana o‘sha yoqqa boramanmi... Nega o‘zi doim meni 
kolxozma-kolxoz haydashgani-haydashgan ? 
G‘azabim qaynab, qizishib ketdim. 
— Yana kolxozgami? Yana go‘ng-u g‘isht tashishgami? Bormayman! — deb yo‘llanmani stolga 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin